Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar. Reja


Download 116.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi116.98 Kb.
#1643826
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar. (1)



 
QISHLOQ XO'JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI 
O'ZGARISHLAR. 
 
Reja: 
 
 1.Qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha. 
2.Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga 
ta’sir etuvchi omillar. 
3.Sanoat sohasidagi o’zgarishlar. 


 
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor 
tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub 
islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular 
qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Ishlab chiqarishni 
diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq 
xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks choratadbirlarning 
amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.
Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat 
katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, 
iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni hal 
qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning Ayni 
agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-
ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay, Respublika 
qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida 
o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud 
ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tubdan uzgartirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini 
tiklash zarur. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada 
oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning 
daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z 
samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96 ming gektar hosildorligi past 
maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va 
ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport 
qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 
gektarda issiqxonalar barpo etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida erishayotgan yutuq va 
natijalarimiz haqida yana ko‘p gapirishimiz mumkin.Lekin yutuqlarga mahliyo bo‘lib 
o‘tirish, xotirjamlikka berilish bizga yarashmaydi. Chunki qishloq xo‘jaligi sohasida 


hali ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va 
kamchiliklar ham juda ko‘pligini barchamiz yaxshi bilamiz.
O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish 
borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib 
borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) 
bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida 
shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini 
ko‘rsatadi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat 
yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga 
bog‘liqdir. Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga 
ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu 
munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or 
mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani 
tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-
seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta 
ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e’tibor bering tayyor mahsulot eksport 
qilindi. 724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar 
valyuta keltirdi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab 
chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash 
bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq 
joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda 


u yoki bu turdagi yalpi va Tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida 
hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi.
Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, 
hamma qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos 
ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va qishloq xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan 
vazifalar to‘liq bajarilmaydi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va 
ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo‘jalik 
ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda 
joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat 
taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir 
xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva 
mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, 
mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum 
iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, 
xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar 
mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy 
resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: 
yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila 
pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot 
miqdorini va xizmat turini anchagina ko‘paytirish imkonini beradi, mehnat 
unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan 
asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza 


agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar hamda 
o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish 
tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam 
sarflagan holda qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol 
hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va barqaror 
ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo‘yicha ish olib borganda 
quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:
- ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazmlik va barqarorlik;
-xo‘jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini hisobga olgan holda, 
tashkiliy mulk shaklini va ishlab chiqarish yo‘nalishini tanlashga ilmiy yondashish;
-korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy hamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini 
saqlash;
-korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, 
ijtimoiy
mehnat
taqsimotini amalga
oshirishda va
mehnat 
resurslaridan foydalanishda demokratik tamoyillarga amal qilish;
-ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy 
manfaatdorligini ta’minlash;
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va 
joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
-bozor talabini hisobga olish;
-ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish;
-ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
-har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, 
o‘z talabini qondirish;
-respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va 
mehnat bozorini tashkil etish.


Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga 
e’tiborini berish lozim:
-yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
-qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, 
transport harakati va hokazolarga;
-mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, 
yog‘va
boshqa
mahsulotlar yetishtirish uchun
oziqani
chorva 
mollariga
yaqinlashtirishga;
-transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
-mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga 
va rivojlanish darajasiga;
-mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kabi va 
bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy 
bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq 
xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni 
amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab 
hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi 
ta’minlanadi.
Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida 
vujudga keladi.
Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y 
berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun 
ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va 
takomillashadi.


Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy 
hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish 
uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish kompleks 
mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil 
qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish 
va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional 
foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish 
darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi 
va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini 
iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish 
ma’lum darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:
Bozor talablarini hisobga olish,
Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,
Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish,
Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, Xalqaro 
mehnat taqsimotini hisobga olish.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, 
tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan 
ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir:
1) 
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish,
2) 
Xo‘jaliklararo ixtisoslashish,
3) 
Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish.
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi 
hududlari va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir.
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi 
korxonalarini ma’lum qishloq Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki 


bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashishi tushuniladi.
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning 
bo‘linmalarini pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha 
moslanishiga aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan 
xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish 
hozirda ayniqsa parrandachilikda, sut va go‘sht qoramolchiligida keng tarqalgan.
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada 
bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar 
tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi.
U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi 
korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi 
mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma):

hududiy (zonal) ixtisoslashuv;

xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;

ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi; - tarmoq ichida ixtisoslashuv.
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining tovar ishlab chiqarishi
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab 
chiqarishi
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish


Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning 
ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishi=
Tarmoq ichida ixtisoslashuv
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror 
turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini 
bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqa-rishi
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki
bu turdagi mahsulotning salmog‘i; korxona yalpi mahsulotini 
tarkibi; yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda 
tarkibi; ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va 
taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga 
ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv 
darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir 
ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. 
Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan 
sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar 
qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan 
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.


Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim 
omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat 
ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va 
g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va 
g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi 
qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga 
ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va 
avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza 
qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini 
yaxshi egallagani bilan mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini 
shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari 
qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish 
xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan 
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda 
mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab 
chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar asosan 
ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

asosiy tarmoq;

yordamchi tarmoq;

xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq; - qo‘shimcha tarmoq.


Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning 
asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga 
qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki 
urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash 
mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va 
aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish 
tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng 
yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi.
Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy 
tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, 
hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil 
etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat 
qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish 
resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni 
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, 
yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv 
texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, 
xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, 
yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish 
orqaligina erishish mumkin.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik,
2) Ixtisoslashgan xo‘jalik,


3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik,
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar 
mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi
(parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva 
kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi).
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida 
asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu 
guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning 
kattakichikligiga qarab uchga bo‘linadi:
a) 
tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 
% dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik 
xo‘jaliklari).
b) 
tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar 
mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining 
yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-
chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik)
v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini 
to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar 
bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka chorvachilik 
va h.).
Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini 
yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq 
mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish 
ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar.
Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan 
xo‘jaliklar kiradi.


Bu xo‘jaliklarda
tarmoqlarni kamaytirilishi
va 
ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta 
boradilar.
Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. 
Chunki ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv 
texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish uchun 
qulay imkoniyatlar mavjuddir.
Ixtisoslashtirishni
rivojlanishi xo‘jaliklarda
qishloq
xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini samaradorligini oshishining asosidir.
Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim 
ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
• 
1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma 
vositalarning xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati,
• 
bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi 
(odamsoat),
• 
bir sentner mahsulot tannarxi, sum
• 
bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad 
miqdori, so‘m.
• 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi.
Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy 
asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari 
deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning intensivlik 
darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish tiplarining 
nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti nisbatiga muvofiq 
belgilanadi.
Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, 
Masalan: 
hozirda 
O‘zbekistonda 
paxtachilik, 
bog‘dorchilik-uzumchilik, 
donchorvachilik, qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab 


chiqarish kuchlarining rivojlani­shi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi 
va uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish 
vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va 
birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir.
Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, 
ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi.
Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot 
tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz 
takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi.
Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u 
ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom 
etishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va 
birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik qishloq 
xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha bo‘lib, o‘z 
navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda har xil ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining maydalarini afzalligini asosiy omillari 
quyidagilar:
• moddiy-texnika bazasining rivojlanish darajasi.
• texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati.
• tashkil qilish va boshqarish formalari va boshqalardir.
Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina 
samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi 
natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari 
amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar 
sarflandi.


Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab 
chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik 
garovidir. Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon 
xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar 
tarkibida tashkil bo‘lmoqda.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini 
va ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa 
tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar, 
bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga 
oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish formalari 
vujudga keladi.
Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi 
gorizontal bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya 
deyiladi. Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish 
ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib 
keladi. Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi:
Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos 
vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga 
oshirishdir.
Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik 
ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishi;
Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari 
bo‘lib, ular xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir.
Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda 
tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma ko‘rinishlarida 
amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapi­tal mablag‘larni tez 
qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.


Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish 
tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor 
mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi 
sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 
ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq xo‘jaligida yaratilgan 
mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish 
tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga 
bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik korxonalari bilan uzviy 
birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda birlashishning zaminida ma’lum bir 
mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi yotadi, ya’ni yagona texno­logik jarayon 
yotadi.
Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat 
integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom 
bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, 
meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza).
Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi 
shakllari mavjud:
* Agrosanoat korxonalari,
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari),
* Agrofirma (firmalar),
* Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari.
* Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy 
tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni 
qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan 
xo‘jaliklar zavodlardir.
* Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va 
yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.


* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator 
qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, 
hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot 
konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
-Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi 
xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. 
Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash 
va tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi.
-Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni 
jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan 
birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar yaratish
mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar.
Dehqonchilik viloyat qishloq xo`jaligida bosh tarmoq hisoblanadi. Qishloq 
xo`jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70%i dehqonchilikdan keladi. 
Tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikka ta`sir ko`rsatadigan asosiy omildir. 
Shuning uchun qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida tuproqning meliorativ holatini 
yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. 
Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori katta ahamiyatga ega. Viloyatda sho`rlangan 
yerlarning xarakteriga qarab kuzgi-qishki ishlar bilan birga yaxob suvini vaqtida 
berish katta iqtisodiy samara bermoqda. Mexanik tarkibi jihatidan og`ir bo`lgan soz 
tuproqlarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` tumanlari xo`jaliklarida yaxob suvlarni 
yanvar-fevral oylarida beriladi. Mexanik tarkibi o`rtacha va yengil bo`lgan 
tuproqlarda yaxob suvi mart-aprel oylarida, ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. 
Bunday sug`orish viloyatning cho`l rayonlarida ham olib boriladi. Chunki yaxob suvi 
erta berilsa, ekish vaqtiga kelib tuproqning ustki qatlami qurib qoladi. Dehqonchilikda 
mineral va mahalliy o`g`itlarni ishlatish o`simliklarni yaxshi oziqlanishi va normal 
o`sishiga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dehqonchilikda almashlab 
ekishning roli ham katta. Viloyatda paxtakor xo`jaliklarda almashlab ekishni to`g`ri 
joriy qilish paxta hosilini oshirdi, jamoa chorvachiligi uchun mustahkam yem-xashak 


bazasini yaratish imkoniyatini berdi. Paxta asosan beda bilan almashlab ekilmoqda. 
Chunki beda o`stirilgan tuproqda juda ko`p miqdorda chirindi bo`ladi.
Viloyat dehqonchiligida paxta, don yetishtirish, meva va uzumchilik, poliz va 
sabzavot mahsulotlari, xashaki ekinlar asosiy tarmoqlarni tashkil etadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 
mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 14761,6 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning 
mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,3 foizni, shu jumladan dehqonchilik va 
chorvachilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 14439,8 mlrd. so'mni (103,3 
foiz), ovchilik – 0,2 mlrd. so'mni (100,0 foiz), o'rmon xo'jaligida – 278,9 mlrd. so'mni 
(98,6 foiz), baliq xo'jaligida – 42,7 mlrd. so'mni (122,8 foiz) tashkil qildi. 


Xulosa 
Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi 
uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois 
Prezidentimiz qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va 
yerga bo'lgan huquqning kafolatlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Qishloq 
xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra, 
yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 
60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida 
yo'qotiladi. Jahon suv resurslari instituti tahminlariga ko'ra, 2040 yilga borib 
O'zbekiston suv o'ta tanqis bo'lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin. 
Shu bois davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratib, suvdan foydalanish 
samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar 
maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish zarurligini ta'kidladi. 
Ushbu yo'nalishlar ishlab chiqilayotgan strategiyada o'z aksini topishi kerakligi 
aytildi. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va davlat xaridlari 
tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinar ekan, budjet mablag'larining 
asosiy qismini yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy 
qilish, ilm-fanni rivojlantirishga sarflash lozimligi ko'rsatib o'tildi. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
quramiz” T 2017y
2. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz” T 2016 y
3. O'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 
уil 30 aprel. 
4. O'zbekiston Respublikasining "Qishloq хо'jalik kooperativi (shirkat 
xo'jaligi) to'g'risida”gi qonuni. 1998 уil 30 aprel. 
5. O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 
уil 30 aprel. 
6. Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari 
to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Download 116.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling