Qishloq xoʻjaligi


Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining jami ekin ekilgan maydonga nisbatan ulushi


Download 1.34 Mb.
bet5/10
Sana19.11.2020
Hajmi1.34 Mb.
#147660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Humoyun olamgir


Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining jami ekin ekilgan maydonga nisbatan ulushi

(foizda)

2000 yilda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan fermer xo`jaliklarining ulushi 4,2-18,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda mos ravishda 23,1-99,5 foizga teng bo`ldi.

Bu ko`rsatkichlar mos ravishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari bo`yicha 2000 yilda 18,6-80,1 foizni, 2016 yilda 18,3-76,1 foizni, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 2000 yilda 15,7-81,7 foizni, 2016 yilda 0,5-2,1 foizni tashkil etdi.

Tahlillardan don ekinlari va paxta xom-ashyosi ishlab chiqarishda fermer xo`jaliklari, kartoshka, sabzavotlar, poliz, meva va uzum ishlab chiqarishda fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari asosiy ishlab chiqaruvchilar bo`lib qolayotganligi kuzatildi (2-jadval).



2-jadval

2000-2016 yillarda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmlarining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi,foizda)



 

Fermer
xo’jaliklari

 


Dehqon
(shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari


Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

Don ekinlari

14,4

80,4

18,6

18,3

67,0

1,3

Paxta

18,3

99,5





81,7

0,5

Kartoshka

4,2

23,1

80,1

76,1

15,7

0,8

Sabzavotlar

4,9

34,8

75,0

64,3

20,1

0,9

Poliz

11,2

49,5

63,5

48,9

25,3

1,6

Meva

4,3

45,8

58,9

52,1

36,8

2,1

Uzum

4,7

53,1

33,0

45,4

62,3

1,5

2000-2016 yillardagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari tuzilmasidagi o`zgarishlar tahlili, umumiy ekin maydoniga nisbatan don ekinlari mos ravishda 42,7 foizdan – 45,6 foizgacha, kartoshka 1,4 foizdan – 2,3 foizgacha, sabzavotlar 3,4 foizdan – 5,5 foizgacha, poliz 1,0 foizdan – 1,6 foizgacha ko`payganligini, shu bilan birga, texnik ekinlar 40,0 foizdan 36,0 foizgacha, ozuqa ekinlari 11,4 foizdan 9,0 foizgacha kamayganligini ko`rsatdi (8-rasm).

Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili – barcha qishloq xo`jaligi ekinlari ekilgan maydonlar (asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari)dan yig`ib olingan mahsulot. Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili birlamchi kirim qilingan (fizik) vaznda hisobga olinadi va alohida har bir ekin turi bo`yicha hamda ekinlar guruhlari bo`yicha umumlashtiriladi.

Respublikada oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko`paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bo`yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi natijasida, 2016 yilda respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida jami don – 8261,3 ming tonna (2000 yilga nisbatan 2,0 marta ko`p), kartoshka – 2958,4 ming tonna (4,0m.), sabzavotlar – 11275,8 ming tonna (4,3m.), poliz – 2044,9 ming tonna (4,5m.), mevalar va rezavorlar – 3042,8 ming tonna (3,8m.), uzum – 1735,8 ming tonna (2,8m.) ishlab chiqarilishiga erishildi. 2016 yilda 2959,0 ming tonna paxta xom-ashyosi ishlab chiqarilib, bu 2000 yilga nisbatan 98,6 foizni tashkil etdi. (9-rasm)



9-rasm

Asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

(ming tonna)

Tez sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi natijasida, 2016 yilda 21,0 mln.tonna meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarildi (10-rasm).



10-rasm

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling