Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish


Download 117.93 Kb.
bet2/8
Sana14.10.2023
Hajmi117.93 Kb.
#1701932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu

1.Ko‘p yillik bashorat; 2.Yillik (uzoq muddatli) bashorat; 3.Mavsumiy bashorat; 4.Qisqa muddatli bashorat.
Har qanday turdagi bashoratni tayyorlash va tuzish himoya qilinayotgan o‘simliklar va zararli hashoratlarning hayot siklidagi aniq belgilangan fenologik davrlarida yig‘iladigan ma’lumotlarga asoslanadi. Shu davrlarning boshlanishini to‘g‘ri aniqlash ma’lumotlarni yig‘ish tartibini soddalashtiradi, kuzatuvlar va hisobot ishlarini kamaytiradi. Shu bilan birga fenologik ma’lumotlar himoya qilish choralarini tanlash va o‘tkazish muddatini aniqlashga mezon bo‘lib xizmat qiladi. Zararli organizmlar fenologiyasi prognozini tuzishda metereologik ma’lumotlariga asoslangan turli usullar qo‘llaniladi. Turli metereologik ko‘rsatkichlarni hisob turlari va ularni zararli hashoratlar rivojlanishida va tarqalish bashoratida ishlatish prinsiplari quyidagilardan iborat: fenoklimogramma usuli, giperbola va ta’sir qiladigan haroratlarni jamlash usuli, fenologik signallarni hisobot qilish usuli, issiqlik imkoniyatlari va hashoratlarning issiqlik ehtiyojini bir vaqtda hisobga olish usuli. Fenogrammalar usulidagi prognoz tabiatdagi ekologik qonuniyatlar aks etadigan ko‘p yillik fenodatlar turg‘unligi qoidasiga asoslangan. Bu qoida fenogrammalar yordamida hashoratlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi vaqtlarini prognoz qilishga imkoniyat beradi.
Fenogramma usuli hashoratlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi muddatini ko‘p yillik prognozda bir, ikki, o‘n kunlik, agar shu 11 yilning bahoriga qarab o‘zgartirish kiritsak, besh kundan bir o‘n kungacha aniqlik bilan aniqlashga asos beradi (Dobrovolskiy B.V., 1969).
Giperbola va ta’sir qiladigan haroratlarni jamlash usuli hashoratlar rivojlanish tezligi muhitning haroratiga bog‘liqligiga asoslanadi. Bu usul bilan faqatgina hashoratlar rivojlanish tezligi emas, balki shu joydagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan avlodlar sonini aniqlash mumkin. Hashoratlarning rivojlanish tezligi muhitning haroratiga bog‘liqligini quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin:
P
X = ⎯⎯⎯ - S
T
T - rivojlanish davridagi harorat;
S - rivojlanish ostonasi harorati (demak T-S taassurot tug‘diradigan harorat);
P - rivojlanish kunlar (yoki soatlar) soni.
Taassurot tug‘diradigan harorat jami va ostonasi butun avlod rivojlanishi yoki rivojlanish bo‘g‘inlari uchun deyarli o‘zgarmas kattalik va ma’lum sharoit mavjud bo‘lganda o‘z turi uchun biologik o‘ziga xos bo‘ladi. Bu usulni amalda ishlatish quyidagidan iborat bo‘ladi: yaqin joydagi meteostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, taassur tug‘diradigan haroratning yig‘indisi hisoblanadi. Rivojlanishning ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan, kerakli bo‘g‘inini aniqlovchi haroratga yaqinlashganda qisqa muddatli prognoz va signalizatsiya qilinadi.
Ko‘p yillik haroratlarning o‘rtacha miqdori bo‘yicha shu yerdagi ayrim harorat turlari avlodlarining soni nazariy hisoblanishi mumkin. Berilgan hashorat rivojlanishining butun davr chun taassur tug‘diradigan haroratlar yig‘indisini bir avlod yashashi uchun kerak bo‘ladigan taassur tug‘diradigan haroratlar yig‘indisiga bo‘linadi.
Hashoratlar issiqlik ehtiyojini va issiqlik resurslari bir vaqtda hisob qilish bo‘yicha prognoz qilish usuli A.S. Podolskiy tomonidan keyingi o‘n yillikda ishlab chiqilgan (1967, 1974). Bu usul 12 hayvonlar yoki o‘simliklarning issiqlik ehtiyojini va yashash joyining issiqlik resurslarini bir vaqtda hisob qilib, grafik ravishda tasvirlaydi.
Joyning issiqlik imkoniyatlari hisoblanadi va yilning istalgan vaqtidagi o‘rtacha o‘n kunlik haroratini ko‘rsatib, grafikka tushiriladi. Chiziqlarga o‘n kunlikning o‘rtasidagi kun qo‘yiladi va ular kesishgan nuqtalari joyning issiqlik resersi setkasini tashkil qiladi. Hayvonlar yoki o‘simliklarning harorat ehtiyoji chizig‘i rivojlanishning aniq bir davri uchun o‘rtacha temperatura sifatida quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:
t
tur. = ⎯⎯
n
ya’ni bu davrdagi o‘rtacha kun haroratlari yig‘indisi bu davrdagi kunlar soniga bo‘linadi.
Issiqlik fenogramma usuli fenologik va faqat haroratlar korrelyatsiyalariga asoslangan.
Poykilo term organizmlar rivojlanish tezligi va fizik faktorlar orasidagi termodinamik korrelyatsiyalarga asoslangan to‘g‘ri prognoz usullarini yaratish ochiq tabiatda bo‘layotgan xodisalardagina emas, biologiya ishlab chiqarish sexlarida, biologlarning laboratoriyalarida katta praktik ahamiyatga ega.
Zararli hashoratlar fenologiyasini prognozlashtirishda M.V. Aleksandrov (1974) usuli diqqatga sazovordir. Ushbu usul 1988 yilda N.V. Vilimaytisning dissertatsiya ishida aprobatsiya qilingan. Rivojlanish usuli poykiloterm organizmlarning rivojlanish tezligi va atmosfera termodinamik protsesslarning korrelyatsiyasiga bog‘liq.
Bashorat tuzish uchun quyidagi meteorologik ma’lumotlar yig‘iladi:
1. Dekadalar bo‘yicha harorat va yog‘in miqdori.
2. Kuz, qish, bahor, yozni kirib kelish o‘rtacha muddatlari. Kuzda havo haroratini qat’iy 15 0S - 0 0S, qishda 0 0S dan pastga tushishi
13 va bahorda haroratni 0 0S da 15 0S ga ko‘tarilishi va yozda o‘rtacha havo haroratini 15 0S dan yuqoriga o‘tish muddatlarini aniqlash.
3. O‘rtacha, eng past (minimal), eng baland (maksimal) havo haroratlari (0S).
4. Dekadalar bo‘yicha yog‘in miqdori mm.
5. Meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish havo harorati, namligi, tuproqni 15-20 sm chuqurlikdagi harorat, eng pastki va yuqorigi haroratlar va x.k.
6. Populyatsiyaning yashovchanligi (yetukligini) aniqlash.

Mana shu ma’lumotlarga ega bo‘lgandagina biror bir hashorat (yoki zararkunanda)ga bashorat tuzish mumkin. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib bashorat tuzish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas.


Hashoratlarning rivojlanishi asosan harorat va havo namligiga bog‘liq. Hashoratlarning rivojlanishini haroratga bog‘liqligini hisoblash yo‘llaridan foydali harorat yig‘indisini hisoblashdir. Shu narsa aniqlanganki hashoratlarning rivojlanishi ma’lum bir haroratlar oraligida o‘tadi. Rivojlanish uchun zarur bo‘lgan eng pastki harorat, pastki bo‘sag‘a va yuqori harorat yuqori bo‘sag‘a.
Shu ikkala bo‘sag‘a orasidagi harorat foydali harorat yig‘indisi deyiladi.
Foydali harorat yig‘indisi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
eff. = (Tsut. - tbo‘sag‘a) • N
bu yerda eff. - foydali harorat yig‘indisi;
Tsut. - sutka mobaynidagi o‘rtacha harorat 0S.
tbo‘sag‘a - pastki rivojlanish bo‘sag‘asidagi harorat 0S.
N - Tsut. Aniqlangan kunlar soni.
Masalan: Kuzgi tunlamning tuxumidan 10 kunda qurt chiqishi kuzatiladi. 10 kunda o‘rtacha havo harorati 20 0S buldi. Bo‘sag‘a 10 0S.
eff. = (Tsut. - tbo‘sag‘a) • n = (20 - 10) • 10 = 100
eff. = 100 0S
Foydali harorat yig‘indisi va pastki rivojlanish bo‘sag‘asini, hamda o‘rtacha sutkalik havo haroratini bilgan xolda hashoratning har 14 bir rivojlanish bosqichi yoki butun inersiya o‘tish muddatini ham aniqlash mumkin. Bu quyidagi formula bilan topiladi:
eff
n = ⎯⎯⎯⎯
Tsut -tbo‘sag‘a
Masalan: Kuzgi tunlamning rivojlanishi uchun foydali harorat yig‘indisi 550 0S kerak bo‘lsa shu davrda Tsut. q 25 0S bo‘lgan bo‘lsa:
eff 550 550
n = ⎯⎯⎯⎯ = ⎯⎯⎯ = ⎯⎯ = 36,6
Tsut -tbo‘sag‘a 25-10 15
n = 36,6 - ya’ni yuqorida kuzatilgan sharoitda kuzgi tunlamning bir avlodini o‘tishi 36-37 kunga to‘g‘ri keladi.
Joriy yil yoki oyning ob-havosini boshqa yil yoki oylardan farqini aniqlash uchun gidrotermik koeffitsientni aniqlash orqali o‘rganiladi.
Davrdagi yog‘ingarchilik miqdori  10
GTK = ⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯ =
Davrdagi aktiv harorat yig‘indisi
Masalan:
250  10
GTK = ⎯⎯⎯⎯ = 1,25
2000
Foydali harorat yig‘indisi, pastki harorat bo‘sag‘asi va o‘rtacha kunlik (sutka) havo haroratini bilgan xolda zararkunandaning har bir rivojlanishi bosqichi yoki nasli davom etadigan ko‘p sonini aniqlash mumkin.
Biroq o‘tkaziladigan hisob-kitob bilan tabiatda bo‘ladigan holat o‘rtasida ma’lum farq bo‘ladi. Shuning uchun tuzatishlar kiritiladi.
Qisqa muddatli prognoz fenologik indikatorlar yoki fenosignal orqali ham aniqlanadi. Ya’ni zararkunanda oziqlanadigan o‘simlik rivojlanishi zararkunanda o‘rtasidagi bog‘liqlik.



Download 117.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling