Qishloq xo`jaligida mehnat jarayonini boshqarish


Qishloq xo`jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unimdorligini oshirish yo`nalishlari


Download 8.65 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi8.65 Kb.
#1464672
1   2   3
Bog'liq
QISHLOQ XO\'JALIK MEHNATI

Qishloq xo`jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unimdorligini oshirish yo`nalishlari

  • O`zbekiston qishloq xo`jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri bo`lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masala hisoblanadi.
  • Mamlakat qishloq xo`jaligida band bo`lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakalidir. Bu, o`z navbatida, juda katta muamolarni yuzaga keltiradi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko`taradi.

Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o`tishi uchun zarur sharoitlar tug`diradi. Chunki mehnat unimdorligi o`sishi natijasida mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo`jaligidan ozod bo`ladi. Bu rivojlanishning umumiy obyektiv tendensiyasi hisoblanadi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

  • Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o`tishi uchun zarur sharoitlar tug`diradi. Chunki mehnat unimdorligi o`sishi natijasida mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo`jaligidan ozod bo`ladi. Bu rivojlanishning umumiy obyektiv tendensiyasi hisoblanadi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi

  • "Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi" ma'nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
  • Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
  • - inson resurslarini boshqarish;
  • - xodimlarni boshqarish.
  • "Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko’proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi

Download 8.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling