Qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish
Download 1.68 Mb.
|
PQ-5006 24.02.2021
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, davlat monitoringi, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimini tubdan takomillashtirish va sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-son Farmoniga asosan: a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirishda: qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish; qishloq xo‘jaligi yerlarining muhofaza qilinishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash; Oldingi tahrirga qarang. erlar degradatsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish; (1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son) tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi. b) Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida: er toifasidan qat’i nazar barcha turdagi noqonuniy yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlaydi; yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlaydi; yer uchastkasi chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi; davlat kadastrlarini yuritish tartibiga rioya etilishining nazorat qilinishini ta’minlaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini yanada mustahkamlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida: a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va unga bo‘ysunuvchi markaziy apparatdagi 16 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga: agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritilsin; Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin; Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirish agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosariga yuklatilsin; b) 2021-yil 1-martdan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilishga doir 110 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga vazirlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etilsin; v) qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish, yer monitoringi, ekinlarni joylashtirish va ekilishini monitoring qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari kiritilsin; g) vazirlik huzuridagi “Monitoring xizmati” davlat muassasasi va vazirlik markaziy apparatidagi Ichki nazorat xizmati negizida 8 ta shtat birligidan iborat Ichki audit va komplaens-nazorat boshqarmasi tashkil etilsin. 3. Kadastr agentligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi, Institutning hududiy bo‘linmalari balansida turgan bino-inshootlar 2021-yil 1-martdan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilsin. Bunda, 2023-yil 1-yanvarga qadar: Institut Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, “S” mavzesida joylashgan Kadastr agentligi binosining bir qismidan; Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tashkilotlari Institutning hududiy bo‘linmalariga qarashli binolarning bir qismidan tekin foydalanadi. 4. Quyidagilar: Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 201 nafardan iborat Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuzilmasi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasining tuzilmasi 3, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq; (4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi PQ-17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 07/21/17/1065-son) Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq; tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6-6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5. Quyidagilar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilansin: Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratchilari tomonidan ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga asosan undiriladigan jarimalarning 50 foizi; o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar bo‘yicha hisoblangan mablag‘larning 5 foizi. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin: qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish va aybdor shaxslarni jarimaga tortish; tadbirkorlik subyektlarida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni o‘rganish ishlarini, shuningdek, ekinlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘lchash, ularning normativ qiymatini aniqlash, yerlardan maqsadli foydalanilishini o‘rganish hamda geobotanik va tuproq-tadqiqot ishlarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olishning yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshirish; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnik tadbirlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalangan holda monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirishni amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. qishloq xo‘jaligi maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) ishlab chiqaruvchi korxonalardan tendersiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish hamda bojxona boji to‘lamasdan respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash bo‘yicha filiallar ochish hamda servislar tashkil etish. (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son) 7. Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo bo‘linmalari tashkil etilsin. 8. Respublika aerogeodeziya markaziga yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo‘naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot ishlarini bajarish, yerlarni xatlovdan o‘tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin. 9. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan yerdan foydalanishni erdan noqonuniy foydalanish deb hisoblash hamda unga nisbatan yer solig‘i stavkasini 10 baravar miqdorida qo‘llash; yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallangan va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqroq hajmda foydalanilganda, shuningdek, yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, yer solig‘ining belgilangan stavkalarini 20 baravar miqdorida undirish. Oldingi tahrirga qarang. 10. Kadastr agentligi (F.K. Umarov) 2021-yil 1-oktabrga qadar: (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi) erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) yaratsin; erga oid huquqbuzarliklarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimiga kiritib borish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmalari, sudlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot tizimiga integratsiya qilsin; “E-YER NAZORAT” tizimining samarali ishlashini ta’minlash, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati, nazoratchi inspektorlar va yer tuzuvchilarni rag‘batlantirish shuningdek, noqonuniy holatlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar izchil nazorat olib borish mexanizmlarini nazarda tutgan holda Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev): bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish orqali ularning elektron xaritalarini yaratish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini; Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) bilan birgalikda uch oy muddatda Jinoyat kodeksiga yer uchastkalarini, shu jumladan muhofaza etiladigan zonalar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik holatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bir oy muddatda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari faoliyatiga aloqador idoraviy saqlov muddati tugagan geodezik va kartografik materiallarni Davlat kartografiya-geodeziya fondiga davlat saqloviga topshirish, amalda foydalanishdagi barcha hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tegishliligi bo‘yicha o‘zaro almashishni ta’minlasin. 13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev): uch oy muddatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni monitoring va muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin; “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin. 14. Quyidagilar: a) Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga: 2021-yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron xaritalarini yaratish; “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirish hamda tegishli vazirlik va idoralarni mazkur tizimga integratsiya qilish; b) qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va hududiy yer tuzuvchilar faoliyatini tashkil etish uchun zaruriy vositalar bilan ta’minlashga xalqaro grant mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda jalb qilish; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishni raqamlashtirish; qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish; v) qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari M.I. Ruzmetov zimmasiga: hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish ishlarini samarali tashkil etish; tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarini amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 16. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 24-fevral, PQ-5006-son Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining TAShKILIY TUZILMASI
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling