Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish
Hammaxo‘r zararkunandalarni hisobga olish hamda ko‘payishini oldindan aniqlash
Download 117.93 Kb.
|
1-Mavzu
Hammaxo‘r zararkunandalarni hisobga olish hamda ko‘payishini oldindan aniqlash
Hammaxo‘r zararkunandalar (chigirtkalar, buzoqboshlar, simqurtlari, qora tanli qo‘ng‘izlar, kuzgi tunlam qurtlari va xokazo) ko‘payishi va tarqalishini bashorat qilish ishlarini quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchidan bu zararkunandalar miqdorini belgilangan muddatlarda hisobga olib, olingan ma’lumotlar qayta-qayta ishlanib ko‘p yillik ma’lumotlar bilan taqqoslanib boriladi. Ikkinchidan zararkunandalarning qishlashga ketish, qishlash va qishlashdan chiqish holatlari ham o‘rganilib boriladi. Uchinchidan kutilayotgan agrometeorologik holat, ekinlar strukturasini o‘zgarishi, yerlarga agrotexnik ishlov berish holatini borishi to‘g‘risida ham ma’lumotlar yig‘iladi. Agar kuz iliq kelib, ozuqa yetarli bo‘lsa bu zararkunandalar qishga yaxshi tayyorgarlik bilan ketadilar. Erta bahorda ob-havo qulay kelsa bu zararkunandalar qishlashdan erta chiqib tez rivojlana boshlaydi. Bu zararkunandalarni qishlash joylari aniqlanib qishlovga ketish holati va miqdori puxta o‘rganilishi lozim. Agar bu zararkunandalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy xo‘jalik va agrotexnik tadbirlar (bo‘sh yerlar o‘zlashtirilishi, yerlarni ag‘darib haydash, qishki yaxob suvlari, o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, begona o‘tlarga qarshi kurash, almashlab ekish ishlari va x.k.) o‘z joyiga qo‘yilsa bu zararkunandalar keskin rivojlanib ketishiga to‘sqinlik qilinadi. Bu zararkunandalarni miqdorini umumiy qabul qilingan uslublar orqali hisobga olinadi. Kapalaklar va boshqa uchuvchi hashoratlarni hisobga olishda feromon tutqichlar va yorug‘likda hashorat tutqichlaridan keng foydalaniladi. 32 Hammaxo‘r hashoratlardan chigirtkalarni hisobga olishda har 100 metrda 0,25 m2 dan (50 sm x 50 sm) 5-8 sm chuqurlikda proba olinadi. 1 m2 maydondagi chigirtkalarning tuxum ko‘zachalarini soni A q (B:V) x 4 formulasi bilan aniqlanadi. Harakatchan formalari 1 m2 maydonda sanaladi. Qarsildoq va qora tanli qo‘ng‘izlar har bir namunada 0,25 m2 da 30-35 sm chuqurlikda tekshiriladi. 10 ga 10 namuna, 50 ga 12 namuna, 100 ga 16 ta namuna olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida ko‘p yillik, uzoq, qisqa muddatli bashoratlar ishlab chiqiladi. Misol tariqasida kuzgi tunlam bo‘yicha qisqa muddatli bashorat tuzishni ko‘rib chiqamiz. Download 117.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling