Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. ZAX QOCHIRISH TARMOQLARINI LOYIHALASH 10.1. Suv o‘tkazuvchi tarmoqlarni rejada joylashtirish va ularning konstruksiyalari
Nazorat savollari
1. Umumiy va xususiy suv muvozanat tenglamalarining mohiyati. 2. Zovur moduli. 3. Sizilish jadalligi. 4. Zovurlarning turlari. 5. Gidrotexnik zovurlarning tarkibiy qismi va vazifalari. 6. Yotiq zovur ko‘rsatkichlari. 7. Qurama zovurlarning qo‘llanilish shartlari. 8. Tik zovurlarning qo‘llanilish shartlari. 143 10. ZAX QOCHIRISH TARMOQLARINI LOYIHALASH 10.1. Suv o‘tkazuvchi tarmoqlarni rejada joylashtirish va ularning konstruksiyalari Suv o‘tkazuvchi tarmoq ortiqcha yer usti va tuproq sizot suvlarini boshqaruvchi zovurdan qabul qilib suv qabul qilgichgacha yetkazish berish uchun xizmat qiladi. Suv o‘tkazuvchi tarmoq tarkibiga suv yig‘uvchi zovurlardan tortib to suv qabul qiluvchilarga bo‘lgan bosh kollektor va uning tarmoqlari kiradi. Bosh kollektor zaxi qochiriladigan sug‘orish tizimini suv qabul qilish manbasi bilan bog‘lovchi asosiy tarmoq hisoblanadi va uni loyihalashda quyidagilarga rioya etish kerak: 1. Bosh kollektor zaxi qochiriladigan maydonning istalgan qismidan zax suvlarni qabul qila olishi kerak. Shuning uchun ham u zaxi qochiriladigan maydonning eng past yer sathlarida joylashtirilishi kerak. 2. Bosh kollektor imkoni bor qadar kam uzunlikka ega bo‘lishligi buning uchun esa yer nishabining katta qiymatlarida loyihalanishi kerak. 3. Bosh kollektor o‘zani yuvilmasligi va unga loyqa cho‘kmasligi kerak. 4. Bosh kollektorni suv qabul qilish manbasiga suv quyish joyi mustahkam va to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi kerak. Bosh kollektorga kelib quyiladigan ikkinchi va uchinchi tarkibidagi kollektorlar ham zaxi qochiriladigan maydoni quyi yer sathlarida, xo‘jalik chegaralari, yo‘l va himoya daraxtlari yoqalab loyihalanadi. Kollektorlar o‘zaro xo‘jalik hududini tashkil etish sxemasiga bog‘liq holda, 300- 1500 m gacha bo‘lgan masofada joylashadi. Suv o‘tkazuvchi zovur tarmoqlari rejada va tik yo‘nalishida loyihalanganda, ular yer usti va osti kommunikatsiyalari (suv va gaz tarmoqlari, elektr kabel va h.k.), yo‘l va sug‘orish tarmoqlari bilan kesishini hisobga olish kerak bo‘ladi. Barcha kollektorlarni rejada, asosan to‘g‘ri chiziqli joylashtirishga erishish kerak, ularni 60-80 0 ga burilishiga ruxsat etiladi. Katta kollektorlar o‘zaro 60 0 li, suv qabul qilish manbasi bilan esa 45 0 li burchak ostida tutashishi maqsadga muvofiqdir. 144 Ochiq bosh va tarmoq kollektorlar uchun uning ustki eni va har qirg‘og‘idan 5 m enli yo‘lak qoldiriladi. Ichki kollektorlar uchun 5 m enli yo‘lak uning faqat bir tomonidan qoldiriladi. Ikkinchi tomonidan qoldiriladigan yo‘lakning eni 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Suv o‘tkazuvchi zovur tarmoqlarining ko‘ndalang kesim yuzasi barqaror va ko‘p o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘ndalang kesim shakli trapetsiya yoki parabola ko‘rinishida loyihalanadi (39-rasm). Aksariyat kollektorlarning ko‘ndalang kesim shakli, ularni qurish va ulardan foydalanishda qulaylik nuqtayi nazaridan trapetsiya shaklida qabul qilinadi. Kollektor yon devorlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida, ularning yotiqligi o‘zan gruntining suvga to‘yingan holatidagi yotiqlik qiymatiga mos holda qabul qilinadi. Agar bu qiymat tikroq bo‘lsa, kollektor yon devorining kollektor tubiga qarab siljishiga olib keladi. Kollektorlar yon devorlarining yotiqlik qiymati 2-2,5 orasida qabul qilinadi. 39-rasm. Kollektorlarning ko‘ndalang kesim ko‘rinishlari: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling