Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Gorizontal ochiq zovur - bir-biriga nisbatan ma’lum uzoqlikda va chuqurlikda 
o‘tkazilgan, ma’lum tartibda o‘zaro tutashtirilgan gorizontal ochiq to‘liq qazma kanal 
(zovur) va kollektorlar (suv oqizgichlar). 
Gruntning nam sig‘imi - tuproqning ma’lum miqdorda o‘ziga suv sngdirish 
va ushlab turish qobiliyati.
Ihota mintaqalari - ekinzorlarni shamol va qum to‘zoni kabi tabiiy ofatlardan 
himoyalash maqsadida qatorlab daraxtlar ekilgan va o‘rmonlar barpo etilgan yo‘lakli 
maydonlar. 
Infiltratsiya (lot. In - ga, filtratio - suzmoq, singish) - suvning tuproqqa 
shimilishi.
Irrigatsiya - qishloq xo‘jaligi dalalarni sug‘orish, suvsiz va suv tanqis yerlarga 
suv chiqarish va sug‘orish ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi. 
Kanal (lot. canalis - truba, nov) - suv o‘z oqimi bilan oqadigan (bosimsiz) 
to‘g‘ri shaklli sun’iy o‘zanga ega bo‘lgan suv o‘tkazgich. Kanal ko‘pincha ochiq 
holatda qaziladi yoki chetlari ko‘tarma qilib quriladi. 
Kollektor (lot. Collector - yig‘gich) - 1) kichik zovurlardan sizot suvlarini 
yig‘ib oluvchi katta zovur. 2) Yog‘in suvlarini tashqariga olib chiqib ketuvchi 
kanalizatsiya shaxobchalaridagi katta quvurlar. 3) Aholi yashaydigan yerdan 
chiqadigan foydalanilgan suvlarni olib ketuvchi quvurlar. 
Lalmi (bahorikor) ekin - lalmikor yerda o‘stiriladigan bug‘doy, arpa, beda 
kabi ekinlar; ayrim joylarda kam suv talab qilinadigan g‘o‘zalarni sug‘ormay, yog‘in 
suvi bilan ekish, o‘stirish va ishlov berish yo‘llari (usullari). 
Liman - qiyaligi (nishabi) 0,002-0,003 atrofida bo‘lgan qiya yonbag‘irliklarda 
tuproqdan qilingan maxsus ko‘tarmalar. 
Lizimetr - tuproqqa singib o‘tgan suv miqdorini o‘lchaydigan qurilma.
Magistral kanal - sug‘orish sistemasini suv manbasiga ulaydigan asosiy (eng 
katta) kanal.
Maksimal molekulyar nam sig‘imi (MMNS) - suv molekulalarining tortilishi 
tufayli zamin g‘ovaklarida ushlanib turadigan suv miqdori. Bu namlikdan o‘simlik 


200
foydalana olmaydi. Tuproqning namligi MMNSdan kamaysa, o‘simlik quriy 
boshlaydi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling