Qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilashda dala kuzatuv ishlarining yakuniy natijalari bo‘yicha DALOLATNOMA
Download 1.68 Mb.
|
PQ-5006 24.02.2021
Izoh: Ushbu dalolatnoma tumanlar, tuman va shaharlar o‘rtasidagi, shuningdek, shaharchalar, qishloqlar (ovullar)ning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash va o‘zgartirishda dala kuzatuv ishlari natijalari bo‘yicha ham tuziladi. Dalolatnomalar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tumanlar (shaharlar) bo‘limi (filiali) boshliqlari bilan kelishiladi.”; g) 2-ilovada: 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududlararo bo‘limlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) boshqa tashkilotlari hamda geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari ham jalb qilinadi.”; 13-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-banddagi “foydalanilgan holda” so‘zlaridan keyin “tayyorlangan raqamli ortofotoplanlar asosida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-banddagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 28-banddagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish materiallari asosida yer kadastri daftariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, yaratilgan elektron raqamli xaritalar va konturlar qaydnomasidan kelgusida amalda foydalanishni tashkil etadi.”; 31-banddagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoplan materiallari Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi.”; 1-ilovada: “Mas’ullar” ustuni 2-bosqichidagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bosqich quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2, 3 va 4-ilovalardagi “Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 3-ilovada: 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) geobotanik tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy rahbarlik qiladi.”; 7 va 8 bandlar, 9-bandning birinchi xatboshisidagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Har bir tumanda geobotanik tadqiqot ishlarining yakuniy ma’lumotini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuziladi. Tuman Komissiyasi tarkibiga hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (rais), tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (rais o‘rinbosari), tuman suv xo‘jaligi bo‘limi xodimi, o‘rmon xo‘jaligi vakili, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektori, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili hamda geobotanik tadqiqot bajaruvchisining vakili kiritiladi. Komissiya tarkibi tuman (shahar) hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.”; 14-banddagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 16-banddagi “yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23-banddagi ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-ilovadagi “yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 4-ilovada: birinchi xatboshisida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshisida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi” so‘zlari “Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son, 19.11.2021-y., 07/21/17/1065-son; 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son) Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling