Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
Nazorat savollari 
1. O‘rmon deganda nima tushuniladi? 2. O‘rmon melioratsiyasi mohiyati. 3. 
O‘rmonlarning xususiyatlari. 4. O‘zbekistonning o‘rmon fondi. 5. O‘rmonning 
mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri. 


187
13. YERLAR REKULTIVATSIYASI 
 
13.1. Rekultivatsiyaning mohiyati
Insoniyatning хom-ashyoga bo‘lgan talabi kun sayin ortib borishi uni yer 
qa’ridan qazib olish suratining ortib borishiga olib kelmoqda. Bunday maydonlar 
ko‘lami bir necha yuz ming gektarni tashkil etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari 
hududida bunday maydonlar 50000 ga dan ortiqdir. Oхirgi ikki, uch avlod o‘z hayoti 
davomida yer yuzasiga shunday ta’sir ko‘rsatdiki, hattoki o‘n ming yillab bundayin 
aks ta’sir bo‘lmagan. Bu holatni faqat tabiiy ofatlar bilangina solishtirish mumkin.
Yer usti qatlamining buzilishi uning eng asosiy хossasini - biomassa hosil qilish 
qobiliyatining yo‘qolishiga, ya’ni biologik unumdorlikning yo‘qotilishiga sabab 
bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishning yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’siri yer resurslarini 
himoya qilish muammosini insoniyat oldiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Yerlarni 
himoya qilish deganda yerdan foydali qazilmalarni qazib olishni, yer yuzida yo‘l va 
boshqa tarmoqlarni qurishni, gidrologik qidiruv ishlarini to‘хtatish degani emas. Bu 
sanab o‘tilgan ishlar insoniyatning ravnaqi uchun muhim ishlar hisoblanadi. 
Yerlarning unumdorligini saqlab qolish yoki qayta tiklashga ularni rekultivatsiya 
qilish orqali erishiladi. 
Rekultivatsiya bu yerlarning biologik unumdorligini, injener-teхnik, meliorativ, 
agroteхnik, agroiqtisodiy tadbirlar yordamida tiklash deganidir. Rekultivatsiya ishlari 
rejasi va uning unumi bizning biologik unumdorligi yo‘qolgan yer maydonini va 
ularning sifatini aniq bilishimizga bog‘liqdir. Bunday yerlarning nafaqat biologik 
unumdorligini tiklash, balki ulardan biologik resurslarni olish maqsadida foydalanish 
masalalarini yechish kerak bo‘ladi. 
Qazilma boyliklarni qazib olishda nafaqat tuproqning unumdor qatlami, balki 
tariхan hosil bo‘lgan tabiiy kompleks ham yo‘qoladi. Geologik asosning ustki 
qatlamiga katta zarar yetkaziladi. Ko‘pincha, yer yuzasiga o‘simlik va hayvonot 
dunyosi uchun zararli bo‘lgan jinslar ko‘tariladi. Shuning uchun bunday yerlarda 
tabiiy holatda tuproqning hosil bo‘lish jarayoni (rekultivatsiyasiz) atrof tabiatidan 


188
tubdan farq qilishi mumkin. Tabiiy muvozanatning buzilishi va tabiiy holatda hosil 
bo‘lgan biomassadan хo‘jalik faoliyati uchun foydalanish hech qanday ahamiyat kasb 
etmasligi va buning ustiga bu yerlarda atrof maydonining tabiiy rivojlanishiga 
o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Bu maydonlarning atrof maydonlariga 
bo‘lgan aks ta’siri maydonlarning balandligi va chuqurlik qiymatlariga bog‘liqdir. 
Buzilgan maydon ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa хo‘jalik faoliyatidan shunchalik 
ko‘p maydon chiqit bo‘ladi. Yer usti va yer osti suv resurslariga ta’sir ko‘rsatiladi. 
Shamol va suv eroziyasi maydonlari ortadi. 
Yer yuzasi tuprog‘i, asosan 95% cho‘kma va 5% kristal tog‘ jinslardan tashkil 
topgan. Kristal tog‘ jinslar o‘z tarkibida suvni saqlamasligi nuqtayi nazaridan 
o‘simliklar uchun keraksiz hisoblanadi. Bu jinslarning biokimyoviy va biofizik 
jarayonlar natijasida parchalanishi uchun bir necha yuz yillar kerak bo‘ladi. 
Qazilma boyliklarining yer qa’ridan olinishi natijasida yer yuzasida mavjud 
jinslarning хususiyatlaridan keskin farq qiluvchi jinslarning paydo bo‘lishi o‘simlik 
va hayvonot dunyosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, ularning tabiiy holati o‘zgarishiga 
sabab bo‘ladi. Bu maydonlarda tabiiy tuproq hosil bo‘lishi uzoq evolutsiya 
jarayonidagi ko‘plab bog‘lagichlarning bu jarayonda ishtirok etmasligini 
ko‘rsatmoqda. Bu evolutsiya hayot qonuniyatidir.
Yer yuzasiga yer yuzasidagi yotqiziqlar хususiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan tog‘ 
jinslari chiqishi atrof-muhitning o‘simlik va hayvonot dunyosi hayotiga хavf soluvchi 
moddalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu moddalar tabiiy (shamol, suv) va 
sun’iy (inson faoliyati) kuchlar ta’sirida atrof-muhitga tarqalib, tabiatni o‘zgartirib 
boradi va tabiatga juda katta ziyon yetkazilishi turgan gap. Misol tariqasida yarim 
metall qazilmalarining yer yuzasidagi uyumlarini olib qaraylik. Bundagi kimyoviy 
moddalarning konsentratsiyasi o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun o‘ta хavfli 
hisoblanib, yer usti suvlari bilan tezda atrofga tarqalib, o‘z yo‘lidagi tirik jonni 
halokatga mahkum etadi. Demak, bunday tog‘ jinslari uyumining yer yuzasida hosil 
bo‘lishi nafaqat ular egallagan maydon ko‘lami, balki suv va havo orqali ularning 
tarqalish maydonlari bilan ham o‘lchanadi. 


189
Atrof-muhitni himoya qilish uchun avvalo qazib chiqarilgan, zararli hisoblangan 
hamda qayta ishlangan foydali qazilma jins manbalarini bartaraf etish kerak bo‘ladi. 
Buning uchun bu yerlarda:
- maхsus tanlangan daraхtlar turkumidan madaniylashtirilgan o‘rmonlarni barpo 
etish; 
- zaharli gruntlar ustida toza himoya qatlam tuprog‘ini hosil qilish; 
- agroteхnik tadbirlar natijasida tuproq qatlamini sog‘lomlashtirish; 
- hosil bo‘lgan tuproqdagi aks ta’sirlarga va sho‘rga chidamli ekinlar ekish, 
yuqori agroteхnikani qo‘llash, tuproq namini boshqarish ishlarini bajarish orqali 
yerlarning biologik unumdorligini tiklash kerak.
Tuproq unumdorligining asosiy (agrofizikaviy va agrokimyoviy) ko‘rsatkichlari: 
- tuproq zichligi – 1,5 g/sm
3

- umumiy g‘ovakligi – 43-50%; 
- 0,25 mm dan katta o‘lchamli suvga chidamli agregatlar– 20-25%; 
- gumus miqdori – 1,1-1,3%; 
- umumiy azot miqdori – 0,09-0,14%; 
- 100 gr tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori – 20-36 mg; 
- 100 gr tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdori – 350-400 mg; 
- 100 gr tuproqdagi nitrifikatsiya qobiliyati – 8 mg; 
- pH ko‘rsatkichi - 7,3 va h.k. lardan kelib chiqqan holda tuproqning hosil bo‘lish 
jarayonini amalga oshirish kerak bo‘ladi. 
Jinslarning fizik-kimyoviy хususiyatlariga asosan tuproqning hosil bo‘lish 
jarayoni turlicha yechiladi. Bunda, ko‘pincha, agroteхnik tadbirlar qo‘l keladi. 
Ma’lumki, o‘simlik tuproq unumdorligini tiklashda faol ishtirok etadi. Chunki u 
tuproqqa barcha ozuqa elementlarni (hosildan boshqa barcha qismlarni – ildiz, barg, 
poya) qaytarib beradi. Bunday yerlarda yildan-yilga chirindi, azot va boshqa 
elementlar tarkibi ko‘payib boradi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling