Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 O‘rmonning mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

12.3. O‘rmonning mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri 
O‘rmonning unumdorligini tashqi muhit, ayniqsa iqlim belgilaydi. Bunda yog‘in 
miqdori hal qiluvchi o‘rinda turadi. Ko‘p yog‘inli tropik hududlarda yaproqli 
o‘rmonlar o‘sib, ularning turi juda xilma-xil bo‘ladi. Sovuq hududlarda bir tarkibli 
(xvoyni) daraxtlar egallasa, dasht hududlarda keng yaproqli o‘rmonlar tarqalgan. 
O‘zbekiston Respublikasining xududida tabiiy o‘rmonzorlar juda ham kam. 
Faqat tog‘lik mintaqaning biroz qismi siyrak joylashgan o‘rmon daraxtlari bilan 
band. Lekin ular sun'iy ravishda barpo etilgan o‘rmonzorlar va o‘rmon daraxtlari


182
bilan birgalikda paxtachilik majmuini, umuman respublika qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tog‘lik mintaqada joylashgan o‘rmonzorlar 
kanalarga suv oladigan daryolar rejimini bir me'yorda saqlashga yordam beradi, 
chorvachilik uchun ozuqabob o‘simliklardan yaylov sifatida foydalanishida xizmat 
qiladi. Sug‘oriladigan mintaqada barpo qilingan va qilinayotgan o‘rmon daraxtlari 
yerlarni botqoqlanish va sho‘rlanishdan saqlaydi, suvdan tejamli foydalanishga 
imkon yaratadi. Daladagi ekinlarni kuchli tezlikdagi shamollardan, ayniqsa 
“garmsel” shamolidan asraydi, mikroiqlimni yaxshilaydi. Bularning hammasi ekinlar 
hosildorligini anchagina oshirishga sharoit yaratadi.
Ilmiy tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra o‘rmon daraxtlari o‘tqazuvi bilan 
himoyalangan dalalarda paxta hosildorligi himoyalanmagan dalalarga nisbatan 20-
30% ortiq. Hozirgi kunda xam “garmsel” va kuchli shamollarning salbiy ta'siri 
qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi, ayniqsa bu holat yangi o‘zlashtirilgan 
yerlarda kuzatiladi.
Tabiiy o‘rmonzorlar aholi punktlaridan uzoq masofada joylashganligi va ulardan 
olinadigan yog‘ochlar sifati bo‘yicha talabga javob bermasligi tufayli mahalliy xalq 
qadimdan sug‘oriladigan yerlarda o‘rmon daraxtlarini sun'iy ravishda o‘stirish bilan 
shug‘ullanib kelgan. Ular doimo dalalar va tamorqa yerlari atrofiga, kanallar va 
yo‘llar yoqasiga daraxtlar o‘tqazib kelganlar. 
Ixota o‘rmonzorlarning shamol oqimiga ta'siri. O‘rmon ixotalarning 
aerodinamik samarasi ularning konstruksiyasiga, shamolni o‘tkazish darajasini, 
shamol tezligiga, shamol oqimining ixotaga kelib to‘qnashish burchagiga, ixota 
balandligiga, joyining relef elementlari bo‘yncha joylashishiga bog‘liq. Ixota 
o‘rmonzorlarining samarasi ularning tasiri uzoqligi va shamol tezligini bilan 
o‘lchanadi. 
O‘rmon yo‘laklari shamol kuchiga uning balandligining 30 marotabasiga teng 
bo‘lgan masofagacha ta'sir qiladi. O‘rtacha 3-7 m/s li shamol kuchida 20xN masofada 
shamolning kuchi 37-40 % ga kamayishi kuzatilgan. Ta'sir uzoqligi daraxtzorlarning 
balandligi bilan o‘lchanadi (N).
Zich konstruksiyasiga ega bo‘lgan ixota o‘rmonzorlarida havo oqimi o‘z kuchini 


183
ihotalardan 7-10xN masofada susaytirishni boshlaydi va 15-20xN ni tashkil etadi. 
Umumiysi 25xN dan ortmaydi. Shamol tezilgi o‘rtacha 30-35% ga kamaytiradi ( 51-
rasm).
5-rasm. Shamol oqimiga daraxt qatorlarining ta'siri 
Panjarasimon o‘rmon ixota shamol oqimini ikki qismi ajratib aerodinamik 
diffuzor shaklida harakatlanadi: bir oqim, daraxt shox-shabbalarning ta'sirida 
ixotadan oshib o‘tadi, boshqasi ixotaning yer yuza qismidagi tana yog‘ochlari 
orasidan o‘tadi. Shamol tezligining susayish samarasi 35-40xN ni tashkil etadi va 
shamol tezligini 35-40% ga susaytiradi. 
To‘rsimon ixotalar xam yaxshi samara beradi. Ular shamol esishiga kataksimon
ekran shaklida ta'sir etadi. Umumiy ta'sir uzokligi 35-40xN. 
Ixota o‘rmonzorlarining havo harorati va namligiga ta'siri. Ixota oraliqlaridagi 
havo harorati va namligi shamol faoliyatning o‘zgarishi va turbulentli almashinuv 
o‘zgarishiga bog‘liq. 
O‘rmon yo‘laklarining yer usti havo harorati va bug‘lanishga ta'siri. O‘rmon 
yo‘laklari orasdagi kechki havo harorati ochiq dasht-sahro dalalarinikidan yuqori 
bo‘lib, farq zich shamol to‘sadigan yo‘laklarda 1-3 
0
S, to‘rsimonda yo‘laklarda 0,5-1 
0
S bo‘ladi, shamol yuradigan yo‘laklarda qariyib o‘zgarmaydi. 
Havoning nisbiy namligi o‘rmon yo‘laklari orasida 3-5 % ga, absolyut namligi 
0,5-1 ga ochiq dalalarga nisbatan yuqori bo‘lib, issiq shamol (garemsell) vaqtida 
nisbiy namlik 8-10 %ga ko‘p bo‘ladi. 


184
O‘rmon yo‘laklari ochiq suv havzasidan suvning bug‘lanishini 30% gacha 
kamaytiradi. Shu bilan birga tuproq yuzasidan va o‘simlikdan namning bug‘lanishni 
kamaytiradi. Yilniig issiq faslida o‘rmon ixotalari havo harorati ochiq yerlardagiga 
nisbatan 1-2S ga yuqori bo‘ladi. Ixota o‘rmonzorlar tuzilishi zichlashgan sari harorat 
ortib boradi va ixota ortida yilning issiq havosida 5-6 ni tashkil etadi. yer yuza 
qismining havo namligiga ixota o‘rmonzorlar ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ixotalar 
orasidagi uchastkalarda havoning nisbiy namligi o‘rtacha 2-3% ortadi. 
yer yuza qismning havo namligiga ixota o‘rmonzorlar ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Ixotalar orasidagi uchastkalarda havoning nisbiy namligi o‘rtacha 2-3% ortadi. 
Havoning quruq kunlarida nisbiy namlik 8-10% ga ortadi. Bulutli kunlarda ochiq 
yerlardagi va ixotalar oraliqlaridagi uchastkalarning namligini farqi kuzatilmaydi. 
Havo harorati va namligiga ixota o‘rmonzorlarning ta'sir uzoqligi 10-15xN dan 
ortmaydi. Ushbu zonada o‘rmon dasht sharoitida quruq havoda nisbiy namlik optimal 
ko‘rsatgichga yaqin bo‘ladi (70%) o‘simlik uchun kritik namlik (20%)o‘rmon 
ixotalari mavjud hududlarda kuzatilmaydi. 
Ixota o‘rmonzorlarining bug‘lanishga ta'siri. Ixota o‘rmonzorlari tizimida havo 
haroratining qisman ko‘tarilishi bug‘lanishning ortishiga aytarli ta'sir ko‘rsatmaydi. 
G.N.Visotskiy bo‘yicha namlik koeffitsienti yillik yog‘ingarchilik miqdorining shu 
davrdagi bug‘lanish ko‘rsatgichiga nisbatan bilan aniqlanadi. O‘z navbatida 
qurg‘oqchilik sharoitlarda ixotalar oraliqlaridagi uchastkalar bug‘lanishining 
pasayishi namlik koeffitsientining ortishiga olib keladi. Sug‘oriladigan yerlardagi 
ixota o‘rmonzorlar suvning befoyda bug‘lanishini kamaytiradi. 
O‘rmon yo‘laklarining tuproq namiga va qor tushishiga ta'siri. O‘rmon 
yo‘laklari orasidagi qor to‘shami ochiq daladagiga nisbatan 1,5-2 marotaba ko‘p 
saqlanadi, ammo notekis taqsimlanadi. Qorning taqsimlanishi o‘rmon yo‘laklarining 
konstruksiyasiga bog‘liq. Shamol o‘tmaydigan o‘rmon yo‘laklarida qor daraxt ostiga 
to‘planadi. To‘rsimon yo‘laklarda qor 120 m masofagacha 1 m gacha bo‘lgan 
qalinlikda to‘shalsa, shamol o‘tadiganlarda bu to‘sham 200 m gacha boradi. Qor 
to‘shami kuzda ekilgan ekinlarni muzlashdan himoya vositasini o‘taydi. O‘rmon 
yo‘laklari orasida qor bahorda ochiq dalaga nisbatan tez erib tuproqqa kam 5-6 % 


185
ko‘proq shimiladi, suvni oqovaga aylanishi kam kuzatiladi, tuproq kamroq yuviladi. 
Ixota oraliqlarida qor katlamalarining bir tekis joylashishi, yog‘ingarchilik suvlarini 
o‘ziga shimdirishi, befoyda bug‘lanishni kamaytirish hisobiga o‘rmon ixotalari 
joylashgan yerlar ochiq yerlarga nisbatan 10-30% namlikni ko‘proq o‘zlashtiradi. 
Zich konstruksiyaga ega bo‘lgan ixota o‘rmonzorlar qorni katta hajmda 
to‘playdi. Lekin o‘zi qamragan dalalar bo‘yicha tekis taqsimlamaydi. Natijada namlik 
tuproqda teng taqsimlanmaydi. Ixota o‘rmonzorlar o‘zlari katta miqdordagi namlikni 
transpiratsiyalaydi. 15 yoshli terak yoki tol daraxti o‘zining vegetatsiya davrida 80-
100 m
3
suvni transpiratsiyalaydi, natijada ixota egallagan yerda vegetatsiya davri 
oxirida yer osti suvlarning sathi chuqurlashadi. 
Ixota o‘rmonzorlarning yerni qurutish qobiliyati sug‘orladigan yerlarda biologik 
jarayon sifatida foydalaniladi. Kanallar atrofidagi yerlarning yer osti suvlari yer 
yuzasiga yaqin joylashgan bo‘ladi, bu ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi. Ixota 
daraxtzorlari yer osti suvi satxini 3 m chuqurlikkacha pasaytiradi. 
O‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik o‘simliklari transpiratsiyasiga ta'siri. Ochiq 
joylardigi yerlarda issiq izg‘irinli shamolda transpratsiyaning keskin ortishi 
o‘simliklar hosildorligiga salbiy ta'sir etadi. Transpiratsion koeffitsient bo‘yicha 
o‘simlik suvni o‘zida qancha o‘zlashtirishini aniqlash mumkin. Bu koeffitsientlar 
o‘simliklarning ontogenetik rivojlanish jarayonlarida fizik va biologik olimlar bilan 
aniqlanadi. Bunda meteorologik iqlim omillarining ta'siri va turli agrotexnik 
usullarining ta'siri tushuniladi. 
Ayrim 
qishloq 
xo‘jalik 
ekinlarining 
vegetatsiya 
davri 
davomidagi 
transpsiratsiyasi ko‘rsatgichlari - bug‘doy: ixota o‘rmonlarida – 126 mm, ochiq joyda 
86 mm bo‘ladi. O‘simliklarining transpiratsiya koeffitsienti o‘rmon ixotalari ta'sirida 
15% ga kamayadi. 
O‘rmon yo‘laklarining qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta'siri. O‘rmon 
yo‘laklari orasidagi tuproqlar chirindiga boy bo‘lib, ularda azot va fosforning miqdori 
himoyalanmagan ochiq dalalarnikiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Shu bilan birga tuproq 
strukturasi ham yaxshi bo‘ladi. O‘rmon yo‘laklari orasidagi maydonlarida ochiq 
maydonlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi boshoqli don ekinlarida 


186
20-30 % ga, poliz ekinlarida 50-70% ga yuqori bo‘lishi kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlar 
qurg‘oqchil yillarda juda sezilarli bo‘ladi. 
O‘rmon yo‘laklarini mahsuldorligi bu daraxtlar tarkibida mevali va texnik 
daraxtlar: o‘rik, tut, yong‘oq, olma, nok va h.k. qo‘llanilganda ortadi. 
Ixota o‘rmonzorlari mavjud dalalarda qishloq xo‘jalik ekinlari xosildorligi ochiq 
joydagi ekinlar hosildorligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ixota o‘rmonzorlari bilan 
o‘ralgan daladagi ekinlar hosildorligining ortishi u yerlardagi mikroiqlimning 
yaxshilanishi, tarnpsiratsiya intensivligi va mahsuldorligining yig‘indisi, tuproqni va 
ekilgan urug‘larni, nihollarni shamol ta'sirida zararlanishini saqlash bilan bog‘liq. 
Ixota o‘rmonzorlarining hosildorlikka ta'siri ular balandligi 1, 5- 2 m bo‘lgandan 
boshlanadi. Ixotlar balandligining ortishi bilan ularning himoyalash maydoni ortib 
boradi va ixotaning samarasi ham ortadi.
O‘rmon bilan ixotalangan paxta dalalarida paxtaning hosildorligi yuqori bo‘lishi 
kuzatildi. Kuzatilgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ixotalangan paxtaning hosili 
ularga yuqori agrotexnika, o‘g‘it berish, almashlab ekish maydonlari qo‘llanilganda 
ochiq joydagi yerlarda o‘stirilgan paxtaga nisbatan 8- 20 % alohida holatlarda 40% 
gacha ko‘tarilgan. 
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan quyidagilari ixota o‘rmonzorlari barpo etilgan 
dalalarda qo‘shimcha hosilining ko‘rsatkichlari: kuzgi bug‘doy-2,3 s/ga; bahorgi 
bug‘doy-1,4 s/ga; makkajo‘xori doni-3,5 s/ga; kungaboqar-1,7 s/ga; paxta-2,9 s/ga. 
Ixota o‘rmonzorlar, bulardan tashqari hosildorlikning ortishiga mikroiqlimni 
yaxshilash bilan bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Ular tuproqni defolyasiyadan, urug‘larni, 
nihollarni uchirib ketishdan, kuzgi bug‘doyni sovuq urishidan saqlaydi. Bularni 
hisobiga olganda hosildorligi ya'ni ixotalarning iqtisodiy samaradorligi yana 
birmuncha ortadi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling