Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
Nazorat savollari 1. Sug‘orish usuli va texnikasi to‘g‘risida tushuncha. 2. Sug‘orish usullarining ustunliklari va kamchiliklari. 3. Sug‘orish usuli va texnikasiga qo‘yiladigan talablar. 4. Yer ustidan sug‘orish usuli. 5. Sug‘orish dalasini tekislashning mohiyati. 6. Ko‘chma sug‘orish armaturasi. 7. Yomg‘irlatib sug‘orishning mohiyati va texnikasi. 8. Tuproq ichidan, tomchilatib va purkab sug‘orishlarining mohiyati. 62 5. SUG‘ORISH TARMOQLARI 5.1. Sug‘orish dalasidagi sug‘orish tarmoqlari Texnik ekinlarni sug‘orishda, yer ustidan sug‘orish usuli qo‘llanilganda, muvaqqat sug‘orish tarmoqlari hosil qilinadi. Muvaqqat tarmoqlar suvni shohariqlardan qabul qilib, bo‘ylama yoki ko‘ndalang sug‘orish sxemasida dalaga beradi. Bo‘ylama sug‘orish sxemasida (muvaqqat ariqlar sug‘orish egatlari yo‘nalishi bo‘yicha loyihalanganda) muvaqqat ariqlar orasidagi masofa o‘qariqlarning uzunligiga teng qilinib (70–120 m), ularning uzunligi 1-3 egat uzunligi qiymatida (1000 m dan oshmagan holda) bo‘lsa, ko‘ndalang sug‘orish sxemasida (muvaqqat ariqlar sug‘orish egatlariga ko‘ndalang joylashtirilgan holat), muvaqqat ariqlar orasi 1 egat uzunligiga teng (400 m gacha) bo‘ladi. Mukammallashgan sug‘orish tarmoqlarida muvaqqat tarmoqlar doimiy yoki ko‘chma sug‘orish quvurlari bilan almashtiriladi. Ularning orasidagi masofa va uzunligi sug‘orish egat uzunligi va quvurlar uzunligi qiymatlari bo‘yicha belgilanadi. Sug‘orish dalasida yomg‘irlatib sug‘orish agregatlari, mashinalari qo‘llanilsa, o‘qariq va sug‘orish egatlari hosil qilinmaydi. Shohariqlar davriy ishlaydigan oxirgi doimiy tarmoq hisoblanadi. Shohariq suvni XIT dan olib sug‘orish dalasiga uzatadi va dala sug‘orilib bo‘lguncha ishlaydi. Bir sug‘orishdan ikkinchi sug‘orishgacha shohariq suvsiz turadi. Har qanday sug‘orish maydonchasida sug‘orish usuli va sug‘orish texnikasiga qarab, ularning sug‘orish maydonida ishlash davrida muvaqqat tarmoqlar hosil qilinadi. Masalan, egatlab sug‘orishda muvaqqat tarmoqlar bo‘lib, muvaqqat ariq, o‘qariq yoki sug‘oruvchi yumshoq yoki qattiq quvurlar, avtomatlashtirilgan novlar va sug‘orish egatlari bo‘lishi mumkin. Sug‘orish egatlari o‘zlarining ma’lum bir uzunlik va suv sarfi qiymatlariga egadir. Yer ustidan egatlab sug‘orishda muvaqqat ariqlar orasidagi masofa ularning uzunligi, sug‘orish sxemasi, tuproqning suv o‘tkazuvchanlik darajasi, sug‘orish yo‘nalishi, nishablik qiymatiga bog‘liq bo‘lsa, 63 yomg‘irlatib sug‘orish usulida esa yomg‘irlatib sug‘orish agregati, mashinalari konstruksiyalariga bog‘liq ravishda hosil qilinadi. Masalan, ДДА-100M yomg‘irlatib sug‘orish agregati bilan sug‘orish dalasi sug‘orilganda, muvaqqat ariqlar orasi 120 m, uzunligi 700–1000 m bo‘lsa, “Voljanka” yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi bilan sug‘orish dalasi sug‘orilganda muvaqqat ariqlar o‘rniga yopiq gidrantli quvurlar qo‘llanilib, ular orasi 800 m ga teng qilib qabul qilinadi. Xo‘jalik ichki doimiy sug‘orish tarmoqlari sug‘orish dalalarining yuqori chegaralari bo‘ylab o‘tkaziladi. Har bir ekin maydoni chegaralari bo‘ylab xo‘jalik ichki tarmoqlar, har bir sug‘orish dalasi bo‘ylab shohariqlar loyihalanadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling