Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
O‘t ekish tadbirlari. Eroziyaga moyil va eroziyaga uchragan yerlarda o‘tlarni
saqlab qolish yoki ularni o‘stirish bu maydon tuprog‘ini himoyalash tadbiri hisoblanadi. Aksariyat hollarda, bunday maydonlarda chorva mollarni boqishni ta’qiqlash ushbu maydonlarning tabiiy holda o‘t bilan to‘liq qoplanishiga olib keladi. Tabiiy o‘tlarning o‘sishini yaxshilash uchun esa, bu maydonlar frezerlanadi. Tabiiy o‘tlari juda siyrak va qariyb yo‘q maydonlarda tuproq jar yoqalab yoppasiga 30 m kenglikda, yoki polosalab 10-20 m kenglikda tayyorlanadi va o‘t urug‘lari sepiladi. Bu maydonlarda fitomelioratsiyani qo‘llash ekiladigan o‘t turini to‘g‘ri tanlash va ularni parvarishlashda to‘g‘ri texnologiyani qo‘llash kerak bo‘ladi. Odatda haydov yerlari ularning turi va ulardan foydalanish jadalligi bo‘yicha 3 ta texnologik guruhlarga farqlanadi: 1-guruh yerlarining nishabligi 3 0 gacha bo‘lgan haydov maydonlari bo‘lib, ularda barcha haydov ekinlarini yetishtirish mumkin. 171 2-guruh yerlariga nishabligi 3-7 0 gacha bo‘lgan yonbag‘ir maydonlar kiradi. Bu yerlarda tuproqni himoya qiladigan boshoqli va o‘t ekinlari ekilishi kerak. 3-guruh yerlariga nishabligi 7 0 dan katta bo‘lgan yonbag‘ir maydonlar kirib, ularda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadga muvofiq emas. Bu yerlar ko‘p yillik o‘tlar bilan qoplanishi kerak. 1-guruhga mansub tuproqlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari jadallashgan texnologiyalar sharoitida yetishtirilsa, 2- va 3-guruh tuproqlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tuproqni ag‘darmasdan ishlov berish, ya’ni tuproqni himoyalash texnologiyalari orqali (chuqur yumshatish, mulchlash, tirqishli ishlov berish) amalga oshirilishi kerak. 3. O‘rmon meliorativ tadbirlar. O‘rmon meliorativ tadbirlar tuproqning suv- fizik xossalarini yaxshilashga va suvning tuproqqa shimilish darajasini oshirib, oqova suvlarning miqdorini kamaytirishga qaratilgandir. O‘rmon daraxtlari ostidagi dasht tuproqlari soatiga 150-400 mm gacha bo‘lgan suvni shimishi mumkin. Eroziyaga qarshi har bir gektar hosil qilingan daraxt maydoni 1700 m 3 yer usti suvlarini sizot suvlariga aylantira oladi. Suv oqimini rostlovchi himoya o‘rmon polosalari suv oqimini boshqarish maqsadida yonbag‘irning gorizontallari bo‘ylab joylashtiriladi. Yer nishabligi 1,5- 2,0 0 gacha bo‘lgan maydonlarda ularning orasi 400 m, yer nishabligi 5 0 dan yuqori maydonlarda 200 m gacha, 12 0 dan yuqori nishablikdagi yerlarda esa 100-150 m qilib hosil qilinadi. Himoya polosalarining tarkibida butalarning ko‘proq bo‘lishi va ularning qator oralig‘i 1 m, qator ichidagi joylashuvi 0,3-0,5 m bo‘lishi juda yaxshi natija beradi. Himoya polosalarining birinchi qatori (suv oqimini rostlash uchun) butalardan iborat bo‘lishi shart. Uning orqasidan (shamoldan himoyalash uchun) 3-4 qator baland bo‘yli daraxtlar ekiladi. Himoya polosalari quyisida balandligi 0,5 m bo‘lgan suv yig‘uvchi himoya tuproq devorlari (uyumlari) hosil qilinadi. Suv oqimini rostlovchi himoya o‘rmon polosalari 7-15 m kenglikda to‘rsimon (elvizakli) qilib ekiladi. Bu yerlarda tuproqqa ishlov berishning majburiy sharti tuproqni yer gorizontallari bo‘yicha baland tomonga qaratib ag‘darish hisoblanadi. 172 Balkalar va jarliklar yoqalab hosil qilinadigan o‘rmon polosalari va daraxtlar ularning yonbag‘irlari va tubida tuproq gruntni mustahkamlash, mikroiqlimni yaxshilash, tuproqni qo‘shimcha namlantirish maqsadida hosil qilinadi. Ular jarlik qirg‘og‘idan 3-5 m masofada, 12-21 m kenglikda, qatorlar oralig‘i 2,5-3,0 m va daraxtlar oralig‘i 0,5-1,5 m qilib, shamol o‘tmaydigan yoki to‘rsimon konstruksiyada joylashtiriladi. Tog‘li sharoitda tuproqlarni suv eroziyasidan himoyalash maqsadida hosil qilinadigan daraxt ko‘chatlari, kamdan-kam holatlarda urug‘dan ekiladi. Buning uchun yonbag‘ir tuproqlariga yer nishabligi 6 0 gacha bo‘lganda yoppasiga, 6-12 0 bo‘lganda polosalar bo‘yicha, 12-40 0 bo‘lganda esa, qazma-to‘kma terrasalar ko‘rinishida ishlov beriladi. Tuproqqa yoppasiga va polosalar bo‘yicha ishlov berilganda, ishlov yer gorizontali bo‘yicha 20-60 sm chuqurlikda amalga oshiriladi. Ishlov berish maydonining kengligi yonbag‘ir qiyaligi qiymati ortishi bilan kamayib boradi, ishlov beriladigan maydon umumiy maydonning 50%i dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Suv eroziyasining oldini olish va unga qarshi kurashda o‘rmon meliorativ tadbirlar muhim omil hisoblanadi. Chunki eroziya vujudga kelayotgan yerlarga zudlik bilan daraxtlar ekish yaxshi natija beradi. Eroziya tarqalgan joylarga ihotazorlar, suv va namni tartibga soluvchi o‘rmonzorlar, yo‘llar, kanallar, jar-soylar yoqalarida o‘rmonzorlar tashkil etish kerak. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan zona atrofida ihotazorlar tashkil qilish tuproq tarkibidagi namni uzoq vaqt saqlashni va shamol kuchini pasaytirishni ta’minlaydi. 4. Gidrotexnik tadbirlar suv eroziyasining ta’sirini zudlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladi. Ular tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik va o‘rmon meliorativ tadbirlari bilan birgalikda olib boriladi. Ularning vazifasi suv oqimini boshqarish (to‘xtatish yoki xavfsiz tomonga yo‘naltirish) hisoblanadi. Ular suv havzalari, himoya tuproq devorlari va dambalari, tutash inshootlar, suv to‘sgichlar kabi gidrotexnik inshootlar yordamida amalga oshiriladi. 173 Gidrotexnik tadbirlar suv eroziyasining oldini olishda muhim bo‘lib, ularga qirg‘og‘ini yuvadigan daryo yoqalarida qirg‘oqni mustahkamlovchi tadbirlar, suv qirg‘oqdan toshadigan hollarda qirg‘oqni himoya qiluvchi damba va ko‘tarmalar; jarli yerlarda esa suv ushlagich ko‘tarmalar; jarga suv oqimini tushirmaydigan ariqlar; suvda tez yuviladigan yumshoq, yengil tuproqli joylarda ariq o‘rniga temir beton nov kanallar; jarlarda va soylarda suv oqimini ushlab qoluvchi to‘g‘onlar; selga qarshi kurashish uchun hovuz va suv omborlari; tog‘ yonbag‘irlarining yog‘inlardan, jalalardan vujudga keladigan suv eroziyasiga uchramasligi uchun zinapoyasimon ariqlar tashkil etish, sug‘orish dalalarida ilmiy asoslangan sug‘orish texnikasi elementlari ko‘rsatkichlariga rioya qilish, sharoitga qarab sug‘orish egatlarida zigzagsimon suv oqimini qo‘llash (Xamidov M.X., TIMI) va boshqalar kiradi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling