Innovasiyaviy menejmentning tashkiliy tuzilmalari – innovasiyaviy faoliyat, ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shug'ullanadigan tashkilotlardir.
Ilmiy tashkilot – ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar asosiy faoliyat turi bo'lgan tashkilot (muassasa, korxona, firma). Ilmiy - tadqiqot va ishlanmalar tashkilot tarkibiga kiruvchi bo'linmalar uchun asosiy faoliyat turi bo'lishi mumkin. Bunday bo'linmalarning mavjudligi tashkilot iqtisodiyotning qaysi sohasiga, yoki mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakliga tegishli bo'lishiga bog'liq emas.
1.2. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning xususiyatlari
Ishlab chiqarishning tashkiliy texnikaviy darajasini tahlil qilish va uning istiqboli yangiliklarni joriy etish jarayonida rol funksiyalarini o'ziga olgan «antreprenerlar» va «intraprenerlar», «g'oyalar generatori», «axborot vositachilari» va boshqalar mavjud.
«Antreprener» – innovasiyaviy tashkiliy texnologik tayyorgarlik asoslarini boshqaruvining asosiy unsuridir. Bu odatda, yangi g'oyalarni qo'llab-quvvatlovchi va ilgari suruvchi, tavakkalchilik va noaniqlikdan qo'rqmaydigan, nostandart yechimlarni izlovchi va qiyinchiliklarni yengishga tayyor bo'lgan rahbar. Antreprener uchun intuisiya, g'oyaga sodiqlik, tashabbuskorlik, tavakkalchilikka yo'l qo'yish va byurokratik to'siqlarni yengib o'tish kabi shaxsiy xususiyatlar ham tavsifiydir. Antreprener tashqi vazifalarni hal etishga qaratilgan bo'lib: tashqi muhitda faoliyat yurituvchi tashkilot yaratish; tashqi faoliyatdagi korxona xizmatlarini muvofiqlashtirish; tashqi innovasiyaviy muhit obyektlari bilan o'zaro aloqada bo'lish; yangi mahsulotni bozorda ilgari surish; yangi ishlanmalar va yangi mahsulotga bo'lgan ehtiyojni belgilash shular jumlasidandir. Shuning uchun ham antreprener yangi mahsulot bo'limining rahbari, loyiha boshlig'i kabi lavozimlarni egallaydi. Tashkilotda antreprenerlar kam bo'ladi.
«Intraprener» – innovasiyaviy boshqaruvdagi yana bir muhim shaxs. Intraprenerlarning tashkilotdagi soni nisbatan ko'proq bo'lishi lozim. Bu ichki innovasiyaviy muammolar, ichki innovasiyaviy tadbirkorlikga yo'naltirilgan mutaxassis va boshqaruvchi. Uning vazifalariga ko'p sonli «aqliy hujumlar»ni tashkil etish, yangi g'oyalarning birlamchi qidiruvi, xodimlar innovasiyaviy jarayonga kirishishi uchun sharoit yaratish va korxona «novatorlik» korxonasi deb hisoblanishi uchun novatorlarning yetarlicha sonini ta'minlash kiradi. Odatda, bu yuqori ijodiy
Faollikga ega guruh rahbari.
Do'stlaringiz bilan baham: |