Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orish


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
6.2. Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orish 
Sug‘orish manbasidagi suv sathi sug‘orish maydoni yer sathiga nisbatan past 
bo‘lganda suvni mexanik ko‘tarib sug‘orish qo‘llaniladi.
Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orishda asosiy inshoot nasos stansiyasi hisoblanadi.
Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orishda bosh sug‘orish tarmog‘ining planda 
joylashuvi va nasos stansiyalarining joylashuv o‘rni quyidagi to‘rtta sxema 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (18-rasm): 
1) sug‘orish maydoni to‘liq nasos stansiyasiga ulangan bosimli quvurdan suv 
oladigan yakka bosh kanal orqali sug‘oriladi; 
2) sug‘orish maydoni bir nechta suv ko‘tarish zonalariga bo‘lingan bo‘lib, har 
bir zona o‘ziga tegishli mustaqil bosimli quvurlardan suv oladigan bosh kanallar 
orqali sug‘oriladi;
3) sug‘orish maydoni bir necha suv ko‘tarish zonalariga bo‘lingan bo‘lib, suv 
zona bosh kanallariga quyidan yuqoriga qarab ketma-ketlikda ko‘tarilib beriladi; 
4) har bir zona mustaqil suv ta’minotiga ega. 
Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orishda suv ko‘tarish zonalarining soni, ularning 
joylashish balandligini belgilash sug‘orish massivining relyef shart-sharoitlariga, 
qurilish va ulardan foydalanish sarf-xarajatlarga bog‘liq holda qabul qilinadi. 


83
Nasos stansiyasining turi va ish rejimini aniqlashda sug‘orish rejimi yoki suv 
berish grafigi, sug‘orish suvini ko‘tarish balandligi, sug‘orish manbasining rejimlarini 
belgilash kerak bo‘ladi. 
Sug‘orish nasos stansiyalarining foydalanish rejim xarakteristikasi bo‘lib 
ularning yil davomidagi sug‘orish maydoniga ko‘tarib beradigan suv hajmi va nasos 
agregatlarining ish vaqtidan foydalanish koeffitsientlarini aniqlovchi ish grafigi 
hisoblanadi.
18-rasm. Suv ko‘tarish zonalarini (I, II, III) belgilash, nasos stansiyalari (NS),
hovuzlar (H), bosimli quvurlar va bosh kanallarning joylashuvi sxemasi 
Yil davomida ishlaydigan nasos stansiyalarining mavsumiy ishlaydigan nasos 
stansiyalardan ustunligi jihozlardan foydalanish koeffitsientining yuqoriligi, ishchi 


84
xodimlardan unumliroq foydalanilishi, ko‘tarib beriladigan suv tannarxining 
pastligida namoyon bo‘ladi. 
Meliorativ tizimlarda qo‘zg‘almas, ko‘chma va suzuvchi nasos stansiyalaridan 
foydalaniladi. Nasos stansiyasining turi sug‘orish maydonining ko‘lami, suv sarfi va 
bosim qiymati suv manbasining rejim xususiyatlari va boshqa omillarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orishda boshqariladigan havza yoki suv 
omborlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘zi oqar sug‘orish tizimida boshqariladigan havza yoki suv ombori sug‘orish 
maydonini eng baland nuqtasiga o‘rnatiladi.
Havzalarning chuqurligi 1,2-1,5 m dan kam bo‘lmasligi, dambasi suv sathidan 
0,5-0,7 m yuqori bo‘lishligi va o‘zani suvning sizilishiga qarshi qoplamalar bilan 
qoplanishi kerak. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling