Qishloq xo`jaligida mehnat jarayonini boshqarish


Mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari


Download 8.65 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi8.65 Kb.
#1464672
1   2   3
Bog'liq
QISHLOQ XO\'JALIK MEHNATI

Mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari

  • Qishloq xo`jaligida resurslaridan foydalanishning darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
  • 1). Har bir ishchi xodimning bir yilda ishlagan kunlari. Odatda, erkaklar bir yilda 280 kun, ayollar 240 kun ishlasa normal hisoblanadi.
  • 2). Yil davomida ishlashi lozim bo`lgan kundan foydalanish koeffitsiyenti. Bu haqiqatda ishlagan kunlarni norma bo`yicha ishlashi lozim bo`lgan yillik ish kunlari miqdoriga bo`lish orqali aniqlanadi. Xo`jalikning mehnat resurslari holatini o`rganish uchun mehnat resurslari balansi tuziladi. Balans ma`lumotlari xo`jalikning iqtisodiy rivojlantirilishida ishlatiladi.
  • 3). Mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi yil davomida bir ishchi xodim hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Bu ko`rsatkichni sarflangan kishi soatlariga nisbatan aniqlash mehnatning samaradorligini to`g`riroq aniqlash imkonini beradi.

Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari

  • Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo`lib, konkret sarflangan mehnatning natijaviyligi yoki samaradorligidir. Ayrim iqtisodchilar mehnat unumdorligini vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, deb biladilar. Boshqalari esa mehnat unumdorligi deganda mahsulot birligi uchun sarflangan vaqtni tushunadilar. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mehnat unumdorligi konkret sarflanayotgan mehnatning ma`lum vaqt ichida mahsulot yarata olish qobiliyatidir, degan tushunchalar ham berilgan.

Konkret sarflanayotgan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir, degan tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi. Vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat unumdorligining asosiy ko`rsatkichini ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat unumdorligining ikkinchi ko`rsatkichini ifoda etadi. Uni iqtisodiy adabiyotlarda mehnatning intensivligi deb ham ataladi.

  • Konkret sarflanayotgan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir, degan tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi. Vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat unumdorligining asosiy ko`rsatkichini ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat unumdorligining ikkinchi ko`rsatkichini ifoda etadi. Uni iqtisodiy adabiyotlarda mehnatning intensivligi deb ham ataladi.

Download 8.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling