Qishloq xo’jalik instituti
Download 334.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7579 uzsmart.uz
Ish tartibi: 1. Havoda qurigan, ko’zlarining o’lchami 1 mm bo’lgan elakdan
o’tkazilgan tuproqdan 10 g namuna olinadi va piyolachaga yoki kalka qog’ozga solinadi. 2. Piknometr (5-rasm) yoki 100 mlli kolbaga uning belgisiga qadar yangi qaynatilib, xona temperaturasigacha sovitilgan distillangan suv quyiladi. Suv solingan piknometr tarozida tortib uning massasi aniqlanadi. 3. Piknometrdagi suvning taxminan 2/3 qismi boshqa bir idishga qo’yiladi va piknometrga o’lchab qo’yilgan 10 g tuproq namunasi solinadi. 4. Tuproqdan havoni chiqarib yuborish uchun piknometr tuproq va suv bilan birga 30 minut qaynatiladi. Qaynash vaqtida piknometrdan suspenziya otilib chiqishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 5. Keyin piknometr sovitiladi, belgisiga qadar disstillangan suv qo’yiladi, sirti yaxshilab artilib va tarozida tortiladi. Sovushini tezlashtirish uchun issiq piknometr suv oqib turgan vodoprovod ostida ushlab turiladi. Tarozida tortish vaqtida piknometrdagi suspenziya harorati xona temperaturasida (18-20 0 C) bo’lishi shart, aks holda natija xato bo’lishi mumkin. Tortib ko’rish natijalari asosida tuproq massasining solishtirma og’irligi aniqlanadi. Bunda tuproqning og’irligi (A) va shu tuproq egallagan hajmni hisobga olish kerak. Tuproq egallagan hajmni piknometrdan siqib chiqarilgan suv og’irligi (hajmi) (B+A)-C dan bilib olish mumkin u olingan tuproq namunasining hajmiga to’g’ri keladi. Solishtirma massani hisoblab topish quyidagicha; 5-rasm. Tuproqning solishtirma massasini aniqlash uchun piknometr . 3 / ) ( sm g C A B A D , bu yerda D-solishtirma massa; V-piknometrning suv bilan birgalikdagi og’irligi; A-quruq tuproqning og’irligi; C-piknometrning suv va tuproq bilan og’irligi; (B+A)-C-siqib chiqarilgan suvning og’irligi (hajmi). Agar solishtirma massani aniqlash uchun havoda quritilgan tuproq olingan bo’lsa, u holda mutlaqo quruq tuproqning og’irligini ushbu formula yordamida hisoblab topish lozim: О Н G ах А 2 100 100 , bu yerda: A-mutlaqo quruq tuproqning og’irligi; a–tahlil uchun olingan havoda quritilgan tuproqning og’irligi О Н G 2 -gigroskopik nam miqdori, %. Download 334.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling