156
Kuzatuv qudug‘i.
Bu
inshoot ham asosan, yopiq zovurlarda qo‘llanilib, ular
yopiq zovurlarning uzunligi 250 m dan oshganda va
yopiq zovur yopiq zovurga
ulanganda loyihalanadi. Ularning asosiy vazifasi yopiq
zovurlarning ishini nazorat
qilish bo‘lib, kuzatuv quduqlari tindirgich bilan jihozlanadi.
Yopiq zovur yopiq zovurga ulanganda suv sathlarining farqi 0,10 m qilib,
tindirgichning tubi zovur quvuri o‘qidan 0,5 m chuqur qilib loyihalanadi.
Kuzatuv quduqlari yordamida yopiq zovurlarning
quvurlari yuviladi, zovurdagi
suv sarf qiymati va zax suvlarining minerallashganlik darajasi aniqlanadi.
Suv chiqarish inshooti.
Bu inshootlar yopiq zovurni ochiq zovurga tutashtirishda
loyihalanadi. Bunda, yopiq zovur o‘qidan ochiq zovur suv sathigacha masofa 0,5 m
bo‘lishi kerak. Bu inshoot juda muhim inshoot hisoblanadi.
Uning uzunligi uning
konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lib, har bir holatda qulfak (tish) bilan mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: