Qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish
Download 1.68 Mb.
|
PQ-5006 24.02.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy viloyati
- Namangan viloyati
- Samarqand viloyati
- Sirdaryo viloyati
- Surxondaryo viloyati
- Toshkent viloyati
- Farg‘ona viloyati
- Xorazm viloyati
- Jami: 3 022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga 7-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-son qarorida: a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “1 739” raqami “1 629” raqami bilan almashtirilsin; b) 4-bandning “a” kichik bandida: oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 1-ilovada: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi — 5” bloki chiqarib tashlansin; izohdagi “86” raqami “81” raqami bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4292-son qarorining 1-bandi, 1 — 5a-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Oldingi tahrirga qarang. (7-ilovaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son) 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida: a) 1-bandda “a” kichik bandning beshinchi xatboshisidan “, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin: “g) Kadastr agentligi markaziy apparatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat soliq xizmati organlarining qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 30 ta shtat birligi ajratilsin”; b) 2-banddan to‘rtinchi xatboshi va 3-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; v) 5-bandda: beshinchi xatboshidagi ““O‘zdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyiha instituti,” so‘zlari ““Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Kadastr agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra tegishlicha Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlariga tenglashtiriladi; ushbu bandning o‘n ikkinchi xatboshisini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplanadi; Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Davlat kadastrlari palatasi raisiga palataning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritishi mumkin”; g) 6-bandda: uchinchi xatboshisidagi “81” raqami “111” raqami bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshisida “muvofiq” so‘zidan keyin “tasdiqlansin” so‘zi bilan to‘ldirilsin; yettinchi-sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin ; d) 7-bandda uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish”; e) 1-ilovadagi ““O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti” bloki “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” bloki bilan almashtirilsin; j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining TUZILMASI Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 111 nafar, * Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”; z) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 16 nafar *Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. ** O‘z faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga bo‘ysunadi. *** O‘z faoliyatiga doir vazifalari bilan birga chegara va navbatchi xaritalarni yuritadi.”; i) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlarining NAMUNAVIY TUZILMASI
* Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.”; k) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining ChEKLANGAN SONI
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling