Asosiy termin va tushunchalar
(Glossariy)
Aerozol usulda sug‘orish (yunon. Aer - havo, nem. Sole - kolloid eritmalar)
- yer yuzasiga yaqin havo qatlamini namlash, tuproqning harorat va namlik tartibotini
boshqarish maqsadida suvni mayda tomchilar (diametri o‘rtacha 0,5 mm) tarzida
yomg‘irlatish.
Arid mintaqa (lot. Aridus - quruq) – quruq issiq iqlimga ega bo‘lgan
mintaqa.
Atmosfera yog‘inlari- suv bug‘lari atmosferada kondensatsiyalanib, yerga
yomg‘ir, qor, do‘l, qirov, shudring va boshqa ko‘rinishlarda tushadigan suvlar.
Bosim - muayyan sathdan suv ustuni balandligi bilan ifodalanuvchi suv
bosimi.
Bug‘lanuvchanlik- muayyan joyning suv va energetik manbalari bilan
aniqlanuvchi eng ko‘p mumkin bo‘lgan bug‘lanish.
Egat (ariq) - plug, okuchnik (ariq ochkich) kabi qurollar vositasida ekin
maydonlarida hosil qilingan tor ariqcha.
Egat olib sug‘orish- tuproq ustidan sug‘orishning eng takomillashgan usuli.
Eroziya (lot. Erosio - ajralish, o‘pirilish) - yer kurrasi qobig‘ining oqar suv
va muzlar harakati tufayli yemirilishi yoki turli ta’sirlar natijasida nurashi.
Faol qatlam - o‘simlikning ildizi tarqalgan tuproq qatlami (sathi). Bu qatlam
ekinlarning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Filtratsiya (sizilish) - suvning g‘ovak muhitdan sizilib o‘tishi.
Fotosintez (yunon. Photos - yorug‘lik, synthesis - biriktirish)- o‘simliklarda
yorug‘lik energiyasi hisobiga noorganik moddalar (karbonad angidrid, suv) dan
organik moddalar hosil bo‘lish jarayoni.
Gidromodul (yunon. Hydro - suv, lot. Modulus - o‘lchov) - qishloq xo‘jalik
ekinlarini sug‘orishda bir gektar maydonga beriladigan solishtirma suv sarfi.
Gorizontal yopiq zovur (quvurli zovur) - sug‘orish maydonidan sizot
suvlarini oqizib yuborish va ularning sathini ayni maydonda pasaytirish uchun yetarli
sharoit bo‘lmagan hollarda quriladigan zovur.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |