Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Sizilish jadalligi va zovur moduli
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
Sizilish jadalligi va zovur moduli. Sizilish jadalligi (
f q ) deganda, vaqt birligi ichida sizot suvlarining zovurga qarab sizilish tezligi tushuniladi va bu qiymat zovurga tushadigan yuk miqdori ( D ) bilan aniqlanadi: cal f t 10000 D q ⋅ = , m/kun. Zovur moduli ( d q ) deganda, vaqt birligi ichida sizot suvlarining zovurga birlik maydondan oqib kelgan solishtirma suv sarfi tushuniladi: 130 cal d t 4 , 86 D q ⋅ = , l/s · ga, bu yerda D -zovurga tushadigan suv miqdori, m 3 /ga; cal t -hisobiy davr, kun. 9.2. Zovur turlari Zovur – tuproqdagi ortiqcha namni oqova holatga aylantirib, namiqqan maydondan uzoqlashtirish ma’nosini anglatadi. Tabiatda tabiiy va sun’iy zovur turlari mavjuddir. Tabiiy zovurlar – yer osti va yer usti suvlari yotiq va tik yo‘nalishda oqib ketishining ta’minlanishi hamda tabiiy bug‘lanishdir. Bunday holatlar geologik, gidrogeologik shart-sharoitlarda, daryo terassasi, tabiiy jarliklar, daryo konuslari misollarida namoyon bo‘ladi. Tabiiy zovurlarning yana bir ko‘rinishi tabiiy bug‘lanish – subayral hududlardir. Tabiiy zovurlanmagan maydonlar sun’iy zovurlanishi kerak, aks holda bu yerlardan kafolatli hosil olib bo‘lmaydi. Sun’iy zovurlar 2 xil bo‘ladi: 1. Biologik zovurlar. 2. Gidrotexnik zovurlar. Biologik zovurlarga: 1) sug‘orish maydonlarida daraxtzorlar barpo qilish; 2) almashlab ekish maydonida o‘tli ekinlarni almashlab ekishni qo‘llash; 3) quruq zovurlar kiradi. Agar bitta daraxt o‘rta hisobda, yil davomida, o‘zidan 90 m 3 gacha suvni yoki 1 ga beda maydoni 1 mavsumda 12-15 ming m 3 gacha suvni bug‘lata olishini hisobga olsak, bu qanchalik kerakli tadbir ekanligini anglashimiz mumkin. Odatda sug‘orish dalalarining o‘rta qismidagi (ularning maydoni 10 ga dan kam bo‘lmaydi deb hisoblaganda) pastlik joylarda baland qirralardagi depressiya egriligini sindirib, sizot suvlar sathini qo‘shimcha ravishda pasaytirish uchun daraxtzorlar barpo qilinadi. 131 Bundan tashqari, biologik zovurlarga quruq zovurlar ham misol bo‘ladi, ya’ni sug‘oriladigan maydon hududidagi sug‘orilmaydigan yerlardan suvning bug‘lanishini (YFK, YO‘K misollarida) ko‘rishimiz mumkin. Biologik zovur boshqa tadbirlarga nisbatan kapital mablag‘ni kam kamroq talab etadi. Ular sug‘orish dalalarining mikroiqlimini yumshatib, g‘o‘za va boshqa ekinlarni garmsel shamollarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek, ular kanallar ustiga soya solib suv sathidan bug‘lanishni kamaytiradi, yer ustida shamolning tezligini susaytiradi. Sug‘orish tarmoqlari bo‘ylarida o‘sib turgan mevali daraxtlar har yili daromad keltiradi, mevasiz daraxtlar esa qurilish materiali va duradgorlik uchun kerakli yog‘och manbai hisoblanadi. Ammo biologik zovur tuproqning suv rejimini rostlashda qanchalik rol o‘ynamasin, suv muvozanatini hech qancha o‘zgartirmaydi. O‘simliklar tomonidan katta miqdordagi suvning transpiratsiyaga sarflanishi tuproqdagi va sizot suvlaridagi erigan holatda bo‘lgan tuzlarga ta’sir etmaydi. Bu tuzlar tuproqda va sizot suvlarida saqlanib qolaveradi. Biologik zovur daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan dastlabki yillarda emas, balki 5-10 yildan keyin yaxshi natijalar bera boshlaydi. Gidrotexnik zovurlar quyidagi turlarga farqlanadi: I. O‘zining boshqaruvchi qismining yer yuzasiga nisbatan joylashishi bo‘yicha: 1) yotiq (ochiq va yopiq); 2) qurama; 3) tik zovurlar (31-rasm). II. Rejada joylashishi bo‘yicha: 1) muntazam; 2) ayrim; 3) kesuvchi zovurlar. III. Chuqurligi bo‘yicha: a) yotiq zovurlarda: 1) sayoz; 2) chuqur; b) tik zovurlarda: 1) mukammal; b) nomukammal zovurlar. IV. Konstruktiv ko‘rinishi bo‘yicha: a) quvurli; b) xoda, fashn, qamishli; v) teshik, tirqishli. V. Ish davriga qarab: a) doimiy; b) muvaqqat zovurlar. 132 VI. Suv olib chiqilishiga qarab: a) o‘zi oqib chiqadigan; b) nasos qurilmasi yordamida; d) so‘ruvchi; e) yutuvchilarga farqlanadi. Gidrotexnik zovurlar – bu ortiqcha namiqqan maydondan, sun’iy zovur tarmoqlari yordamida ortiqcha suv va tuzni uzoqlashtirib tuproqning faol qatlamini sog‘lomlashtirish vazifasini bajaradi. Gidrotexnik zovurlar tizimi boshqaruvchi, yig‘uvchi, zax suv o‘tkazuvchi (kollektor) va suv qabul qiluvchi qismlardan iborat bo‘ladi. 31-rasm. Gidrotexnik (a, b-yopiq yotiq; d-ochiq yotiq; e-tik; f-qurama) zovur: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling