Qishloq xo’jalik instituti
Tuproqning zichligi (hajm massasi)ni aniqlash
Download 334.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7579 uzsmart.uz
Tuproqning zichligi (hajm massasi)ni aniqlash. Tuproqning tabiiy holdagi tuzilishi hajmining massasi uning zichligi (hajm massasi) deb ataladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajm massa tuproqning barcha massasi hajmini, ya’ni uning qattiq qismi va kovakliklarini o’z ichiga oladi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan 1,8 g/sm 3 gacha o’zgarib turadi. Tuproq massasi hajmining qiymati uning kovakliklariga, qattiq qismining og’irligiga, tarkibidagi organik moddalar miqdoriga, tuproqning tuzilishi va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Tuproqning zichligi ko’rsatkichi asosida tuproqdagi fizik shart-sharoitlar haqida ancha aniq tasavvur olish mumkin. Hajm massa tuproqning umumiy kovakligini, undagi oziq moddalar va nam miqdorini hisoblab topish uchun zarur. Tuproqning zichligi dala sharoitida, uning tabiiy tuzilishdagi buzilmagan holda maxsus metall silindrlar (N.A.Kachinskiy burg’ichasi singarilar) yordamida aniqlanadi (6-rasm). Silindrlar (kesuvchi halqalar) yog’och bolg’a bilan tuproqqa urib kirgiziladi va shu tarzda tuproq tuzilishini buzmagan holda kerakli hajmda namuna olinadi. Tuproq quritiladi, tarozida tortilib zichligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: V m d V , bu yerda: d V -tuproqning zichligi, g/sm 3 : m-quruq tuproqning massasi, g: V-silindr (halqa) ning hajmi. 6-rasm. Tuproqning hajmiy massasini aniqlash uchun namunalarolishga mo’ljallangan, qopqog’i olinadigan silindr. Laboratoriya sharoitida tuproqning zichligi odatda tuzilishi buzilgan sochilma tuproq namunasidan aniqlanadi, bu esa yerga ishlov berilgandan keyingi haydalma qatlam tuproqning zichligiga taxminan mos keladi. Download 334.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling