Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
a-trapetsiya shakl; b-parabola shakli
Trapetsiya shaklidagi ko‘ndalang kesim kollektorning butun chuqurligi bo‘yicha bir xil qiyalikka ega bo‘lishi shart emas. Chunki uning yuqori qismi quruq bo‘lganligi uchun bu qiymat tikroq olinsa ham bo‘ladi. Bu holatda kollektorlarning barqarorligini saqlash uchun parabola ko‘ndalang kesim shakli qabul qilinib, parabola ko‘rsatgichi ( p ) kattaroq qiymatda olinadi. Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida suv o‘tkazuvchi zovur tarmoqlarining nafaqat ko‘ndalang shakli, balki bo‘ylama shakli ham o‘zgarishi mumkin. 145 Buning asosiy sababi gruntlarni suffoziyaga uchrash jarayoni hisoblanadi. Suffoziya-gidrodinamik bosim ta’sirida sizilayotgan yer osti suvlari tomonidan grunt zarrachalarining yuvishi natijasida gruntlar tabiiy bog‘liqligi va mustahkamligining buzilishidir. Kollektorlarning deformatsiyalanish ko‘rinishlari: 1) zax suvlarning sizilib chiqish joylarida kollektor yon devorlarining siljishi; 2) yon devorning yomg‘ir, qor va tashlama suvlar bilan yuvilishi; 3) o‘zanning yuvilishi, unga loyqa cho‘kishi; 4) o‘zan va yon devorlarining o‘tlar bilan qoplanishi. Bulardan eng ko‘p uchraydigani yon devorlarning sizot suvlari gidrodinimik bosimi ta’sirida siljishi hisoblanadi. Bu holat kollektorlarda suvning damlanishi va suv sathining birdan o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Bunday holatlar ko‘plab uchraydigan gruntlar sharoitida kollektor qirg‘og‘i chegarasi tashqarisidan kollektorga oqib kelayotgan zax suvlari oqimini qisman ilib oluvchi va sizot suvlar sathini pasaytiruvchi, yengillashtiruvchi zovurlar quriladi (40- rasm). Kollektor o‘zanining yuvilmasligini ta’minlash uchun uning trassasi nishabligini Shezi formulasi bilan aniqlanadigan nishablik qiymatidan katta bo‘lmas-ligini ta’minlash kerak: R С v i 2 2 adm max ⋅ = bu yerda C -eng katta suv sarfiga mos keluvchi tezlik koeffitsienti; R - gidravlik radius m. 40-rasm. Yengillashtiruvchi zovurning sxemasi: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling