Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Himoya daraxtlari. Xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitidan kelib-chiqib, quruq 
shamollar, yuqori havo harorati, bug‘lanishning yuqoriligi va atmosfera yog‘ini 
miqdorining kamligi kabi omillar qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojiga salbiy ta’sir 
qiladi. Quruq shamol ta’sirining oldini oluvchi birdan-bir himoya vositasi bu 
daraxtlardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, himoya daraxtlari shamol tezligini 30-70% 
ga kamaytirib, havo namligini 10-15% ga oshiradi, tuproqdan bo‘ladigan bug‘lanish 
miqdorini 50-70% ga kamaytirib, bu bilan sug‘orish me’yori o‘zgarishining oldini 
oladi. Meliorativ tarmoqlar bo‘ylab ekilgan himoya daraxtlari, bu tarmoqlarda 
bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini kamaytiradi va tarmoq dambasini buzilishdan 
saqlaydi. Yana tuproqda bo‘ladigan bug‘lanish kamayadi, daraxtlar sizot suvlarini 
bug‘lantirganligi tufayli ular sathi ko‘tarilishining oldi olinadi. Shu bilan birga, 
ikkilamchi sho‘rlanishdan saqlaydi. Himoya daraxtlarini ko‘proq shamol yo‘nalishi 
tomonidan ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
 
Nazorat savollari 
1. Zax qochirish tarmoqlarini loyihalash prinsiplari. 2. Zax suvlarni qabul 
qilgichlar. 3. Zovurlarning gidravlik hisobi va qirqimlardagi loyihasi. 4. Zovur 
tarmoqlaridagi inshootlarning tarkibi va vazifalari.


157
11. EROZIYA VA UNGA QARSHI KURASH 
11.1. Eroziya to‘g‘risida tushuncha
Tog‘ jinslarining, tuproqning yoki boshqa bir yuzalar butligining va ularning 
fizik-kimyoviy xususiyatlarining parchalanib buzilishi eroziya deb ataladi. Tog‘ 
jinslari tuproq, metall, tarmoq eroziyalariga farqlanadi. Shuningdek, fizikaviy, 
kimyoviy, biologik eroziya tushunchalari mavjud bo‘lib, bundagi yemiruvchi kuchlar 
havo haroratining keskin o‘zgarishi, shamol, harakatdagi suv va uning tarkibida 
uchraydigan ishqor va kislotalar, biologik agentlar hisoblanadi.
Hayotda antropogen, zoogen, geologik, yonbosh, tik, yer osti, chuqur, shamol, 
suv, chiziqli, tomchili, yo‘l, irrigatsiya, tekislik, daryo, qurilish, texnik, kimyoviy, 
transport eroziyalari uchraydi.
Antropogen (jadallashgan) eroziya –
inson noto‘g‘ri faoliyat olib borgan 
maydonlarda (qishloq xo‘jaligi ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish) tuproq va 
uning ostki qatlam gruntlarining suv va shamol kuchi ta’sirida yuvilishidir.
Zoogen (yaylov) eroziya – 
yaylovlarda chorva mollarining boqilishi natijasida 
ularning tuyoqlari bilan o‘simliklar kesilib bo‘shagan tuproqlar va o‘tlash jarayonida 
yulingan o‘tlar ostida jipsligi bo‘shashgan o‘tli tuproq qatlamining shamol va 
harakatdagi suvlar ta’sirida ko‘chishi. 
Shamol eroziyasi (deflatsiya) –
shamol kuchi ta’sirida tog‘ jinslari va tuproq 
zarrachalarining ko‘chishi. 
Suv eroziyasi -
tuproq, geologik jinslar va qurilish materiallarining harakatdagi 
suvlar (erigan qor, yomg‘ir va oqar suvlar) ta’sirida yemirilishi. Suv eroziyasi 
yonbosh, oqim, tik, chuqur, irrigatsiya, tomchili, chiziqli, tekislik, yer osti 
eroziyalariga tasniflanadi. 
Yonbosh eroziya (45-rasm) daryo qirg‘oqlarining yuvilishi ko‘rinishida, oqim 
eroziyasi (46-rasm) oqim suvlari ta’sirida yuza tuproqlarning yuvilishi ko‘rinishida, 
tik eroziya mexanik tarkibi yengil


158
45-rasm. Yonbosh eroziyaning ko‘rinishi
46-rasm. Oqim eroziyasining ko‘rinishi 
47-rasm. Chiziqli eroziyaning ko‘rinishi 
48-rasm. Tekislik eroziyasining ko‘rinishi 
 


159
tuproq qatlamlaridan loyqa zarrachalarining quyi qatlamlarga yuvilishi ko‘rinishida, 
chuqur eroziya suv o‘zanining joyida chuqurlashishi ko‘rinishida, irrigatsiya 
eroziyasi sug‘orish jarayonida tuproqning yuvilishi ko‘rinishida, tomchili eroziya 
yomg‘ir tomchilari ta’sirida tuproq strukturasining buzilishi ko‘rinishida, chiziqli 
eroziya (47-rasm) suv oqimlari to‘planib oqadigan soylarda tuproqlarning jarlik 
ko‘rinishda yemirilishidir. Tekislik eroziyasi (48-rasm) butun maydon bo‘ylab 
yomg‘ir va erigan qor suvlari ta’sirida tuproqlarning nisbatan bir tekis yemirilishi, yer 
osti eroziyasi yer osti suvlarining yotiq va tik harakati tufayli tog‘ jinslarining 
buzilishi (erishi) dir. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling