Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish


O‘zbeknston Respublikasida qishloq xo‘jalik zararkunandalarining iqtisodiy xavfli chegara mezoni ko‘rsatkichlari


Download 117.93 Kb.
bet3/8
Sana14.10.2023
Hajmi117.93 Kb.
#1701932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu

O‘zbeknston Respublikasida qishloq xo‘jalik zararkunandalarining iqtisodiy xavfli chegara mezoni ko‘rsatkichlari

(Sh.T.Xo‘jaev ma’lumotlari) Zararkunanda
turi, muallif

Ekinning
rivojlanish davri

IXChM

Shiralar
(Sh.Xo‘jaev, A Xakimov)

Bo‘za (nixollar)
shonalash
hosil olish davri

Zararlanish darajasi
10-15%
- 30 - 40%
- 50 - 60%

O‘rigmchakkana
(Sh.Xo‘jaev, A Xakimov)

Bo‘za (nixollar)
— shonalash
— hosil olish davri

Zararlanish darajasi
5-7%
- 10 %
- 20 - 25%

Birgalikda tarqalganda shira, trips, o‘rgimchakkana (Sh.T.Xo‘jaev, A.Xakimov)

G‘o‘za shonalashgacha
— shonalash
— hosil olish davri

Zararlanish darajasi
4-5%
- 6-7%
- 10 - 15%

Issiqxona oqqanoti
(Sh.T.Xo‘jaev, A.Xoshimov)

G‘o‘za shonalashgacha
(shonalashgacha)
— (shonalashdan keyin)

Zararlanish darajasi
15-20% (zichligi 7-8 dona o‘simlikka)

G‘o‘za oqqanoti
(Sh.T.Xo‘jaev, Sh.Otaxonov)

Shonalashdan keyin

15-16% zararlangan o‘simliklar

Kuzgi va undov tunlamlari
(Sh.T.Xo‘jaev, K.Durdiev)

G‘o‘za nixollari

Har m2da 1,5-2 ta qurt (qisman sho‘ra va pechak mavjudligidan)

G‘o‘za tunlami
(Sh.T.Xo‘jaev)

G‘o‘za (shonalashdan keyin, I, II va III avlodi)

100 tup g‘o‘zada o‘rtacha 8 -10 ta I-III yosh qurtlari mavjudligi

Beda qandalasi (Sh.T.Xo‘jaev, O.Eshmatov, M.M.Tashpo‘latov 1989)

Ipak paxtada O‘rta tolali paxtada

Har 100 tup g‘o‘zaga 150
-200 ta qandala
80-120 ta

Issiqxona va g‘o‘za oqqanotlari (Sh.T.Xo‘jaev, Sh.Otaxonov)

Pomidor (gullashgacha)
Gullagandan keyin

Zararlanish darajasi
25-35%
50-70%

Pomidorning zang kanasi (Sh.T.Xo‘jaev, K.Mamatov)

Qiyg‘os hosilga kirganda

5-10%

Fitonomus (N.Maxmudxo‘jaev)

Beda (birinchi o‘rim)

Har m2da 3-8 ta qo‘ng‘iz yoki 1 ta poyada o‘rtacha 1 ta qurt

Oddiy uzunburun qo‘ng‘izi

Qand lavlagi (nihollari)

Har m2da 0,2-0,3 ta qo‘ng‘iz

Janubiy lavlagi uzunburun qo‘ng‘izi

Qand lavlagi (nihollari)

Har m2da 2-3 ta qo‘ng‘iz

Zararli xasva

Bug‘doy (shoxlash davri) gullab,
hosil tortish davri

Har m2da 2-3 ta qandala
Har m2da 5-10 ta qandala

Kulrang don tunlami

Bug‘doy (boshoqlash davri)

Har 100 ta boshoqda o‘rtacha 20 ta qurt

Don vizildoq qo‘ng‘izi

Boshoqli ekinlar (boshoqlash davri)

Har m2da 2-3 ta qurt

Don shiralari

Boshoqli ekinlar (boshoqlash davri)

Zararlanish darajasi 50% ga yetib, har bir poyaga 5-10 ta shira to‘g‘ri kelsa

Donli ekinlarning Shved va boshqa pashshalari

Donli ekinlar (nihol va shoxlash davri)

Sochqining har 100 harakatiga 30-50 ta pashsha ilinsa

Kuzgi tunlam

Turli ekinlar

Har m2da 2-3 ta qurt

Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklarni ko‘payishi va tarqalishini oldindan aniqlash va xabarlash xizmatining ishlarini muhim qismlaridan biri hisobga olish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir.
Zararkunanda va kasalliklarni hisobga olishni shartli ravishda quyidagi guruxga bo‘linadi:
1. Tuproq ichida hisobga olish.
2. Tuproq sirtida va o‘simlik qoldiqlarida hisobga olish.
3. Aldamchi yemlar va turli xil xashorat tutqichlar orqali hisobga olish.
4. Zararkunanda va kasalliklarni o‘simlikda hisobga olish.

Tuproqni yashab zararlovchi zararkunandalarni aniqlash va hisobga olish uchun 25x25 sm, 50x50 sm, 0,5-100 sm ba’zan esa kvm yuzada turli chuqurlikda qazish ishlari o‘tkazilib hisobga olinadi.


Namunalar diagonal (shaxmat) usulida olinadi. Namuna soni 10 ga da 8 ta, 11-50 ga da 12 ta, 51-100 ga da 16 ta.
Qazish jarayonida tuproqlar ko‘z bilan kuzatiladi, simli elakdan o‘tkaziladi va yuvilishi mumkin. Namunalarni tuproq burlari orqali ham olish mumkin. Yuvish ishlari namuna ekilgan joyda o‘tkaziladi. Topilgan xashoratlar g‘umbak va tuxumlar suvda 10-15 sek. qaynatib imagolari paxta qatlami ustiga teriladi, tuxum va lichinkalari 4 % li formalinda yoki 70 % li spirtda saqlanadi.
Tuproq sirtida va o‘simliklar qoldiqlarida uchrovchi zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini hisobga olish uchun har bir maydonda namunalar olinadi. Namunalar 25x25 sm, 50x50 sm, 100x100 sm xajmli kvadrat yoki cho‘ziq 40x100 sm shaklida bo‘ladi. Agar bir dalada 12 ta namuna olinsa, shundan 9 tasida qo‘ng‘iz (yoki boshqa xashorat) uchrasa uchrovchanlik 9x100 : 12 q 75 % ni tashkil etadi.
O‘simliklarni kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘simlik qoldiqlarida va qishlovchi o‘tlarda hisobga olinadi. 29 Zararli xashoratlarni hisobga olishda aldoqchi yemlar (achitqilar, shinnilar, jalb qiluvchi ekinlar) va turli xil tutqichlar (tuproqda yashirilgan bankalar) yorug‘likda xashorat tutqichlar va xokazolardan foydalaniladi.
Ayniqsa kapalaklarni tutishda feromon tutqichlardan keng foydalanilmoqda.
Yorug‘likda xashorat tutqichlar stolbalarga 3-4 metr balanlikda ilinib qo‘yiladi. Feromon tutqichlar daraxtlarni shoxlariga ilib qo‘yiladi yoki dala ekinlarida tuproqqa joylashtirilgan tayoqchalarga o‘rnatiladi.
Xashorat va boshqa zararkunandalarni o‘simliklarda hisobga olish uchun ishlab chiqilgan uslubiyot bo‘yicha modem o‘simliklarda yoki tasodifiy tanlab olingan o‘simlikda kuzatiladi.
Zararkunanda va foydali xashoratlar soni 100 o‘simlikda, 100 bargda hisobga olinadi. O‘simliklarda uchrovchi xashoratlarni entomologik sachqilar orqali ham hisobga olinadi.
Entomologik sachqilar ayniqsa beda zararkunandalari (beda qandalasi va x.k.) ko‘p uchet qilinadi. Oqqanotlarni hisobga olishda yelim surtilgan sariq qog‘ozlardan ham foydalaniladi. O‘simliklarni (meva, barg eti orasida, po‘stloq ostida, yog‘och) ichida uchraydigan xashoratlar kesish va yorib ko‘rish orqali aniqlanadi. Xashorat va kanalar lupalar orqali kuzatiladi.
O‘simliklarni kasalliklarini ball orqali ifodalanadi:
5 % zararlansa - 1 ball,
5-25 % zararlansa - 2 ball,
25-50 % zararlansa - 3 ball,
50-75 % zararlansa - 4 ball,
75-100 % zararlansa - 5 ball va xokazo.
Kasallikni qo‘zg‘atuvchilarning turlari laboratoriyalarda mikroskop va binokulyarlar ostida aniqlanadi.

Download 117.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling