Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Yer ustidan sug‘orish jihozlari.
44 1-jadval. Yer ustida egatlab sug‘orishda tavsiya qilingan sug‘orish texnikasi elementlari Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi S in f Egatning ko‘rsatgichi Dalaning nishabligi 0,05- 0,03 0,03- 0,015 0,015- 0,007 0,007- 0,003 0,003- 0,001 0,001 dan kichik Yuqori darajada (qum) A uzunligi, m 50 80 110 180 200 150 suv sarfi, l/s 0,22 0,35 0,5 0,8 0,9 0,7 Kuchaygan (qumoq) Б uzunligi, m 80 110 140 220 250 200 suv sarfi, l/s 0,18 0,34 0,3 0,48 0,55 0,45 O‘rtacha (yengil soz tuproq) В uzunligi, m 110 135 160 260 300 250 suv sarfi, l/s 0,13 0,15 0,18 0,3 0,35 0,3 Susaygan (o‘rtacha soz tuproq) Г uzunligi, m 135 160 185 300 350 300 suv sarfi, l/s 0,8 0,09 0,11 0,18 0,2 0,18 Sust (og‘ir soz tuproq) Д uzunligi, m 150 180 210 350 400 350 suv sarfi, l/s 0,05 0,06 0,08 0,12 0,15 0,12 Eslatma: egatlar orasidagi masofani quyidagicha olish tavsiya etiladi: i > 0,005 bo‘lganda a=0,6 m; i < 0,005 bo‘lganda a=0,9 m 4.2. Yer ustidan sug‘orish Egatlab sug‘orish – yer ustidan sug‘orishning mukammallashgan turi hisoblanib, asosan, chopiq qilinadigan ekinlar (g‘o‘za, makkajo‘xori, poliz va h.k.) ni sug‘orishda yer nishabligi 0,03 gacha bo‘lganda qo‘llaniladi. Yer nishabligining katta qiymatlarida suv sug‘orish egati tubini yuvib ketishi mumkin. Yo‘laklab sug‘orish. Boshoqli don ekinlari, bir va ko‘p yillik ekiladigan o‘tlar kabi yo‘laklab sug‘oriladi. Bunda suv kichik en bo‘ylab 2-3 sm qalinlikda, yer ustidan harakat qilib, tuproqni namlantiradi. Yo‘lakda suvning harakatini boshqarish uchun yo‘lakning har ikki cheti marzalar yoki uvatlar bilan cheklanadi. Yer ustidan sug‘orish jihozlari. Yer ustidan sug‘orish jarayonida har qanday sug‘orish maydonida faqat muvaqqat sug‘orish tarmoqlari faoliyat ko‘rsatib, aksariyat hollarda ularning tarkibi muvaqqat ariq, o‘qariq, sug‘orish egati va yo‘laklardan tarkib topadi. Yer relyefi va nishabligiga qarab sug‘orish suvi doimiy 45 sug‘orish tarmog‘idan sug‘orish dalasiga bo‘ylama yoki ko‘ndalang joylashgan muvaqqat ariqlar orqali taralishi mumkin (5-rasm). Bo‘ylama joylashgan muvaqqat ariqlarda suv doimiy tarmoq - shohariqdan muvaqqat ariqqa, so‘ngra o‘qariqqa, undan so‘ng esa yo‘lak yoki sug‘orish egatlariga taraladi. Ko‘ndalang joylashgan muvaqqat ariqlarda esa suv doimiy tarmoqdan muvaqqat ariqqa, muvaqqat ariqdan esa yo‘lak yoki sug‘orish egatlariga taraladi. Yer ustidan sug‘orishda ish unumini va sifatini sug‘orish suvini egat va yo‘laklarga taqsimlash texnikasini mukammallashtirish hisobiga ham oshirish mumkin. Shuning uchun ham oxirgi vaqtlarda muvaqqat tarmoqlarda sifonlar, qisqa quvurchalar, bir dambali o‘qariqlar o‘rnatish yoki tuproq o‘zanli muvaqqat ariqlarni yumshoq yoki qattiq sug‘orish quvurlari, sug‘orish agregatlari, avtomatlashgan novlar bilan almashtirish sug‘orish amaliyotida qo‘llanilmoqda. Ko‘chma sug‘orish armaturasi (6-rasm). Bunday sug‘orish moslamalarining eng qulay qo‘llanish chegaralari o‘rta, past va kuchsiz suv o‘tkazuvchan tuproqlarda sug‘orish egatlarining nishablik qiymati 0,007 gacha bo‘lgan sharoit hisoblanadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling