Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish
Tuzilmaviy-morfologik tahlil uslubi
Download 94.81 Kb.
|
kurs ishi Mohinur (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analog-patentlar uslubi.
- Atamali (terminologik) va leksik tahlil uslubi
- Korsatkichlar uslubi
Tuzilmaviy-morfologik tahlil uslubi.
Ushbu uslub predmet sohasining ichki tarkibini aniqlash, yangi ishlanmalar (g'oyalar, texnik qarorlar va h.k) paydo bo'lishini qayd qilish uchun lozim, bu esa FTS strategiyasini tarmoq osti darajasida shakllantirish imkonini beradi. Nashriy faollik tavsiflarini aniqlash uslubi. Ushbu uslubning o'ziga xosligi, axborot oqimi siklik rivojlanishga bo'ysungan holda tizim kabi faoliyat yuritishi bilan bog'liq; ushbu sikllarni kuzatgan holda, predmet sohasi u yoki bu mamlakatda hayotiy siklning qaysi bosqichida turganligini bilib olish mumkin. Bu esa tarmoq darajasida FTSni shakllantirish bo'yicha to'g'ri tavsiyalar berish imkonini tug'diradi. Analog-patentlar uslubi. Uning mohiyati shundaki, korxonalar chet elda faqatgina amaliy ahamiyatga ega g'oyalarni patentlaydilar. Shuning uchun analog-patentlar quvvati tez o'sib borayotgan yo'nalishlarni aniqlagan holda, yetakchi korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish borasidagi faoliyat yo'nalishlarini aniqlash mumkin. Atamali (terminologik) va leksik tahlil uslubi Atamali tahlil, tadqiqotchilar tomonidan boshqa bilim sohalaridagi g'oyalardan foydalanishida atamalar apparatining o'zgarishi sodir bo'ladi degan fikrga asoslangan. Bu boshqa hech qanday uslublar bilan kuzatilmaydigan, yirik tuzilmaviy siljishlar bilan bog'liq. Shuning uchun ham atamali tahlil innovasiyalarni boshlang'ich bosqichlarda aniqlash va kutilayotgan o'zgarishlar yo'nalishlarini prognoz qilish imkonini beradi. Matnlarning leksik tahlili atamali tahlilga o'xshash, ularning farqi shundaki unda muayyan atamalar emas, balki so'z birikmalari (leksik birliklar) ko'rib chiqiladi. Ko'rsatkichlar uslubi Bu uslub, har bir texnik tizim, fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan takomillashib boradigan (bu holat tegishli hujjatlarda ham o'z aksini topadi) ko'rsatkichlar to'plami bilan tasvirlanishiga asoslangan. Texnik tizimlar ko'rsatkichlarining dinamik tavsiflarini o'rgangan holda, jahon va milliy amaliyotda mavjud bo'lgan tendensiyalar to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lish mumkin. Fan-texnika siyosatini shakllantirish bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun boshlang'ich axborot tayyorlashning umumiy ketma-ketligi bir nechta bloklardan iborat bo'ladi. Birinchisi – sohaning morfologik turkumlanishini ishlab chiqish. Bunday turkumlashtirish jadval shaklida bo'lib, unda ishlab chiqarishning texnologik (texnik) zanjiri muayyan jihatlar (jarayon, faoliyat tamoyili, foydalaniladigan materiallar va h.k) bo'yicha elementlarga ajratilgan. Bunda har bir element uchun amalga oshirishning mumkin bo'lgan muqobil usullari ro'yxati shakllanadi. Eng soddalashtirilgan ko'rinishda morfologik turkumlashtirish, ajratish jihatlarining variantlari o'rtasida istalgan birlashmalar bo'lishi mumkin bo'lgan jadval shaklida bo'ladi Ikkinchi blok – predmet soha, misol uchun kashfiyotlar xalqaro turkum atamalari, sahifalovchisini ishlab chiqish. Sahifalovchi bir qator sahifalardan iborat bo'lib, ular bo'yicha turli manbalardan qiziqtiruvchi muammolar bo'yicha hujjatlar tanlovi amalga oshiriladi. Tegishli tarzda uchinchi, to'rtinchi va beshinchi bloklar – boshlang'ich axborotni izlash; olingan natijalar tahlili; qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun korxonalar fantexnika siyosatini shakllantirish bo'yicha tavsiyalarni aniqlash. Olib borilgan tadqiqotlar va ular tufayli olingan natijalar texnika avlodlarini rivojlanishi va almashinishi vaqtini topish, ko'zlanayotgan tendensiyalarni aniqlash, fantexnika siyosatini optimallashtirish maqsadida texnika va texnologiyalardagi keyinchalik o'zgarishlarni prognozlash imkonini beradi. Bularning barchasi investisiyaviy siyosat va resurs qo'yilmalarini rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bozordagi mavqeini hisobga olgan holda (bozorni nazorat qilinadigan ulushi va uni rivojlanish dinamikasi, moliyalashtirish va xom-ashyo resurslariga ega bo'lish, raqobat kurashidagi yetakchi yoki ergashuvchi o'rnini egallashi) innovasiyaviy strategiyani tanlash yo'nalishlari quyidagi ko'rinishdagi sxemada ko'rsatilishi mumkin (9.3.3-rasm). Strategiyani tanlash, maqsad sari ajratilgan har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi. Tanlovning soddalashtirilgan modeli Boston maslahat guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va u bozordagi ulush hamda tarmoqdagi o'sish sur'atidan kelib chiqqan holda strategiya tanlash uchun mo'ljallangan Ushbu modelga muvofiq, bozorning katta ulushini egallagan va tez o'suvchi tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar (yulduzlar), o'sish strategiyasini tanlashi lozim. Barqaror tarmoqlarda yuqori o'sishga erishgan korxonalar cheklangan o'sish strategiyasini tanlaydi. Ularning asosiy maqsadi – o'z o'rnini ushlab turish va foyda olish. Past sur'atlar bilan o'suvchi tarmoqlarda kichik ulushga ega bo'lgan korxonalar esa, ortiqchasini olib tashlash strategiyasini tanlashadi Tez o'suvchi tarmoqlarda o'z o'rnini mustahkamlamagan korxonalardagi vaziyat qo'shimcha tahlilni talab etadi. Strategiyalar variantlarini tanlashda, korxona mahsulot/bozor matrisasidan foydalanishi mumkin. Biror strategiyani qabul qilishda rahbariyat quyidagi 4 omilni hisobga olishi lozim: Tavakkalchilik. Har bir qabul qilinayotgan qaror uchun tavakkalchilikning qanday darajasi mumkinligi. Oldingi strategiyalar va ularning natijalaridan xabardor bo'lish, yangi strategiyalarni muvaffaqiyatliroq ishlab chiqishga yordam beradi. Vaqt omili. Ko'pgina hollarda yaxshi g'oyalar o'z vaqtida taklif etilmaganligi uchun muvaffaqiyatga erishmaydi. Korxona egalari. Strategik reja korxona menejerlari tomonidan ishlab chiqiladi, ammo ayrim hollarda korxona egalari uni o'zgartirishga majbur qiladilar. Korxona rahbariyati buni e'tiborga olishi lozim. Strategiya ishlab chiqish uch yo'l bilan amalga oshiriladi: yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va maslahatchi korxona yordamida. Birinchi holatda strategik reja korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va buyruq sifatida quyi pog'onalarga yetkaziladi «Pastdan yuqoriga» usulida har bir bo'lim (marketing xizmati, moliyaviy bo'lim, ishlab chiqarish bo'linmalari va h.k) o'z vakolati doirasida, strategik rejani tuzish bo'yicha o'z tavsiyalarini ishlab chiqadi. Keyinchalik ushbu tavsiyalar rahbariyatga yetkaziladi va ular umumlashtirilib jamoada muhokama qilinadi. Bu korxona bo'limlarida yig'ilgan tajribadan samarali foydalanish imkonini beradi. SHuningdek, korxona tashkilotni o'rganish va strategiya ishlab chiqish uchun maslahatchilar xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin. Download 94.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling