Qishloq xo’jaligini raqamlashtirish iqtisodiy munosabatlar tizimida


Download 98.38 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1229876
1   2   3
Bog'liq
Muhitdinov Bahriddin 21-133 st

Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo’lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish deganidir.
Belgilari:
  • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
  • elektron hujjat almashinuvi;
  • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
  • ma‗lumotlar elektron bazalari;
  • CRM (mijozlar bilan o’zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
  • korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari:
  • To’lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo’lkira va boshqa resurslar tejaladi).
  • Tovarlar va xizmatlar haqida ko’proq va tezroq ma’lumot olinadi.
  • Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
  • Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
  • Tezroq, sifatliroq, qulayroq.

  • Raqamli iqtisodiyot korruptsiya va ―qora iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to’liq axborot bermaslikning iloji yo’q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo’yadi.
    Ma’lumotlar ko’pligi va tizimliligi yolg’on va qing’ir ishlarga yo’l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada ―iflos pullarni» yuvish, mablag’larni o’g’irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib ko’rsatish imkoni qolmaydi

Bu esa iqtisodiyotga legal mablag’lar oqimini oshiradi, soliqlar o’z vaqtida va to’g’ri to’lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo’ladi, ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar o’g’irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo’llarga ajratilgan pullar to’liq etib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo’nalishlar ochib beradi.
―Raqamli texnologiyalar» tomon burilishga butun jahon internet tarmog’i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo’ldi.
Endi bevosita, qishloq xo’jaligida raqamlashtirish masalalariga to’xtalib o’tamiz. Xususan, agro oziq – ovqat sektori qarshisida ko’plab muammolar yotadi. Agar 2018 yilda dunyo aholisi soni 7,6 mlr kishi bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2050 yilga borib taxminiy baholarga ko’ra 9,6 mlrd dan oshadi, bu esa oziq – ovqatga talabni salmoqli oshiradi (UN DESA, 2017). Ayni shu vaqtda tabiiy resurslar, shuningdek ichimlik suvi va hosildor haydaladigan yerlar esa kamayib bormoqda.
Ishlab chiqarish – bu havotir uyg’otadigan yagona omil emas, hozirda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari butun dunyoni to’ydirish uchun yetarli, shunga qaramasdan, 821 mln yer aholisi hamon ochlikdan aziyat chekmoqda (FAO 2018). Boshqa jarayonlar, masalan, jadallik bilan borayotgan urbanizatsiya jarayoni, ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish va ishlab chiqarish modellariga kuchli ta’sir etmoqda.
Qo’yilgan vazifalarga qisman yechimni raqamli innovatsialar va texnologiyalar ta’minlashi mumkin. ―To’rtinchi oziq – ovqat inqilobi» deb ataluvchi (Industriya 4.0), mavjudlik effekti bilan reallikni va sun‘iy intelekt, internet buyumlari, ―o’pirilgan» raqamli innovatsiyalar ta’siri ostida qator sektorlar tezkor transformatsiyasi bilan boradi.
Hozirgi globallashuv va fan-texnika taraqqiyoti sharoitida dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiyoti raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, ushbu texnologiyalarni joriy etish, ulardan foydalanish darajasi bilan tavsiflanadi.
Agrar oziq – ovqat sektorida mobil texnologiyalar tarqalishi, masofaviy zondlash va ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash hizmati, hozirdanoq kichik fermerlarga moliya va ta’lim olish, bozor, ishlab chiqarish resurslari axborotlariga yo’l ochib bermoqda. Raqamli texnologiyalar kichik fermer xo’jaliklarini raqamli agro oziq – ovqat tizimlariga integratsiyasiga yangi imkoniyatlar ochib beradi (USAID, 2018).
O’tmishda qishloq xo’jaligi bir necha inqiloblarni boshdan kechirgan, ularning har biri samaradorlikni, hosildorlik va daromadlikni avval erishish mumkin bo’lmagan darajaga olib chiqqan. Yaqin o’n yillik uchun bozor prognozlari shunga olib kelyabdiki, ―qishloq xo’jaligida raqamli inqilob» agrar sektorga Yer aholisi kelajakdagi talablarini qondirish imkonini beradi.
Raqamlashtirish agro oziq – ovqat barcha bo’g’inlarini o’zgartiradi. Tizim har qanday element resurslarini optimallash, individual yondashuv, ongli va avvaldan eytib berish mumkinlik tamoyillarida qurish mumkin bo’ladi. Ma’lumotlarga tayanib giper ulanish hisobiga tizim real vaqtda ishlashi ta’minlanadi. Ishlab chiqarish – sotish zanjirlarida qishloq xo’jaligi hayvonlar, madaniyatlar va yerlarini boshqarishni optimal modellarini yaratish va koordinatsiyasini, kuzatuvchanligini to’liq ta’minlash imkoni bo’ladi. Raqamli qishloq xo’jaligi yuqori hosildorlik, bashorat qilish mumkin bo’lgan va o’zgaruvchan iqlim sharoitlari keltirib chiqaradigan o’zgarishlarga moslashuvchanlik qobilyatli tizimlar yaratishga yordam beradi. Bu esa o’z navbatida oziq – ovqat xavfsizligini, daromadliligini va mustahkamligi darajasini oshirishiga olib kelishi mumkin.
Raqamli qishloq xo’jaligini, bozor imkoniyatlaridan foydalanish, vositalardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hisobiga, iqtisodiy naf keltirishni ta’minlash, ijtimoiy va madaniy naf – kommunikatsiya va ko’proq inklyuziflikni kengaytirish hisobiga, ekologik naf – resurslardan foydalanishni optimallashtirish va iqlim o’zgarishlariga moslashish hisobiga barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishish mumkin.
Oziq – ovqat tarmog’ini raqamlashtirish sabab bo’luvchi potensial ustunliklar bir qadar ishonchli tuyulsada, ammo ularni amalga oshirish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tizimida, qishloq iqtisodiyotida, jamiyat hayotida va tabiy resurslarni boshqarishda jiddiy o’zgarishlarni talab qiladi. Yuqoridagilarni inobatga olsak, potensial nafni to’liq hajmda olish bir butun, tizimli yondashuvni talab qiladi.
Ko’plab davlatlarda raqamlashtirishni asosiy harakatga keltiruvchi kuchi bu hukumat siyosiy choralari va mehanizmlari bo’ldi. Ular raqamli bozor va elektron hizmatlar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratib bermoqda. Bundan tashqari, shunday tendensiya ham mavjudki, uni doirasida hukumat mustaqil ravishda elektron hizmatlarni (elektron hukumat) ko’rsatish mehanizmlarini tarqatmoqda, bu asosan sog’liqni saqlash, ta’lim, atrof muhitni himoya qilish va bandlikni ta’minlash sohalarida ko’proq nomoyon bo’ladi.
Shu bilan birga, biroq, elektron hukumat dasturini ishlab chiqish va uni boshqarish yuqori darajadagi ma’muriy potensialni talab etadi, shu sababdan qator davlatlar bu borada ancha chegaralangan yutuqlarga erishishdi (Fakhoury, 2018). Odatda rivojlanayotgan davlatlar boshqa davlatlarga, jarayonlarni boshqarish uchun lozim bo’lgan potensial jihatdan o’rin berishadi.
Bundan tashqari, katta yutuqlar faqat ba’zi sektorlarda erishiladi, ko‘p davlatlarda qishloq hududlarida bandlikni katta ulushini ta’minlab beruvchi agrar sektor ortda qoladi.
Hukumat siyosatchilarining raqamlashtirish sohasida chop etilgan tadqiqotlar soni ko’p emas, lekin ular haqida axborotni bilvosita yo‘llardan olish mumkin: masalan, hukumat tomonidan elektron hizmatlar taqdim etilishi ko‘lamini, axborotlarga ulanuvchanlik va qayta ishlash sohasida qanday siyosatni qo’llayoganini bilish mumkin.
O’zbekistonda keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish, elektron xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron xukumatni shakllantirishning xuquqiy asoslarini mustaxkamlash maqsadida «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi, «Axborotlashtirish to’g’risida»gi, «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi, «Elektron xujjat aylanishi to’g’risida»gi, «Elektron to’lovlar to’g’risida‖gi, «Elektron tijorat to’g’risida»gi, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi va ―Elektron hukumat to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Xususan, ―Elektron hukumat to’g’risida»gi qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko’rsatishda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ko’zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarfxarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron xamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi.
O’tgan 10 yil mobaynida O’zbekiston Respublikasining axborot kommunikatsiya texnologiyalarining bozori keng miqyosda butun mamlakat bo’ylab telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish orqali o’zgardi. Jumladan, Respublikamizning barcha viloyat markazlarida raqamli shaharlararo stansiyalar o’rnatildi, shaharlararo va viloyat ichidagi aloqa liniyalarida optik tolali kabellar hamda raqamli radio liniyalari o’rnatildi, televidenie va radio uzatish moslamalari modernizatsiya qilindi va o’rnatildi, CDMA simsiz radioaloqa tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko’rsatmoqda.

Download 98.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling