Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
1-boshqaruvchi zovur; 2-yig‘uvchi zovur; 3-xo‘jalik ichki kollektori;
4-xo‘jalik kollektor; 5-bosh kollektor; 6-suv qabul qilgich 10.2. Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo‘yiladigan talablar Suv qabul qilgich zax qochirish tarmog‘ining oxirgi qismi hisoblanib, unga zax suvlar qo‘shilgandan so‘ng quyi maydonlarni suv bosmasligi, zax suvlarni hazm qila olishi, agar suv qabul qilgich daryo bo‘lsa, undagi suvning sifati yaroqsiz bo‘lib qolmasligi shart. Zax qochiriladigan maydonlardan oqib chiqqan suvni qabul qiluvchi bo‘lib, daryo hisoblansa, bu manbaga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Daryodagi suv sathi, zax qochirish tizimidan yil davomida oqib chiqadigan suvni qabul qilish jarayonida zax qochirish tarmog‘idagi suv sathiga to‘sqinlik qilmasligi, ya’ni sath past bo‘lishi kerak. 148 2. Zax suvlarni hazm qila olishi, ya’ni daryo suv sathini ko‘tarmagan holda, zax suvlarni qo‘shib oqizib ketishini ta’minlashi shart. 3. Suv qabul qilgichning suv qabul qilish nuqtasi barqaror bo‘lishi sharti (aks holda, suv qabul qilish manbasi bilan zax qochirish tarmog‘i o‘rtasidagi aloqa buzilishi mumkin). Suv qabul qilgichning yomon ahvolda bo‘lishining asosiy sabablari: 1. Daryo o‘zanining o‘tlar bilan qoplanishi « n » g‘adir-budirlik koeffitsientining katta bo‘lishi ( n =0,7–1,0 da « v »-kichik, « h »-katta bo‘ladi va undagi suv sathining baland bo‘lishiga olib keladi). 2. Daryo o‘zanining qiyshiqligi (meandra): ; h h h 2 1 − = i i ; L h i ; L h i r2 r1 2 r2 1 r1 < = = ∆ ∆ 3. Daryo ko‘ndalang kesim yuzasining uning uzunligi bo‘yicha barqaror emasligi (ayrim joylarda ko‘ndalang kesim yuzasining juda ham kichik bo‘lishi). 4. Daryo o‘zanida sun’iy qurilgan inshootlar (to‘g‘on, ko‘prik, suv ombori va h.k.). 5. Daryo o‘zani qismlarining ba’zi sabablarga ko‘ra turli rejimlarda ishlashi. Bu ko‘rsatilgan kamchiliklar daryo suv oqimini boshqarish natijasida bartaraf etilgandagina daryodan suv qabul qilgich sifatida foydalanish mumkin. Ba’zida zax suv qabul qilgichlar bo‘lib, tabiiy pastliklar, ko‘llar xizmat qiladi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling