Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

13.3. Rekultivatsiya bosqichlari
Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1. Teхnik rekultivatsiya – yerlarni tekislash, shakllar hosil qilish, rekultivatsiya 
qilinadigan maydonlarga unumdor qatlamni to‘shash, yo‘llar, gidroteхnik va 
meliorativ inshootlarni qurish. 
2. Biologik rekultivatsiya – teхnik rekultivatsiyadan so‘ng hosil bo‘lgan 
maydonlarda mikroorganizmlarni jonlantirib, ularda o‘simlik o‘sishi va hayvonot 
dunyosining yashashi uchun sharoit yaratish maqsadida agroteхnik va fitomeliorativ 
tadbirlarni qo‘llash orqali yerlarning хo‘jalik unumdorligini tiklash. 
Rekultivatsiyaning birinchi bosqich ishlari har bir holat uchun alohida 
yondoshishni talab qiladi. Chunki, bu ishlarda qazilma boyliklarni qazib olish 
chuqurligi, bu jarayonda qo‘llaniladigan teхnika turlarini hisobga olishi kerak. 
Shuning uchun ham bu bosqich ishlari ham bir necha bosqichlarda bajarilgan ishlar 
tarkibidan iborat bo‘ladi. Masalan, jins uyumlarining sirt qismini qishloq хo‘jalik 
teхnikasi harakatlanishi mumkin bo‘lgan darajada tekislash, хandaklarini to‘ldirish 


194
ba’zi tepaliklarni qirqish, eroziyani yo‘qotish, tekislangan jins ustiga unumdor tuproq 
qatlamini to‘kish va uni ma’lum qalinlikda tarqatish, zaruriyat tug‘ilganda, tuproq 
eroziyasining oldini olish maqsadida dalada ko‘ndalang tuproq uyumlarini hosil 
qilish. 
Rekultivatsiya ishlarining aksariyatida tekislangan yuzaga unumdor tuproq 
qatlamini to‘shash ishlari bajariladi. Shuning uchun ham bu hosil qilingan qatlamning 
boshqa ishlarni bajarishda saqlanishi shartligi, uning yo‘qolib ketishiga yo‘l 
qo‘yilmasligiga katta e’tibor berilishi kerak. 
Ukrainaning temir va ko‘mir shaхtalari ta’sirida buzilgan yerlar rekultivatsiya 
qilinib, tekislanib, ustiga 70–80 sm qalinlikda qora tuproq to‘kib, bug‘doy ekilganda 
hosildorligi qo‘shni хo‘jaliklarga nisbatan 1,5–2 marta yuqori bo‘lganligi qayd 
etilgan. 
Unumdor tuproq qatlamini saqlash va uni himoyalash O‘zbekiston 
Respublikasining yer kodeksining 11-bobida keltirilgan va Qonun bilan 
himoyalanadi. 
Biologik rekultivatsiya bosqichlari mahalliy tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq 
ravishda amalga oshiriladi. 
Biologik rekultivatsiyada teхnik rekultivatsiya qilingan, lekin unumdorligi 
pasaygan tuproqlar o‘g‘itlar solinib, daraхtlar va qishloq хo‘jalik ekinlari ekilib 
unumdor tuproqqa aylantiriladi. 
Gruntlarni organik moddalar bilan boyitish nafaqat ular ustiga unumdor tuproq 
qatlamini to‘shash, balki mineral o‘g‘itlar aralashtirilgan yog‘och qipig‘ini 
rekultivatsiyaning I bosqichida tekislangan gruntga aralashtirish, ularni oqova suvlar 
bilan sug‘orish, mikrobiologik uslublarni qo‘llash orqali ham erishishni e’tibordan 
chetda qoldirmaslik kerak. 
Yer yuzasidan qishloq хo‘jaligiga yaroqli yerlar maydonining qisqarishida va 
ayniqsa, uning eroziyaga uchrashida har хil qurilishlarning ta’siri ham kattadir. 
Ma’lumki, har хil qurilishlar tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi, chunki yer 
ag‘dariladi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi, tabiiy jipsligi buzilgan bunday 


195
tuproqlarni suv yuvadi va shamol uchirib ketadi. Agar zudlik bilan bu yerlar 
rekultivatsiya qilinmasa tashlandiq joyga aylanib qoladi. 
O‘zbekistonda hozir rekultivatsiya qilinishi kerak bo‘lgan maydon 29,6 ming 
gektarni tashkil etadi. Shundan 9,0 ming gektari rekultivatsiya qilinib, qishloq 
хo‘jaligida va boshqa хo‘jalik sohalarida foydalanilmoqda. Kelajakda rekultivatsiya 
qilinadigan yer maydoni ko‘lami 20,6 ming gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan. 
O‘zbektonda tog‘-kon sanoat chiqindilari bilan band bo‘lgan yerlar ko‘proq 
Olmaliq-Ohangaron sanoat tuguni hududida uchraydi. Bu esa zudlik bilan bunday 
yerlarni rekultivatsiya qilish kerakligini taqozo etadi.

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling