Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. O‘RMON MELIORATSIYASI 12.1. O‘rmonning, o‘rmon melioratsiyasining mohiyati va o‘rmonni inson hayotidagi o‘rni
Nazorat savollari
1. Eroziya to‘g‘risida tushuncha. 2. Antropogen (jadallashgan) eroziya. 3. Suv eroziyasining ko‘rinishlari. 4. Tuproq eroziyasi va uning turlari. 5. Yonbag‘ir turining tuproq eroziyasiga ta’siri. 6. Shamol eroziyasining hosil bo‘lishi. 7. Tuproq eroziyasiga qarshi chora-tadbirlar. 8. Ihota daraxtzorlarini barpo etish. 9. Himoya uchun mo‘ljallangan ekinlar. 10. Eroziyaga qarshi qo‘llaniladigan gidrotexnik inshootlar. 174 12. O‘RMON MELIORATSIYASI 12.1. O‘rmonning, o‘rmon melioratsiyasining mohiyati va o‘rmonni inson hayotidagi o‘rni O‘rmon – bu o‘simliklar to‘plami (uyushmasi), ya'ni ma'lum bir sharoitda o‘simliklar evolyusiyasining o‘tishi bilan vujudga kelgan tabiatdagi qonuniy hodisa. O‘rmon melioratsiyasi - o‘rmonlar barpo qilish yo‘li bilan atrof muhitning va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tabiiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbir. Bu yerlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan tashkiliy-xo‘jalik va texnologik ishlar majmuidir. O‘rmon melioratsiyasi ishlarini amalga oshirishdan asosiy maqsad qumlarning ko‘chishi, qurg‘oqchilik, garmsel, qora bo‘ronlardan muhofozalovchi ixota daraxtzorlarini barpo etish, tuproqni yuvilishdan, yemirilishdan, ko‘chishdan muhofaza qilishdan iborat. O‘rmon melioratsiyasi fani ilmiy asoslangan fan bo‘lib ilmiy asoslangan holda tog‘oldi, tog‘, qumlik va sug‘oriladigan mintaqalarda yer, iqlim, tuproq sharoitiga qarab meliorativ ahmiyatga ega bo‘lgan daraxtzorlar barpo qilish va parvarishlash ishlarini o‘z ichiga oladi. Odamzotning ishlab chiqarish faoliyati ta'sirida tabiatda katta o‘zgarishlar yuz beradi: shamol va suv oqimi ta'sirida tuproq yemiriladi; havo, tuproq va o‘simliklar ifloslanadi. Bularning hammasi inson sog‘ligiga ta'sir kiladi, qishloq xo‘jalik maxsulotlari sifatini yomonlashtiradi. O‘rmon meliorativ daraxtlarini ekish boshqa tadbirlar majmui bilan birgalikda tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi, dalalar namligini yaxshilaydi, qurg‘oqchilikning zararli ta'sirini pasaytiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi ixota daraxtlari himoyasidagi yerlarda ochiq yerlardagiga nisbatan anchagina yuqori. Bunday holat faqatgina qurg‘oqchilik yillaridagina emas balki boshqa yaxshi kunlarda ham kuzatiladi. Bulardan tashkari, o‘rmon melioratsiyasi dalalari agrotexnika ishlari samarasini oshiradi, manzarani yaxshilaydi, inson yashaydigan muhitni sog‘lomlashtiradi. 175 Bularning hammasi tabiatni muhofaza qilish va qishloq xo‘jalik ishlab chikarishining tabiiy sharoitini yaxshilash muammosini yechishda o‘rmon melioratsiyasi ahamiyatini yanada oshiradi. O‘rmondan melioratsiya vositasi sifatida foydalanish uning tabiiy xususiyatlariga asoslangan. U shamol tezligini pasaytiradi, o‘rmon daraxtlari ostidagi tuproq yog‘ingarchilik suvini tezda shimib oladi, natijada tuproq yuzasida suv oqimi vujudga kelmaydi. O‘rmonning bu xususitlari faqatgina o‘rmon bilan band bo‘lgan maydonlarga tarqalibgina qolmasdan barki yondosh yerlarga ham ta'sir qiladi. Shuning uchun ham tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlashga, mikroiqlimni yaxshilashga qaratilgan o‘rmon melioratsiyasi daraxtlari tizimini tashkil etishni nazarda tutadi. O‘rmon meliorativ daraxtlari o‘tkazuvi asosiy vazifadan tashqari yog‘och yetishtirish, mevalar, qo‘ziqorinlar va boshqalarni to‘plash uchun foydalanadi. Bulardan tashqari ular atrofini muhofaza qilishda va qishloq xo‘jalik yer turlari joyining biologik sig‘imi (hajmi) ni oshirishda katta ahamiyatga ega. Ularda qishloq dalalaridagi zarurkunandalarni yo‘q qiladigan ko‘pdan - ko‘p qushlar va boshqa jonivorlar joylashadi. Ularning sanitariya gigiena va estetika sohasida ham ahamiyati katta: ular qishloq aholisining turmush va mehnat sharoitini yaxshilaydi. O‘rmon meliorativ daraxtlari o‘tkazuvi tizimini tuzish va joylashtirishda ular dehqonchilik tizimining asosiy zvenolaridan biri ekanligini va joyga biriktirib qo‘llangan ishlab chiqarish vositasi sifatida bir qator xususiyatlarga ega ekanliklarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ularning eng asosiylari quyidagilar: 1. O‘rmonlarni qishloq xo‘jalik ekinlari dunyosiga kompleks ravishda ta'sir ko‘rsatishi. 2. Himoyalaydigan o‘rmon meliorativ daraxtlar o‘tkazuvi o‘zining meliorativ ta'sirini faqatgina o‘zi egallagan maydonga emas, balki atrof maydonlarga ham ta'sir qiluvchi muhim va spetsifik xususiyatga ega ekanligi. 3. O‘rmon daraxtlari o‘tkazuvi joyga biriktirilgan ishlab chiqarish vositasi tarkibiga kiradi. Undan foydalanish uzoq muddatta mo‘ljallangan. Uni barpo qilish esa maxsus yer maydoni va anchagina mablag‘ hamda mehnat talab qiladi. Shuning 176 uchun o‘rmon daraxtlari o‘tkazuvini barpo qilishda ular uchun kerakli maydonni aniq belgilash lozimligi. Klassik o‘rmonshunos rus olimi G.F Morozov o‘rmon tabiati uchta tarkibiy qism (komponent)dan tashkil topganligini o‘z vaqtida ko‘rsatib o‘tgan. Ular quyidagilar: 1) nasllar tabiati; 2) ularni birlashtirish tabiati; 3) joyida o‘sish sharoiti. Nasllar tabiati birinchi navbatda o‘simliklar xillaridagi xususiyatlar, ya'ni o‘simlikning yashash sharoitiga bo‘lgan talabi bilan ifodalanadi. Birlashtirish tabiati nasllarning o‘zaro munosobatlarini, ya'ni ularning joyda birga joylashishiga chidashlari yoki bir-birlariga foydali bo‘lishlarini aks ettiradi. Joyida o‘sish sharoitining tabiati esa o‘simliklarning asosiy hayot omillari (yorug‘lik, havo, issiqlik, namlik, ozuqa)ga bo‘lgan talabini kondiradigan joyning fizik xususiyatlari bilan aniqlanadi. O‘rmon tabiatini tashkil etadigan komponentlar juda ham o‘zgaruvchan. Ular ichida eng muhimi bo‘lib, joyda o‘sish sharoitining tabiati hisoblanadi. Chunki bu komponent o‘rmonning butun qiyofasini belgilaydi, joyda qanaqaligi daraxtlar nasli o‘sishini aniqlaydi. Bu to‘g‘risida prof. G.F.Morozov, M.Ye.Tkachenkolar quyidagicha yozishadi: «O‘rmon deganda geografik landshaftning o‘ziga xos juda ko‘p daraxtlardan iborat elementi tushunilib, ular o‘zining rivojlanishida atrof muxitga ko‘pmi, kammi o‘z ta'sirini ko‘rsatadi va biologik bog‘liq ko‘rinishda bo‘ladi». O‘rmon daraxtlari biosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular bisferadagi moddalar muvozanatini saqlaydi, moddalar almashib turishini tartibga solishni ta'minlaydi, suvlarni muhofoza qilish, gidroiqlim, tuproqni himoyalash va sog‘lomlashtirish funksiyalarini bajaradi; bir necha xil hayvonlar va parrandalar uchun yashash joyi bo‘lib xizmat qiladi. Odamzod uchun o‘rmon qadimdan yashash va oziq-ovqat topish joyi bo‘lib kelgan. Hozir ham u insoniyat hayotida muhim ahamiyatli mahsulotlar manbai sifatida o‘z o‘rnini yo‘qotmagan. O‘rmonlar chorva mollarini boqish, ov qilish, pichan o‘rish, daraxt va o‘simliklar mevasini va dorivor o‘simliklar xomashyosini to‘plashda foydalaniladi. O‘rmon daraxtlari va o‘simliklarining estetik ahamiyati ham babaho, ularning ta'sirli va takrorlanmaydigan chiroyliligidan aholi punktlarini ko‘kalazorlashtirishda keng foydalanadilar. 177 O‘rmonlarning quyidagi xususiyatlarini sanab o‘tish mumkin: 1. O‘rmonlar vitaminlarga boy meva, yog‘och va dorivor o‘simliklarni odamzodga hadya etadi. 2. Ular iqlimni mo‘tadil qilib turishi, qurg‘oqchilikka qarshi kurashda qo‘l keladi. 3. O‘rmonlarning inson salomatligini tiklashda o‘rni muhim. 4. O‘rmon o‘simliklari havoni kislorod bilan boyitibgina qolmay, havo harorati keskin o‘zgarishining oldini olish xususiyatiga egadir. 5. Ba'zi bir o‘rmon o‘simliklari havoga uchuvchi (fitonsidlar) ajratish orqali kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga ham egadir. 6. O‘rmonlar suvni boshqarish, suv saqlash va tuproqni himoyalash ahamiyatini ham o‘taydi. 7. Ular daryolarni va suv havzalarini ifloslanishdan, sayozlashishdan himoyalaydi. 8. Suv toshqinlarining kuchini kamaytirishda ham o‘z kuchini ko‘rsatadi. 9. O‘rmonlar tuproqni suv bilan yuvilishdan, jarliklar hosil bo‘lishidan himoyalaydi. 10. Ular yo‘llarni qor va suv ko‘chkilaridan ham saqlaydi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling