Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish
Download 117.93 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voha chigirtkasi.
Otbosar chigirtkasi. Alohida tur sifatida mustaqil hayot kechirmaydi va asosan Marokash chigirtkasi va turon chigirtkasi tarqalgan maydonlarda hayot kechiradi. Otbosar chigirtkasi Marokash chigirtkasiga juda ham o‘xshab ketadi, ularni bir-biridan ajratib turuvchi belgilari: Marokash chigirtkasiga nisbatan tanasi yo‘g‘on, tuproq rang, ko‘krak oldidagi X belgisining pastki qismi uchburchak bo‘lib ko‘rinadi. Yetuk yoshdagi chigirtkalarning tepa old qanotlari Marokash chigirtkasiga nisbatan kalta. Tuxum ko‘zachalari Marokash chigirtkasiga juda o‘xshash, ammo uzunligi kichikroq 19-30 mm, qalinligi 5-6 mm bo‘lib, ko‘zacha ichida 15-20 tagacha tuxum joylashgan, ko‘zachaning yuqori qismida Marokash chigirtkasidek oq ko‘pik
yo‘k. Otbosar chigirtkasining erkak lichinkasi 4 yoshdan, urg‘ochisi 5 yoshdan keyin yetuk (imago) yoshga o‘tadi. Yashash tarzi Marokash chigirtkasiga o‘xshash. Otbosar chigirtkasi Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonning lalmi xududlarida keng tarqalgan bo‘lib, asosiy «O‘choqlari» Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarining shimoliy qismida joylashgan. Tuxum ko‘zachalaridan lichinkalarni chiqishi Marokash chigirtkasiga nisbatan 10-15 kun erta boshlanadi va 20-25 kundan so‘ng erkaklari qanot chiqarsa, urg‘ochilari esa erkaklariga nisbatan 3-5 kundan so‘ng qanot yozadi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Otbosar chigirtkasi aprel oyining o‘rtalaridan o‘tib qanot yozadi. Qanot yozgandan 2-3 kundan so‘ng urchiy boshlaydi. Oradan 3 kun o‘tgandan so‘ng tuxum ko‘zachalarini ko‘ya boshlaydi. Voha chigirtkasi. O‘zbekistonning barcha sug‘oriladigan yerlarida go‘za maydonlari yaqinida paydo bo‘ladi va ularga zarar keltiradi. Voha chigirtkasi o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan qir chigirtkasi yoki turon chigirtkasiga (prusi) juda o‘xshab ketadi, ammo ularning egallagan va tar- qalgan maydoni bir-biridan juda katta farq qiladi. Voha chigirtkasining yetuk yoshdagisi (imago) qoramtir qo‘ng‘irdan oq 36 kul rang yoki sarg‘ish kul ranggacha bo‘ladi, yelka satxi yassilangan, oldingi ko‘krak ostida hamma pruslarga xos o‘simtasi bor, qanotlarining asosiy qismi pushti, sakrovchi oyoqlari juda ham yo‘g‘on, ikki tomoni pushti, boldirlari qizil yoki pushti rangda, erkaklari ypg‘ochisiga nisbatan ancha kichik. Tana uzunligi erkaklariniki 14-25 mm, urg‘ochilariniki 26-38 mm. 1 kv.m maydonga, odatda 5-20 ta, ayrim yillari esa 1000 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Lichinkalarning tuxumdan chiqishi aprel oyining oxirlaridan to iyun oyigacha davom etadi. Chigirtkalar galasi ko‘paygan yillarda xuddi Marokash chigirtkasi singari gala bo‘lib ekinzorlarga uchib o‘tadi. Tabiiy nobud bo‘lish davri sentabrdan noyabr oyigacha davom etadi. Download 117.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling