Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish
Download 117.93 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depressiya bosqichi
Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari , kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish Ma’lumki o‘simliklarni himoya qilish tizimini asosiy maqsadi o‘simliklarni himoya qilishni barcha usullaridan samarali foydalanib agrotsenozeardagi fitosanitar holatini eng maqbul darajada saqlab turishdir. Bunga esa zararkunanda va kasalliklarni ommaviy urchish va ko‘payish muddatlarini oldindan bilish, ularni ekinlarga yetqazishi mumkin bo‘lgan xavf darajasini aniqlash orqaligina erishish mumkin. Bashorat va xabarlash ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish o‘simliklarni himoya qilish chora tadbirlarini kutilayotgan zararni oldini olish tadbirlari sifatida o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa qo‘llanishi lozim bo‘lgan kimyoviy ko‘rash vositalarini salmog‘ini kamaytirish, ortiqcha sarf-harajatlarni kamaytirish eng asosiy ekologiyani sog‘lomlashtirishga imkoniyat yaratadi. Oldindan bilib olish xizmatini tashkil etmay turib o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish ishlarini aniq rejalash, samarali tarzda o‘tkazish, ishlov berish maydonlarini xajmini aniqlash va chora-tadbirlarni samarali o‘tkazish masalasini xal etib bo‘lmaydi. Zararkunanda va o‘simlik kasalliklarni oldindan bilib olish, boshlanajak zararlarni oldini olish chora-tadbirlarini, qirib tashlash ishlarini uz vaqtida o‘tkazish, himoya vositalarini ishlab chiqarishni yoki sotib olishni rejalashtirish, mashina va jixozlarni tayyorlab qo‘yish imkonini beradi. Shu sababli xozirgi paytda o‘simliklarni himoya qilish xizmati tarkibida bashorat qilish va oldindan xabarlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardir: 7 1. O‘zbekistonda uchraydigan zararkunanda va kasalliklarni turi va rivojlanishi dinamikasini o‘rganish. Ular tomonidan ekinlarga yetadigan zararni doim aniqlab borish. 2. Ko‘p tarqalgan zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rash muddatlari va usullarini xududlarda tashkil etish va xabarlash. 3. Ekinlar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi tashkil etilayotgan ko‘rash choralarini uz vaqtida ibratli qilib o‘tkazilishini nazorat qilish. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki bashorat qilish va xabarlash xizmatini to‘g‘ri tashkil etmay turib o‘simliklarni himoya qilish ishlarini o‘tkazish imkoniyati yo‘q desa ham bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklarini rivojlanishini va ko‘payishini bashorat qilishning bir qancha shartlari bor. Birinchidan, bashorat qilinadigan ob’ektning rivojlanishi xususiyatlari, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchanligi va dinamika sonidagi bu o‘zgaruvchanlikni sabablari haqida ma’lumotlar. Ikkinchidan, informatsiyalar yig‘ish va ularni qayta ishlash uchun uslubiy ko‘rsatmalar bo‘lishi lozim. Uchinchidan, shu masala bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi (uyushmasi) bo‘lishi lozim. O‘simliklarni himoya qilishda bashorat qilishning asosiy ob’ektlari zararkunanda va entomofaglar populyatsiyalaridir va o‘simlik - fitofag - entomofag tizimidagi aloqalardir. Aniqlanishicha zararkunanda xashoratlarning soni (miqdori) keskin o‘zgarishini asosiy sababi biotik bo‘lmagan va biotik omillarning birgalikda ta’siri. Ma’lumki, populyatsiyadagi o‘zgarishlar biroz kechiqib boradi. Masalan, zararkunandani rivojlanishi bir necha bor qulay mavsum bo‘lgandan keyin tez ko‘payadi va aksincha bir necha bor noqulay sharoiti mavsumlar bo‘lgandan keyin pasayishi mumkin. Zararkunandalarni populyatsiyalarini dinamikasida 4 ta bosqich kuzatiladi: 1. Depressiya bosqichi - bu bosqich bir necha karra noqulay sharoitli mavsumdan keyin kuzatiladi. 8 2. Ko‘tarilish bosqichi - oziqa muhiti va meteorologik muhit qulay bo‘lganda kuzatiladi. 3. Yoppasiga ko‘payish bosqichi - bu qulay sharoit davom etaversa kuzatiladi. 4. Pasayish bosqichi - bu bosqich ozuqa sharoitini yoki meteorologik sharoitni aloxida yoki ikkilanishi ham yomonlashishi natijasda kuzatiladi. Zararli organizmlarning kelgusida ko‘tilayotgan tarqalishining o‘zgarishi va ulardan ayrim turlarining yoki ular majmuining iqtisodiy ahamiyatini ifodalash 3 xil bashorat asosida olib boriladi: ko‘p yillik hamda uzoq, va qisqa muddatli. Uzoq muddatli (yillik) bashorat asosida kelgusi yilda O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha olib boriladigan barcha tadbirlar rejasi to‘ziladi. Tug‘ri va mukammal berilgan uzoq muddatli bashorat kelgusi yilda qanday zararkunanda yoki kasallikka qarshi kurash choralari o‘tkazish lozimligi, zararkunanda va kasalliklarning paydo bo‘lish muddati, ularning ommaviy tusda tarqalish joylari to‘g‘risida axborot beradi. Qisqa muddatli bashorat bir necha kundan boshlab bir oy muddatda juda tez tarqaluvchi zararkunanda va kasallik turlari uchun to‘ziladi. Yillik bashoratga qaraganda bunda ma’lumotlar to‘larok aniqlanadi. Qisqa muddatli bashorat bahor, yoz va ko‘zda beriladigan mavsumiy bashoratlar kabi qishloq xo‘jalik tadbirlarining ma’lum bir davrida o‘tkaziladigan tadbiriy choralarni belgilaydi. Shuningdek, qisqa muddatli bashorat hududda ko‘tilmagan ekologik holat yuz berganda, masalan, ob-havo harorati- ning yoki boshqa holatlarning keskin o‘zgarishi qishloq ho‘jalik tadbirlari o‘tkazish muddatiga ta’sir qilganda beriladi (yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganda eqish muddati cho‘ziladi yoki kuzgi shudgor vaqti o‘zgaradi va x.k). Bunday ekologik o‘zgarishlar tufayli qisqa muddatli bashorat asosida qishloq xo‘jaligida himoya qilish rejasiga ko‘shimcha tadbirlar kiritilishi yoki ba’zi rejalashtirilgan tadbirlar chiqarib tashlanishi ham mumkin. 9 Mavsumiy yoki qisqa muddatli bashoratnomalar bashorat punkglari (ho‘jalik, tuman, viloyat) xodimlari tomonidan to‘ziladi, o‘zoq muddatli bashorat ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan bashorat punktlari bilan hamkorlikda to‘ziladi. Ko‘p yillik bashorat odatda bir yildan ortiq muddat uchun ilmiy-tekshirish muassasalari tomonidan to‘ziladi. Bunday bashorat qilinajak ilmiy izlanishlar rejasini asoslash, pestitsidlar ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularni yangilash, viloyat (Respublika)da o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, mo‘taxassislar tayyorlashni rejalashtirish kabi ishlarni amalga oshirish maqsadida to‘ziladi. Agar qishloq xo‘jaligidagi qayta ko‘rishni rejalashtirish natijasida ba’zi zararli organizmlar zararining ortishi yuz bersa, yangi, yanada takom illashtirilgan kurash tizimi ishlab chiqilib, ularning zararliligini kamaytirish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. O‘simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan profilaktika maqsadida himoya qilish ishlarini tashkil qilish natijasida xo‘jalikda zararli organizmlarning kelgusida tarqalishining oldi olinadi. Bunday axborotlar yillik qisqa muddatli va ko‘p yillik bashoratlarda ko‘zda tutiladi. Ana shularni hisobga olgan holda, kelgusida bunday zararli organizmlar qay darajada tarqalishidan qatiy nazar, ularga qarshi profilaktik ishlovlar (ypyg‘ va eqish materiallarini ekiщdan avval dorilash, daraxtlarga va dala chekkalariga erta bahorda ishlov berish va h.k) berish rejalashtiriladi. Har qanday bashoratda ham eng avval zararkunandalarning nazorat qilinayotgan joylardagi tarkibini aniqlash lozim, ayniqsa yangi turlar aniqlanishiga e’tibor berish kerak. Har bir aniqlangan yangi tur zararkunanda tug‘risida bashorat punktlari yoki o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha mo‘taxassislarga o‘sha aniqlangan yangi zararkunanda namunasi bilan birga axborot berilishi zarur. Har bir bashorat punkti uchun, doimiy, muntazam kuzatuv olib borishga mo‘ljallangan zararli organizmlar ro‘yxati viloyat bashorat va biousul laboratoriyasi tomonidan belgilab beriladi. 10 Bashorat uchun zararli organizmlarning alohida bir rivojlanish davrlarining paydo bo‘lishini aniqlash ham juda muhimdir. Ko‘pgina zararli organizmlar uchun bunday muddatlar aniqlangan, biroq ularni har yili har bir hudud tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda qaytadan nazorat qilish, aniqlash lozim. Zararkunanda, kasalliklarni paydo bo‘lishini ularga qarshi tadbirlar muddati va hajmini bir necha kun avval bashorat qilish axborot deyiladi. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklarini bashorat qilishning quyidagi tiplari farqlanadi: Download 117.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling