Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Sug‘orishning tuproqqa va o‘simlikka ta’siri


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
2.3. Sug‘orishning tuproqqa va o‘simlikka ta’siri 
Suv – tuproqning unumdor elementlaridan biridir. O‘simlikning o‘sishi davrida 
uning ko‘p miqdori o‘simlik to‘qimasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Qolgani 
o‘simlikning barglari va tanasi orqali bug‘lanishga sarflanadi.
Maksimal hosilga suv, ozuqa, issiqlik, havo va yorug‘lik miqdorlari maqbul 
darajada bo‘lganda erishiladi. Tuproqda namlikning keragidan ortiq yoki kam bo‘lishi 
hosildorlikni pasaytiradi. Birinchi holatda tuproqda havo miqdori yetishmasligidan, 


15
ikkinchi holatda esa ozuqa va namlik miqdorlarining yetishmasligidan o‘simlik 
qiynaladi. 
Sug‘orish tuproqning tabiiy namligini oshirishi bilan birga uning suv-fizik
kimyoviy xossalariga va mikrobiologik jarayoniga ham ta’sir etadi. 
Tuproqda namlikning normal holda saqlanishi undagi mikroorganizmlarning 
ko‘payishiga, organik qoldiqlarning chirib, tuproq unumdorligining (unda 
nitratlarning paydo bo‘lishi, nitrifikatsiya) va ekin hosildorligining oshishiga olib 
keladi. 
Bir qator mualliflarning tuproq namligi borasida olib borgan tadqiqotlariga 
ko‘ra, agar tuproqdagi namlik uning to‘la nam sig‘imining 60%ni tashkil qilganida 
nitrifikatsiya jarayoni uchun maqbul sharoit vujudga kelar ekan. 
Bu holatni qurg‘oqchil sug‘orilmaydigan yerlarda faqat bahor va kuzda
sug‘oriladigan maydonlarda esa vegetatsiya davrida kuzatish mumkin.
Tuproqdagi namlikning o‘zgarishi bilan birga undagi harorat va havo rejimi ham 
o‘zgarib boradi. Tuproq namligining oshishi, uning sovushiga, undagi havoning siqib 
chiqarilishiga va tuproq kolloidlarining shishishi natijasida tuproqda aeratsiyaning 
yomonlashuviga, tuproqda oldin hosil bo‘lgan nitratlarning pastki qatlamga 
yuvilishiga olib kelishi mumkin. 
Tuproqda namlikning kamayishi undagi azotning bug‘lanishiga va tuproqdagi 
miqdorining kamayishiga olib keladi.
Sug‘orish azotobakteriya, aktinomitsetlar, denitrifikator va hujayralarni buzuvchi 
bakteriyalarga juda keskin ta’sir ko‘rsatadi. 
Sug‘orish suvi suvda eriydigan tuzlar va mineral moddalar uchun erituvchi 
hisoblanib, tuproqning ustki qatlamidagi tuzlarni eritadi, tuproq eritmasi 
konsentratsiyasini pasaytiradi va tuproqdagi kimyoviy jarayonga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Sug‘orish natijasida tuproqning ishqoriyligi ortadi. Agar tuproqda eruvchi xlorid 
va sulfat bo‘lsa, ular miqdorining ko‘payishi bilan tuproqning ishqoriyligi kamayadi. 
Sug‘orish natijasida o‘simlik tuproqdan o‘ziga zarur bo‘lgan moddalarni (kaliy, 
azot, fosfor va h.k.) olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 


16
Sug‘orish tuproqning fizikaviy xossalariga va strukturasiga ta’sir etadi:
– suv tuproq strukturasini buzishi mumkin (ayniqsa, bostirib sug‘orishda), 
o‘lchami 2,5 mm gacha bo‘lgan tuproq zarrachalariga suv tegishi bilan ular 
o‘lchami 1 mm dan kichik zarralarga bo‘linib ketadi. Tuproq kolloidlarining 
bo‘kishi zarralardagi yopishqoqligining bo‘shashi natijasida tuproqning oraliq 
g‘ovakliklari kamayib, tuproqning qatqaloqlashiga olib keladi; 
– sug‘orish natijasida tuproqning zichlanishi kuzatiladi (ayniqsa 0,5-2,0 m 
gacha bo‘lgan tuproq qatlamida). Buning asosiy sabablari tuproq tarkibidagi Sa 
va Mg karbonatlariga uch valentli element oksidlarining gidratlari va SiO
2
bilan 
birikishidir; 
– sug‘orish tuproq zarralarining yopishqoqligini o‘zgartiradi (namlikning 
ko‘payishi tuproqni yumshatadi). 
Sug‘orish o‘simlik va tuproqdagi issiqlik sharoitiga ham ta’sir etadi, 
o‘simlikning issiqligini pasaytiradi (ayniqsa, yomg‘irlatib va purkab sug‘orishda), 
tuproqning issiqlik sig‘imini oshiradi, ya’ni uning haroratini pasaytiradi. Chunki 
namga to‘yingan tuproqni isitish uchun ko‘proq issiqlik talab qilinadi. Shuning uchun 
yilning issiq fasllarida nam tuproq quruq tuproqqa, nisbatan sovuqroq, sovuq 
fasllarda esa issiqroq bo‘ladi. Nam tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi quruq 
tuproqnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. 
Qurg‘oqchil maydonlarda o‘simlik yetishtirilayotgan tuproq haroratining 
pasayishi unda modda almashinuv jarayonini yangilaydi. 
Tuproqda haroratning oshishi o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv miqdorini 
oshiradi, transpiratsiya koeffitsientini ko‘paytiradi va undagi oziq moddalardan 
foydalanishni yomonlashtiradi. 
Sug‘orish tuproqning issiqlik, tuz, suv va mikrobiologik rejimlarini yaxshilash 
bilan birga, undagi tuproq tarkib topish jarayoniga ham ta’sir qiladi.
Sug‘orish natijasida sug‘oriladigan maydonning mikroiqlimi o‘zgaradi, chunki 
quyosh energiyasining aksariyat qismi tuproq va o‘simliklardagi namni bug‘latishga 
sarflanadi. Natijada, yer yuzasidagi havo qatlamining harorati pasayib, uning nisbiy 
namligi ortadi, transpiratsiya koeffitsienti qiymati kamayadi.


17
Bu holat o‘simlikda zarur moddalarning to‘planishini tezlashtiradi va hosilni 
oshiradi. Sug‘oriladigan maydonlarning atrofiga ekilgan himoya daraxtlari ham 
shamol va garmsel yo‘lini to‘sib, sug‘orish maydoni mikroiqlimini yaxshilaydi, havo 
nisbiy namligining ortishiga olib keladi.
Sug‘orish hosilning miqdorini oshiribgina qolmay, balki uning sifatini ham 
yaxshilaydi, chunki sug‘orish ta’sirida o‘simlik tarkibida kul, oqsil moddalar, yog‘, 
uglevodlar va kraxmal miqdori ham o‘zgaradi. Chunki har qanday o‘simlik tuproqdan 
va havodan o‘z ildizi va barglari orqali tanasiga ma’lum elementlarni qabul qiladi.
Bu elementlardan faqat kislorod va uglevod havodan o‘zlashtirilib qolganlari ion 
shaklida tuproqdan o‘simlik ildiz tukchalari orqali so‘riladi. Buning uchun tuproqning 
faol qatlamida maqbul namlik saqlanishi kerak. Shundagina ekindan olinadigan hosil 
mo‘l bo‘ladi. 
Sug‘orish suvidan rejasiz foydalanish, dalaga ortiqcha suv berish, sug‘orish 
maydonidan suvni tashlamaga tashlash tuproqdagi ozuqa elementlarining quyi 
qatlamlarga yuvilishiga, suvning ortiqcha sarfiga, SSS ning ko‘tarilishiga, ba’zida, bu 
orqali sug‘orish maydonlarining sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi. Bu holat ortiqcha 
xarajatlarga, hosildorlikning pasayishiga va mahsulot tannarxining qimmatlashishiga 
olib keladi. 
Sug‘orish ta’sirida nafaqat sug‘orish massivining, balki, atrof maydonlarning 
ham tabiiy sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Massivning umumiy suv muvozanatida 
sug‘orish tarmoqlari va sug‘orish dalalaridan sizilishga isrof bo‘lgan suv 
ko‘rinishidagi kirim miqdori keskin ortib, sug‘orish massivi va atrof maydonlarning 
sizot suvlari rejimiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun sug‘orish ishlari 
loyihalanganda massivda sizot suvlarining kelajak rejimi tahlil qilinishi, mabodo ular 
yer sathiga 3 m dan yaqin kelsa, sug‘orish massivi tuprog‘ini himoyalash bo‘yicha 
tadbirlar loyihalanib, sug‘orish loyihasi bilan birga amalga oshirilishi shart. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling