Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
Kimyoviy tadbirlar. Bentonit gil tuproqlarini qo‘llash. Bu tuproqlar tarkibida
«mont-morillonit» minerallar mavjud bo‘lib, tuproq namlanganda ular juda kuchli darajada shishib, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan xususiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo (Xorazm, Angren, Buxoro, Dalvarzin va h.k.) da katta miqdorda bentonit zaxiralari mavjudligini, ularni qum va shag‘alli kanal o‘zanlarida qo‘llash yaxshi natijalar berishi tajribalarda tasdiqlanganligini hisobga olsak, bu tadbirning qanchalik hayotiy ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan, filtratsiya koeffitsienti 20,8 m/kun bo‘lgan qumning 15-17% bentonit va 85-83% qum aralashmasidan hosil qilingan 10 sm li ekranning filtratsiya koeffitsienti 0,0017 m/kun bo‘lganligi tajribada aniqlangan. Gruntni bitumlash qumoq tuproqni bitum emulsiyasi bilan aralashtirib yoki issiq bitum emulsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish orqali amalga oshiriladi. Birinchi holatda 50 °C gacha qizdirilgan bitum emulsiyasi 16-24% hajmida qumoq tuproq bilan aralashtirilib, kanal o‘zaniga yotqiziladi va zichlanadi. Ikkinchi uslubda esa 150 °C gacha qizdirilgan bitum emulsiyasi 1 m 2 yuzaga 4-9 kg miqdorida sepilish orqali amalga oshiriladi. Emulsiya tarkibida bitum 40-50% bo‘lishi va bitum rusumi yuqori bo‘lishi kerak. Bu tadbir 3-4 yilgacha o‘z ta’sirini o‘tkazib, suv isrofini 2-4 marotabagacha kamaytiradi. Gruntlarni tuzlash natijasida gruntning suv o‘tkazuvchanligi keskin kamayadi. Ular 2 xil ko‘rinishda - ochiq yuzaga va himoyalangan yuzaga qizdirilgan osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasini (1 m 2 ochiq yuzaga 5 kg, himoyalangan yuzaga 3 kg tuz eritmasi) sepish orqali amalga oshiriladi. Bunday yuzalarda o‘tlar o‘smaydi va 5-8 yil xizmat qilib, unda suv isrofi 2 marotabaga kamayadi. Ammo karbonatli gruntlar uchun bu uslub qo‘l kelmaydi. Gruntlarni silikatlash gruntga suyuq shishani bosim ostida berishga asoslangan. Bu holda natriy kremneftorid yoki kalsiy xlorid eritmasi bilan silikat kislota ajralib tuproq kovakchalarida mahkam o‘rnashib qoladi. Bu tadbir sho‘r tuproqlarda va yog‘ingarchilikda yaxshi natija bermaydi, lekin sovuqqa chidamli va plastikdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling