Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishini oldindan bashorat qilish


Download 117.93 Kb.
bet5/8
Sana14.10.2023
Hajmi117.93 Kb.
#1701932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu

Kuzgi tunlam (Agrotics segetum) hammaxo‘r zararkunanda. Qurtlari ekinlarning ekilgan urug‘lari, maysalarga katta zarar yetkazadi.
Kuzgi tunlamning rivojlanish muddatlariga oid prognozlar yaqin fazada joylashgan meteorologik stansiya yoki postlarning agrometeorologik kuzatishlaridan olingan ma’lumotlar asosida tuzib chiqiladi.
Zararkunandaning rivojlanishiga doir uzoq muddatli va qisqa muddatli prognozlar asosida kuzgi tunlamning g‘o‘za va boshqa ekinlarga tushish havfi ma’lum qilinadi.
O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish instituti tomonidan tuzib chiqilgan mavjud metodikaga muvofiq zararkunanda kapalaklarning bahorda paydo bo‘lishi va rivojlanishi muddatlari foydali temperaturalar yig‘indisi (500S) qarab aniqlanadi, u havoning o‘rtacha o‘n kunlik harorati yuzasidan hisoblab chiqiladi (shunda harorat 100S dan kam bo‘lmasligi zarur).
Dastlabki kapalaklarning uchish vaqtini harorat ko‘rsatkichlariga qarab aniqlash ularning asosiy uchadigan davrini o‘z vaqtida belgilash uchun zarur. Aksari 20-30 kun davomida o‘rtacha o‘n kunlik harorat 20 ga yaqin va undan ortiq bo‘lganida kapalaklarning asosiy qismi uchadi.
Kuzgi tunlamning ikkinchi va undan keyingi avlodlari kapalaklarning ucha boshlanishini aniqlash uchun ilgarigi avlod 33

kapalaklarining ucha boshlagan muddatidan e’tiboran bo‘lgan foydali harorat yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Foydali harorat yig‘indisi 5500S bo‘lishi yangi avlod kapalaklarining ucha boshlash muddatini ko‘rsatadi.


Uzoq muddatli prognozi belgilashda kuzda birinchi yosh qurtlar uchun havoning o‘rtacha o‘n kunlik foydali harorati 250S dan past bo‘lgan yig‘indisiga e’tibor beriladi. O‘rta Osiyoda va O‘zbekistonda bu muddatlar odatda avgustning uchinchi o‘n kunligidan boshlanadi. qurtlik stadiyasining muvaffaqiyatli tugallanishi uchun zarur foydali harorat yig‘indisi 4000S va undan oshiq bo‘lishi, qishlashga kirayotgan zararkunandaning havfli ekanligidan dalolat beradi.
Issiqlik yetishmagani sababli to‘yib oziqlanmagan qurtlar tuproqning yuza qatlamida qoladi va sovuq tushguncha oziqlanishni davom ettiradi. Ular ko‘pincha kasallikka chalinadi va qiriladi yoki entomofaglarga yem bo‘ladi.
Keyingi yillarda kuzgi tunlamni qishlab chiqqan va keyingi avlodlarini rivojlanishini aniqlash uchun yana ham aniqrok usul - feromon tutqichlar ishlatish usuli tavsiya etiladi.
Har 5-15 ga ekinga bitta tutqich joylashtirib, bu yerda kuzgi tunlam rivojlanishini nazorat ostiga olib, trixogrammani dalaga chiqarish muddatini yoki juda havfli uchastkalarni belgilab, kirish choralarini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash mumkin.
Shuni ham qayd etish kerakki, feromon tutqichlar ishlatish usuli umumiy qabul qilingan hisoblash usulini inkor etmaydi. Aksari, bu har ikkala usul uz afzalliklarini namoyon etib, bir-birini to‘ldiradi va prognoz, signalizatsiya aniqligini oshirib mutaxassislarga katta yordam beradi.

Download 117.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling