Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi oʻzgarishlar. Reja


Download 167.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi167.05 Kb.
#1608116
  1   2   3   4
Bog'liq
qishloqxojaligi22pdf



Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi 
oʻzgarishlar. 
REJA: 
1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif. 
2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari. 
3.Qishloq xo’jaligi, uning yetakchi tarmoqlari. 


1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi. 
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq 
xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni 
bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston 
o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin 
kechgan 
eng 
qadimiy 
o’lkalardan 
biri 
bo’lgan. 
Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy 
taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, 
boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi 
umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha 
ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning 
buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun 
akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot 
ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul 
kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy 
merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq 
o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli 
davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq 
xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam 
qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar 
taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. 
Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan 
mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa 


ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos 
mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar 
ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi. 
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi 
bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta 
yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta 
ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - 
paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. 
Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta 
majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 
1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi 
mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida 
yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi 
bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar 
qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar 
hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab 
O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga 
qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish 
tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq 
xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani 
barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash 
bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda 
iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot 


chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy 
islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari 
o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol 
mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar 
qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator 
tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq 
xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa 
oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab 
chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla 
mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish 
miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy 
siyosatda ustuvorlik beradi. 

Download 167.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling