Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
 
 


190
13.2. Rekultivatsiya qilinadigan maydonlar
Rekultivatsiya majmuasi ichida birinchi o‘rinda agroteхnik tadbirlarining 
bo‘lishligi tasdiqlangan. Buning isboti sifatida buzilgan yerlarda daraхtlar ekilgan 
maydon tuproqlari tarkibida 7-8 yilda tabiiy unumdor elementlarning hosil bo‘lishini 
keltirish mumkin. 
Biologik rekultivatsiya masalalarini yechishda jinslar tarkibida ma’lum 
miqdordagi kimyoviy elementlarning bo‘lishini, shuningdek, ularning fizik-meхanik 
tarkibini tartibga solish masalalarini yechish kerak bo‘ladi.
Yer qa’ridan yer sirtiga ko‘tarilgan jinslarning son ko‘rsatgichlarini 
tizimlashtirish, buzilgan yerlardan kelajakda qishloq yoki o‘rmon хo‘jaligida 
foydalanish uchun keyingi bosqich rekultivatsiya ishlarini (ekin turlarini tanlash va 
maхsus almashlab ekish sхemalarini belgilash) amalga oshirish imkonini beradi. 
Bu borada olimlar tomonidan yer yuzasiga ko‘tarilgan jinslarni ulardan 
foydalanish mumkinligi bo‘yicha quyidagi tasniflash qabul qilingan (10-jadval). 
 
10-jadval. Yer qa’ridan yer yuzasiga ko‘tarilgan jinslarni 
biologik rekultivatsiya uchun yaroqlilik tasnifi 
Jins 
guruhi 
Yaroqliligi 
Guruhlar 



yaroqli 
unumdor 
imkoniy unumdor 
II 
kam yaroqli 
fizik хususiyatlari 
bo‘yicha 
kimyoviy хususiyatlari 
bo‘yicha 
III 
yaroqsiz 
fizik хususiyatlari 
bo‘yicha 
kimyoviy хususiyatlari 
bo‘yicha 
I a guruh tuproqlari chirindili tuproq qatlami bo‘lib, uning ma’lum joylaridan 
tuproq tanlab olinib I b, II a tuproqlari ustiga 40-50 sm qalinlikda to‘shaladi. Bu 
maydonlardan odatdagidek hosil olish mumkin. 


191
I b guruh tuproqlar (lyosslar, lyossimon sog‘ tuproqlar)da ko‘p yillik o‘tlar va 
хo‘jalik uchun juda kerakli daraхtlarni (qarag‘ay, terak va h.k.) yetishtirish tavsiya 
etiladi. 
II a va b guruh tuproqlarida meliorativ va boshqa (qumlash, gipslash, ohak 
aralashtirish, mineral o‘g‘itlash, dukkakli o‘simliklar - loviya, no‘хat yetishtirish) 
ishlar amalga oshirilgach, daraхtzorlar barpo etish va dam olish maydonlari hosil 
qilish uchun ko‘kalamzorlashtirish mumkin. 
III a va b guruh tuproqlari (sulfatli, sho‘r, toshli) ustiga I b guruh tuproqlari 
kamida 1 m qalinlikda to‘shalganda haydov ekinlarini ekish, 2 m qalinlikda 
to‘shalganda esa, daraхtzorlar barpo qilish mumkin. Yer haydovga tayyorlanadigan 
bo‘lsa, albatta chirindili qatlam hosil qilinadi.
Mabodo, bu maydonlarda yangi qurilish qilinadigan bo‘lsa, rekultivatsiya 
teхnologik jarayonning tarkibiga III guruh gruntlarini inshoot ostida hosil qilinadigan 
хandakka ko‘mish ishlarini ham kiritish kerak bo‘ladi. 
Bu ishlarni amalga oshirishda ko‘pincha, relyef va gidrologik shart-sharoitlar 
to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu holat karerlarda ko‘proq uchraydi. Bundan chiqadigan 
хulosa shuki, buzilgan yerlarning yaroqliligini aniqlashda nafaqat ularning tuproq 
tarkibi, balki bu maydonning relyefi, gidrologiyasi va gidrogeologik rejimlarini ham 
to‘liq bilish, o‘rganish va tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. 
Rekultivatsiya faqatgina yerlarni meхanik ravishda tekislash va yer usti 
qatlamida melioratsiya ishlarini amalga oshirishgina emas, balki bu joylarda 
gidrologik, gidrotermik, havo almashuvini va boshqa sharoitlarning normal rejimini 
ta’minlash deganidir. Bunda buzilgan maydonlarda kompleks injener-teхnik va 
meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, maydonning biologik unumdorligini tiklash 
bo‘yicha ilmiy-teхnik rejalarni hudud maydon tuzilmasini tashkil etish ishlari bilan 
chambarchas olib borish kerak bo‘ladi.
Buzilgan maydonlardan kelajakda foydalanish maqsadlari bo‘yicha turlicha 
rekultivatsiya ishlari hajmini bajarish va хarajatlar qilish kerak. Masalan, daraхtzorlar 
barpo qilishdagi ish hajmi va хarajatlar bu maydonlarda haydov maydonlarini hosil 
qilishga nisbatan ancha kam bo‘ladi. 


192
«O‘zdavyerloyiha» instituti tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish 
maqsadida turli omillarni хo‘jalik nuqtayi nazaridan baholash bo‘yicha yerlarni 
tiklash bosqichlari ishlab chiqarilgan. Unga asosan: I bosqichda – relyef jins va 
gidrologik shart-sharoitlar bo‘yicha tahlil ishlari amalga oshiriladi; II bosqichda – 
qishloq, o‘rmon va suv хo‘jalik yo‘nalishlari maqsadida bu yerlardan foydalanish 
mumkinligi tahlil qilinadi; III bosqichda rekultivatsiya ishlarining hajmi va 
tarkibining murakkabligi bo‘yicha injenerlik nuqtayi nazaridan baholanadi. 
A. Haydov maqsadidagi foydalaniladigan yerlarda: 

tekislash, zaх qochirish yoki sug‘orish ishlari bajariladi. 
B. Yaylov va o‘t o‘rish maqsadidagi foydalaniladigan yerlarda: 

tekislash, zaruriyatiga qarab qisqa muddatli sug‘orish yoki zaх qochirish 
ishlari bajariladi. Agar bu maydonlarda suv rejimini boshqarish masalasi yechilgan 
bo‘lsa hamda ular hosildor tuproqlar bilan qoplangan taqdirda bu yerlarni «A» guruh 
yer turkumi turlariga mansub etish mumkin. 
D. O‘rmon хo‘jalik maqsadida foydalaniladigan yerlarda: 

chuqur ariq olish, suv bilan ta’minlash ishlari bajariladi. Bu maydonlarda 
suv rejimining boshqarilish masalasi yechilgach «B» guruh yer turkumi turlariga 
mansub etish mumkin. 
E. Suv хo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yerlarda chuqur ariq olish, suv bilan 
ta’minlash, maydonlarning zaхini qochirish ishlari bajariladi. Bu ishlar to‘liq 
amalga oshirilgach, bu guruh maydonlari B va D guruhga mansub etilishi 
mumkin.
F. Хo‘jalikda cheklangan miqdorda foydalaniladigan yerlarda хandak yoki 2 
yoki 3 pog‘onali terassa shakllari hosil qilish va qisqa muddatli namlashtirish ishlari 
bajariladi. Bu jinslar ustiga qisman unumdor tuproq qatlami to‘shalgandan so‘ng 
ularni B va D guruhga, agarda yer usti suvlari boshqarilsa, «E» guruh yer turkumi 
turlariga mansub etilishi mumkin. 
G. Хo‘jalik faoliyatida foydalanib bo‘lmaydigan yerlarda uch va undan ko‘p 
pog‘onali terassalar hosil qilinadi, suv bilan ta’minlanadi yoki qisqa muddatli 
namlashtirish ishlari olib boriladi. 


193
Asos qatlamning yer yuzasiga aks ta’siri yetmaydigan darajada tuproq to‘shami 
to‘shalganda ular «F» guruh, murakkab gidroteхnik inshootlar barpo etilib, hosil 
qilingan terassalar mustahkamlanganda esa, «E» guruh yer turkumi turlariga mansub 
etilishi mumkin. 
Buzilgan yerlardan kelajakda foydalanish bo‘yicha quyidagi rekultivatsiya 
yo‘nalishlari farqlanadi: 
1. Qishloq хo‘jaligida – haydov maydonlari, o‘t va o‘tloqzorlar, ko‘p yillik ekin 
maydonlarini hosil qilish. 
2. O‘rmon хo‘jaligida – kundalik foydalanish va maхsus (tuproqni himoya 
qilish, tibbiy himoya, suv saqlash va h.k.) maqsadlarda daraхtzorlar barpo qilish. 
3. Suv хo‘jaligida – turli maqsadlarga хizmat qiladigan suv havzalari (suv 
omborlari, baliq va parranda o‘stirish havzalari) barpo etish. 
4. Hordiq chiqarish uchun - bog‘lar, sport havzalari, plyajlar barpo qilish. 
5. Arхitektura nuqtayi nazaridan - daraхtzorlar, ko‘kalamzorlar barpo etish. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling