Qishloq xo’jalik instituti


Tuproqning umumiy kovakligini hisoblash


Download 334.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi334.85 Kb.
#1755662
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kitob 7579 uzsmart.uz

Tuproqning umumiy kovakligini hisoblash. 

Ma’lum hajm tuproq oralig’idagi bo’shliqlarning umumiy hajmiga kovaklik 


deb ataladi. Kovaklik tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va tuzilishiga 
bog’liq. Tabiiy sharoitda tuproq kovakliklari turli nisbatlarda suv va havo bilan 
to’lgan bo’ladi. 
Tuproqning kovakligi: umumiy, kapillyar va nokapillyar turlarga ajratiladi. 
Umumiy kovaklik tuproqdagi jami g’ovak bo’shliqlarning umumiy hajmidan 
iborat. Kapillyar kovaklik odatda tuproqning gilli zarralari tufayli hosil bo’ladigan 
juda ingichka (kapillyar) bo’shliqlar yig’indisidan iborat. Nokapillyar kovaklik 
deganda struktura agregatlari yoki yirik qumli zarralar oraligidagi bo’shliqlar 
yig’indisi tushuniladi. Me’yorida namlangan tuproqlarda kapillyar kovaklar odatda 
suv bilan, nokapillyar kovaklar esa havo bilan to’lgan bo’ladi. 
Kapillyar kovaklik bilan nokapillyar kovaklik orasidagi eng maqbul nisbat 
taxminan 1:1 deb hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi sharoitida eng 
maqbul kovaklikka odatda tuproqqa yaxshi ishlov berish (haydash, kultivasiyalash, 
boronalash singari) yo’li bilan erishiladi. 
Umumiy kovaklik quydagi formula bilan hisoblanadi: 
100
*
)
(
1
D
d
P
ум



bu yerda: 
ym
P
-umumiy kovaklik, %; d-tuproq zichligi (hajmiy massa), g/sm
3
; D-
qattiq qismining zichligi, g/sm
3
; 100–foizga hisoblash uchun. 
Tuproqning kovakligi yuqori bo’lishi bilan bir qatorda kapillyar kovakligi 
ham kattaroq bo’lishi va shuningdek aerasiya nokapillyar kovakligi esa barcha 
hajmning kamida 15-20 % ni tashkil etishi agronomiya nuqtai nazaridan muhimdir. 
Agar tuproqning namligi eng kam nam sig’imiga mos bo’lgan sharoitda aerasiya 
kovakligining hajmi barcha hajmning 15-20 % idan kam bo’lsa, u holda 
aerasiyasini yaxshilash uchun agronomik yoki meliorativ chora-tadbirlar ko’rilishi 
zarur. Qumoq va soz tuproqlar haydalma qatlamining umumiy kovakligini 
baholash uchun quyidagi shkala ishlab chiqarilgan (2-jadval). 


2-jadval 

Download 334.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling