Qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish
Download 1.68 Mb.
|
PQ-5006 24.02.2021
l) 6-7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; m) 10-ilovadan 1-band chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4821-son qaroridan 11-band va 2-ilova chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “24. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga tushgan mablag‘larning 100 foizi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq shtat birliklarini saqlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash maqsadlari uchun yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash uchun tushgan mablag‘lar hisobidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy organlarida qo‘shimcha shtat birliklari tashkil etiladi”; b) 241-band chiqarib tashlansin; v) 51-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) bo‘limlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 52-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 54-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida: a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari Respublika aerogeodeziya markazi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tizimidagi boshqa tashkilotlar, shuningdek geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari ham jalb qilinishi mumkin. Bunda, ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalari bo‘yicha ishlar faqat Ishchi organ va Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.”; 18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilashda dala kuzatuv ishlari chegaradosh hududlar vakillari, Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma) vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.”; 36-bandda “hududiy yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining hududiy” so‘zlari bilan almashtirilsin; 40-bandda “20 va 21-bandlarida” so‘zlari “19, 20 va 21-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Amaldagi va taklif qilinayotgan chegaralar tushirilgan topografik xaritalar Ishchi organ va Davlat kadastrlari palatasining chegaradosh tuman (shahar) filiallari boshliqlari hamda Kadastr agentligining chegaradosh tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari tomonidan imzolanadi.”; 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “46. Tuman (shahar) chegara chizig‘i tushirilgan topografik xaritalar va tegishli materiallar tuman (shahar) hokimlari, shuningdek Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari, arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarma) boshliqlari bilan kelishiladi va Komissiyalarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.”; 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “55. Shaharchalar, qishloqlar (ovullar)ning chegaralari tushirilgan xaritasi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari hamda arxitektura va qurilish bo‘limlari boshliqlari bilan kelishiladi va ko‘rib chiqish uchun Hududiy komissiyaga kiritiladi.”; 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “57. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan uch nusxada yig‘majild tayyorlanadi, birinchi (asl) nusxa bajaruvchi tashkilot tomonidan Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga doimiy saqlash uchun taqdim qilinadi, ikkinchi va uchinchi nusxasi foydalanish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga topshiriladi.”; 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “58. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoplan materiallari Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi.”; 1-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Lavozimiga ko‘ra — Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i”; 2-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 6 va 7-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2a-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 7 va 8-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2b-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 6 va 7-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling