Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Nazorat savollari 
1. Melioratsiya so‘zining mohiyati va uning inson hayotida tutgan o‘rni. 2. 
Sug‘orishning mohiyati, ko‘rinishlari va turlari. 3. Sug‘orishning tashqi muhit, tuproq 
unumdorligi va o‘simlik hosildorligiga ta’siri. 4. Sug‘orish suvining sifatiga 
qo‘yiladigan talablar. 5. Sug‘orish tizimi doimiy tarmoqlarining tarkibi va vazifasi. 6. 
Sug‘orish tizimi muvaqqat tarmoqlarining tarkibi va vazifasi. 7. Yerdan foydalanish 
koeffitsienti va yerlarni o‘zlashtirish koeffitsientlarining mohiyati.
 


23
3. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI 
 
3.1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar 
O‘simliklardan yuqori hosil olish ularni yashash sharoitlarining yetarli va 
maqbul bo‘lishini taqozo qiladi. 
O‘simliklarning yashash sharoitlariga yorug‘lik, issiqlik, suv, havo va ozuqa 
moddalari kiradi. Yorug‘lik, issiqlik, havo kosmik (koinot) omillar hisoblanadi va 
nisbatan inson tomonidan boshqariladi. Suv va ozuqa moddalari o‘simlikka tuproq 
orqali o‘tadi va inson mehnati va bilimi bilan to‘liq boshqariladi. O‘simlik 
rivojlanishiga tuproqning tuzilishi, biologik xususiyatlari, organik moddalarning 
parchalanishi ham ta’sir etadi.
Yorug‘lik. O‘simlik tanasida va uning ishtirokida hosil bo‘layotgan organik 
moddalar – uglevod, yog‘, oqsil, ferment va boshqalar quyosh energiyasining 
mujassamlashgan yig‘indisidir. Organik moddalarning parchalanishi natijasida 
issiqlik hosil bo‘ladi. Buning asosiy manbai quyoshdan kelayotgan yorug‘lik bo‘lib, 
barcha organizmlar organik moddalarni iste’mol qiladi, parchalaydi va ularning 
tarkibidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan quyosh nuri energiyasini shakllantiradi. Natijada 
o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. 
Yorug‘lik ta’sirida o‘simlik barglarida yashil pigmentlar – xlorofil donachalari 
hosil bo‘ladi. Xlorofil donachalari noorganik moddalar – suv va karbonat angidrit 
gazidan organik modda hosil qiladi. Bu jarayonni fotosintez deyiladi va quyidagi 
shaklda ifodalanadi: 
2
6
12
6
2
2
O
6
O
H
С
kaloriya
katta
674
O
H
6
CO
6
+
=
+
+

Fotosintez jarayoni natijasida quyosh energiyasi organik moddalar shaklida 
saqlanib qoladi. Shunday qilib, o‘simlik qoldiqlari va mevalari inson uchun quyosh 
energiyasining o‘zgargan shaklidir.
Yer sathiga tushayotgan yorug‘lik sifatidagi quyosh energiyasi tarkibiga ko‘ra 3 
qismdan iborat: ultrabinafsha nurlar, ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik va infraqizil 
nurlar. Bularning ichida eng muhimi ko‘zga ko‘rinadigan nur bo‘lib, uni fiziologik 


24
radiatsiya yoki faol fotosintetik nurlanish deyiladi. O‘simlik tanasida sodir bo‘ladigan 
barcha fiziologik jarayonlar shu nur ta’sirida sodir bo‘ladi. 
Yorug‘lik yetarli bo‘lgan taqdirda o‘simlik yaxshi o‘sadi, rivojlanadi va hosil 
beradi. Yorug‘lik bo‘lmaganda o‘simlik barglarida xlorofill donachalari hosil 
bo‘lmaydi, o‘simlik nimjon bo‘ladi, hosil bermaydi. Quyoshning infraqizil nurlari 
ta’sirida bargning issiqlik rejimi va fiziologik jarayonlarning jadalligi o‘zgaradi. 
O‘simlik rivojlanishida kun davomida yorug‘likning miqdori muhim ahamiyatga ega. 
O‘simlik rivojlanish davrida yorug‘lik davrini o‘tmasdan gullash va hosil qilish 
davriga o‘tolmaydi. Ayrim o‘simliklar uchun yorug‘lik davri kun davomida 
quyidagicha bo‘lishi zarur: 
g‘o‘za, bodring, pomidor, garmdori uchun – 8-12 soat;
bug‘doy, suli, rediska, ko‘katlar uchun – 14-17 soat. 
Quyosh yorug‘ligidan foydalanish koeffitsienti o‘simlik bargining sathiga 
bog‘liq. Bu ko‘rsatkichning eng ko‘p miqdori o‘simliklarning gullash va meva hosil 
qilish davriga to‘g‘ri keladi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling