Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimi
a-bug‘doy; b-shakar lavlagi; d-g‘o‘za;
1-o‘rtacha sutkalik qiymatlar; 2-integral qiymatlar 31 bo‘lganligi sababli sug‘orish maydoniga ma’lum miqdorda suv hajmi berilib, sug‘orish amalga oshirilishi kerak. 3.3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimi Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun kerak bo‘lgan suv rejimi o‘simlikning biologik xususiyatlari, tabiiy va xo‘jalik shart-sharoitlariga bog‘liq holda belgilanadigan sug‘orish me’yorlari, muddatlari va sonlarini hosil qiluvchi sug‘orish rejimi bilan aniqlanadi Belgilangan sug‘orish rejimi o‘simlikning rivojlanish fazasida uning suvga bo‘lgan talabiga, tuproqning suv, oziq moddalari, tuz va issiqlik rejimini tartibga solib turishiga, sug‘oriladigan yerlarning botqoqlanishiga, sho‘rlanishiga hamda tuproq eroziyasiga yo‘l qo‘ymaslikka rioya qilishi kerak. Qishloq xo‘jaligida har qanday suvdan foydalanuvchi belgilangan sug‘orish rejimga qat’iy amal qilsa, sug‘oriladigan ekinlardan doimo yuqori hosil olishga zamin yaratgan bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimiga ta’sir etuvchi omillarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqlim sharoiti: havo harorati, yog‘in miqdori va uning yil oylari bo‘yicha taqsimlanishi; havo namligi va bug‘lanishi; shamolning kuchi, yo‘nalishi va takroriyligi. 2. Tuproq sharoiti: tuproqning mexanik tarkibi, suv-fizik xossalari, sho‘rlanish xili va darajasi. 3. Gidrogeologik sharoitlar: yer osti suvlarining joylashgan chuqurligi va minerallashganlik darajasi, rejimi. 4. Iqtisodiy-xo‘jalik sharoitlari: agrotexnika, tuproq unumdorligi, ekinning hosildorligi. 5. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining turi. 6. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik xususiyatlari. 7. Sug‘orish usuli va texnikasi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimini belgilashda yuqoridagi barcha omillar hisobga olinadi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri o‘simlik iste’mol 32 qiladigan suvni o‘zida saqlab, uni o‘simlik talabiga qarab, o‘zining suv-fizik xossalariga ko‘ra, suvni unga beradigan tuproq-grunt shart-sharoitlari hisoblanadi. Tuproqning suv shimishi, o‘zidan suv o‘tkazishi, suv o‘tkazuvchanligi va nam sig‘imlari, suvning undagi harakati, suvni ko‘tarish kuchi (kapillarlar orqali suvning ko‘tarilishi), shuningdek, suvni bug‘latish qobiliyati tuproqning suv-fizik xossalari deyiladi. Havoning harorati baland bo‘lganda sug‘orish tuproq haroratini pasaytiradi, havo harorati past bo‘lganda suvning harorati hisobiga tuproq harorati, havoning haroratiga nisbatan oshadi. Tuproq bo‘shliqlaridagi havoning sug‘orish natijasida siqib chiqarilishi tuproqning havo rejimini belgilaydi. Sug‘orishdan so‘ng havo namligining ortishi sug‘orish maydonida maqbul mikroiqlimni hosil qiladi (3-rasm). 3-rasm. O‘simlikning maqbul rivojlanish shart-sharoitlari: havo namligi 40-50%, harorat 14-22 o С, tuproq ildiz qatlamdagi namlik (0,6-0,8)TNS ni tashkil etib turishi, xlor tuzlarining bo‘lmasligi Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling