Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
I. Tabiiy omillar:
1. Yog‘in (qor va yomg‘ir). Yog‘adigan yog‘in miqdorining umumiy bug‘lanish miqdoridan ko‘pligi ( 1 > α ). Bu sharoitda tuproqlar ortiqcha namiqadi va botqoqlanadi, ammo sho‘rlanmaydi, chunki kirim suvlari tarkibida suvda eriydigan tuzlar deyarli bo‘lmaydi. 2. Geomorfologik sharoitlar – yerning relyefi. Bu o‘rinda ortiqcha namiqqan, botqoqlangan va sho‘rlangan yerlar bo‘lib, tabiiy zovurlanmagan nishabsiz yerlar hisoblanadi. 3. Gidrologik sharoitlar – ma’lum bir maydonlarni yer usti (daryo, ko‘l) suvlari bilan bosishi. Bu holda yer usti suvlari bilan qoplangan maydon ortiqcha namiqadi va botqoqlanadi, agar suv tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lsa, bu yerlar sho‘rlanishi ham mumkin. 4. Gidrogeologik sharoitlar – sizot suvlarining yer ostidagi harakati. Sizot suvlarining yer osti harakati natijasida yerlarning sho‘rlanishi olib chiqish konuslari misolida, daryolarning sug‘orish maydonlariga nisbatan yuqori bo‘lgan ko‘rinishlarida va bosimli sizot suvlari ta’sirida namoyon bo‘ladi. Tabiiy omillarga, yuqoridagi omillardan tashqari, tuproqning mexanik tarkibi, litologik qirqim tarkibi va o‘simlik ham misol bo‘ladi. Chunki tuproqning ortiqcha namiqishiga, botqoqlanishiga va sho‘rlanishiga bu omillarning ham aloqasi bor. Mexanik tarkibi og‘ir tuproqlar, suv o‘tkazuvchanligi yomon tuproq qatlamlari ko‘proq ortiqcha namiqadi va sho‘rlanadi. Yerning yuza qatlamida o‘simlikning bor- yo‘qligi ham yer usti suvlarining oqishiga va tuproq suvlarining bug‘lanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida qayd qilga-nimizdek, tuproqning sho‘rlanishi yer usti va yer osti suvlarining harakati (geomorfologik jarayonlar) natijasida vujudga kelar ekan. 107 Bundan tashqari, tuproqlarning sho‘rlanishiga tuzli tog‘ jinslarining shamol natijasida ko‘chishi va tuz toshlarining ochiqlikka chiqib qolishi ham sabab bo‘ladi. Birlamchi sho‘rlanish deb tuproqning tabiiy jarayonlar natijasida sho‘rlanishiga aytiladi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling