Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduqning tuzilishi va tarkibiy qismlari.
1, 2-sizot suvlarining oldingi va keyingi
sathi; 3- burg‘u qudug‘i; R- burg‘u qudug‘ining ta’sir radiusi 141 qum-shag‘al to‘kmasi), filtrli quvur, suv ko‘taruvchi quvurlar bilan jihozlangan nasos qurilmasi va suv sathini ko‘rsatuvchi datchiklardan tashkil topgan. Quduqning tuzilishi va tarkibiy qismlari. Quduq tik zovurli meliorativ tarmoqlarning eng murakkab, asosiy qismi hisoblanadi. Quduqlarning konstruksiyasi va ko‘rsatkichlari gidrogeologik sharoitlarga va zaxi qochiriladigan tarkibning litologik tuzilishiga, talab qilinadigan quduq debitiga va quritish me’yorining qiymatiga, burg‘ulash texnologiyasiga va suv ko‘taruvchi nasoslarning ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Konstruktiv jihatdan burg‘u quduqlari filtr bilan jihozlangan suv qabul qiluvchi qismdan, zax suvlarni so‘rib chiqaruvchi quvurlardan va nasos qurilmasidan tashkil topadi (38-rasm). Filtrlarning konstruksiyasi suvli qatlam qalinligi va mexanik tarkibi, sizot suvining kimyoviy tarkibi, quduq debiti va quduqdan olinadigan suvning hajmiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Qum-shag‘alli va yirik toshli suvli qatlamlarda teshik yoki tirqishli, gohida esa, simli to‘r bilan o‘ralgan quvurli oddiy filtrlar qo‘llaniladi. Suvli qatlam mayda zarrali gruntlardan tashkil topganda teshik yoki tirqishli quvur filtrlari oldida qum-shag‘alli sun’iy filtrlar hosil qilinadi. 38-rasm. Tik zovur burg‘u qudug‘ining konstruktiv sxemasi: 1-elektronasos agregati; 2- suv ko‘taruvchi quvur; 3-burg‘u qudug‘ining og‘zi; 4-tok kabeli; 5-tashlama quvur; 6-elektrodvigatelni avtomatik boshqaruv pulti; 7-nasos stansiyasi binosi; 8-tayanch qurilma; 9-foydalanish kolonnasi; 10-qum-shag‘al to‘kmasi; 11-filtr; 12-tindirgich 142 Quduqning diametri filtrli karkas (sinch) va qum-shag‘alli filtr to‘kmasining qalinlik o‘lchamlariga ( fil fk r m 2 D D ⋅ + = ) qarab qabul qilinadi va 50 mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Ekspluatatsion kolonnalarning uzunligi va ko‘ndalang kesim o‘lchami suv ko‘tarish balandligi, suv ko‘taruvchi qurilmaning xili va uning dinamik sathdan pastga cho‘kish chuqurligi qiymatlariga bog‘liq. Ekspluatatsion kolonnalarning uzunligi quyidagicha aniqlanadi: , l l h h h L res pum H top exp + + + + = m, bu yerda ≥ top h 0,5 m-kolonnaning yer usti qismi uzunligi, m; H h -suv ko‘tarish balandligi, m; pum l , h -nasos ustidagi suv qatlami va elektronasosning uzunligi (pasport bo‘yicha qabul qilinadi); ≥ res l 2,0 m - zaxira qiymati. Quvurning ishchi (teshikli) qismi (filtr) ning uzunligi suvli qatlam qalinligiga, filtrli karkas (sinch) o‘lchamiga va suv tezligiga bog‘liq. Mukammal zovur uchun filtr uzunligi agar ≤ w m 10 m bo‘lsa, − = w fil m l (1-2)m; 10 ≤ ≤ w m 20 m bo‘lsa, − = w fil m l (2-3)m; > w m 20 m bo‘lsa, − = w fil m l (4-5)m qilib qabul qilinadi. Lekin ≤ fil l (25-30)m bo‘lishi kerak, chunki fil l ning oshishi bilan quduqning debiti ham shunchalik oshmaydi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling