Qishloq xo'jalik homashyosi va ularni qayta ishlash Reja
Download 24.47 Kb.
|
Qishloq xo\'jalik homashyosi va ularni qayta ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida biotexnologiyaning roli
Qishloq xo'jalik homashyosi va ularni qayta ishlash Reja: Oziq-ovqat sanoatida biotexnologiyaning o'rni Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari. Biotexnologiyaning asosiy mahsulotlarini sxematik taqsimlanishi Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida biotexnologiyaning roli Biotexnologiyaning rivojlanishi nafaqat an'anaviy biotexnologik jarayonlarni, xususan mikroorganizmalardan foydalanib bijg'itishni takomillashtirish, samaradorligini oshirish va avtomatlashtirilishi bilan, balki batamom yangi jarayonlarni ishlab chiqish bilan ham belgilanadi. YAngi jarayonlarni ishlab chiqishda dastawal quyidagilar inobatga olinadi: iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish (oqsillar, amino va organik kislotalarni, vitaminlar va fermentlami olish uchun achitqilar, suv o'tlari va bakteriyalarni keng ko'lamda etishtirish); qishloq xo'jaligi o'simliklarining mahsuldorligini oshirish (in vitro to'qimalari asosida o'simlik turlarini saralash; bioinsektichidlar). SHunday qilib, biotexnologiya mohiyati jihatidan bakteriyalar, hayvonlar va o'simliklar xujayralarining metabolizmi va biosintetik imkoniyatlaridan foydalanib, o'zigaxos maxsus moddalarni ishlab chiqarishni anglatadi. 1978 yilda tashkil etilgan Evropa biotexnologiya federachiyasining ta'rificha, biotexnologiya - biokimyo, mikrobiologiya genetika va kimyoviy texnika bilimlari va uslublaridan foydalanish asosida texnologik jarayonlarda mikroorganizmlar va xujayralaming xossalaridan foydali tomonlarini ajratib olish imkoniyatini yaratadi. U oson olinadigan va yangilanadigan resurslar hisobiga insonning hayoti va farovonligi uchun muhim bo'lgan moddalar va birikmalarni olish imkoniyatlarini yaratadi. Sanoat miqiyosidagi biotexnologiya bioindustriya hisoblanadi (1-jadvalga qarang). Iste'mol mahsulotlarning tanqisligi va oqsilning kamyobligi kabi muammolarni hal qilish uy hayvonlarini parvarishlashda muhim komponent hisoblangan aminokislotalarni ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, bir hujayralilar oqsilini ajratib olish uslubini ishlab chiqish, parafinlar yoki boshqa xom ashyolami (chellyuloza, agrosanoat yoki qishloq xo'jalik chiqindilari, oqava suvlar) qayta ishlash, hamda o'simliklarni yuqori samarali turlarini tanlash yo'li hisobidan biotexnologiya yordamida amalga oshirilishi mumkin. Kelajakda biotexnologiya rekombinat DNK usullari asosida o'simlik oqsillari sintezini o'zlashtirish va sun'iy fotosintezga va azotli fiksachiyalashga erishishiga imkoniyat yaratadi. Oziq-ovqat muammosi doimo kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim muammolardan biri bo'lib kelgan. Inson o'zining yashashi uchun kerakli bo'lgan barcha narsalarni (kisloroddan tashqari), ovqatdan oladi. U sutkasiga 800 g gacha (suvdan tashqari) oziq-ovqat mahsulotlari va 2 litrga yaqin suv iste'mol qiladi. 1904 yilda I.P.Pavlov, Nobel mukofotini topshirish marosimida shunday degan: "Rizq-ro'z to'g'risida o'ylash inson hayotidagi barcha hodisalar ustidan behuda hukmronlik qilmaydi". Hozirgi vaqtda kurrai-zaminimizda 6 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda, 2005 у ga borib bu raqam 7 - 7,5 mlrd. ga etishi mumkin. Hozirgi paytning o'zida 4 mln. tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilinmoqda, aholi soni ortishi bilan, tabiiyki, ovqatga bo'lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarning, ayniqsa, oqsil mahsulotlari tanqisligini boshdan kechirib kelmoqda. Biroq oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sishini o'zi ovqatlanish bilan bog'liq bo'lgan barcha muammolarni hal qila olmaydi. U ratsional bo'lishi, ovqatlanish to'g'risidagi fanning asosiy qoidalariga mos kelishi, ya'ni fanning talablari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi strategiyasida inobatga olinishi kerak. Download 24.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling