Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish


Download 117.93 Kb.
bet6/8
Sana14.10.2023
Hajmi117.93 Kb.
#1701932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu

Marokash chigirtkasi. Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarkand, Jizzax va Toshkent viloyatlarining shimoliy g‘arbida joylashgan yarim cho‘l va tog‘ bag‘ridagi yaylovlarda keng tarqalgan. Erta bahordan to yoz oyining o‘rtalarigacha chorva mollari ozuqasi bo‘lmish yaylov ekinlariga katta zarar keltiradi.
Respublikamiz sharoitida Marokash chigirtkasining lichinkalarining tuxumdan chiqish davri: janubiy viloyatlarda 34

(Surxondaryo va Qashqadaryo) mart oyining o‘rtasidan aprel oyining boshlariga to‘g‘ri keladi. Yerning tuzilishiga, bahorda ob-havoning issiq yoki salqin kelishiga hamda yog‘ingarchilikka bog‘liq holda tuxum-dan chiqish muddati cho‘zilishi mumkin. Tuxumdan chiqqan chigirtkalar darhol «o‘choqlar» tashkil etadi. «O‘choq» hosil qilgan Marokash chigirtkasining lichinkalari bir kunda 500 metrdan bir necha km gacha bo‘lgan maydonda uzun tasma shaklida o‘simliklarning soni va qalinligiga bog‘ liq holda harakatga tushadi. Bunday tasmalar ba’zi yil- lari 15-20 km ni tashkil etishi mumkin (1982 yil Surxondaryoda, 1983-84 y.y Qashqadaryoda va Samarqandda, 1999 yil Keles massivida kuzatilgan). Tuxumdan chiqqandan boshlab qanot hosil qilguncha bo‘lgan lichinkalik davrida ularning tarqalish maydoni 20 dan 50 marotabagacha ortib boradi. Qanot hosil qilgandan so‘ng esa shamol yor-damida 1 kunda 30 km gacha bo‘lgan maydonda tarqalishi va uchib yurishi mumkin. Marokash chigirtkasi o‘z tuxum ko‘zachalarini quyosh yaxshi tushadigan, suv yig‘ilib qolmaydigan, o‘ta qattiq do‘ngliklarga qo‘yadi. Respublikamizda Marokash chigirtkasining tuxum qo‘yish davri janubiy viloyatlarda may oyining oxiridan iyul oyining boshlarigacha davom etadi.


3-rasm. Marokash chigirkasi (Internet ma’lumoti bo‘yicha).
Marokash chigirtkasining ko‘zachalari, tuxum soni va uning katta-kichikligi har

3-rasm. Marokash chigirkasi (Internet ma’lumoti bo‘yicha).
Marokash chigirtkasining ko‘zachalari, tuxum soni va uning katta-kichikligi har yili bir xil bo‘lavermaydi, bu o‘z navbatida ob-havoning qanday kelishiga va yaylovlarda o‘simliklarning oz va ko‘p bo‘lishiga bog‘liq o‘ta qurg‘oqchilik yillari Marokash chigirtkasining rivojlanishi cho‘zilib, tanasining hajmi juda ham kichiklashib, o‘t-o‘lan kamligi tufayli bir-biriga xujum qilib kannibalizm 35

holatlari kuzatilishi mumkin. Bundan so‘ng Marokash chigirtkasining yoppasiga ko‘payishi 6-8 yildan keyin kuzatiladi. Marokash chigirtkasining keng maydonda tarqalishi Markaziy Osiyo davlatlarida bir vaktda kechadi.



Download 117.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling