Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskrish xisoblashning xususiyatlari va hisobi Reja kirish


Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari


Download 36.54 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi36.54 Kb.
#1016454
1   2   3   4   5   6   7
Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari
Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘i o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bir tomondan tabiiy omillar, ikkinchi tomondan ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oziga xosligi, avvalo, ishlab chiqarish protsessi yoki jonli organizmlar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish sikli uzoq davom etadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vazifasi aholiga oziqovqat, sanoat tarmoqlari uchun xomashyo yetishtirib berishdan iborat. Qishloq xo‘jaligi uchta asosiy tarmoqqa bo‘linadi: dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun fermerda yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilinadi. Qurilish bo‘limi, suv bilan ta’minlash stantsiyasi, mashina-traktor parki va hokazolar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iorat:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasiga mo‘ljallangan topshiriqning bajarilishini nazorat qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi zaxiralari, texnikasi va mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish.
3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqimi va kirimini o‘z vaqtida hisobga olish.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini to‘g‘ri kalkulyatsiya qilish.
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash.
6. Buxgalteriya hisobi ishlarining ilg‘or usullarini qo‘llash.
7. Davriy va yillik hisobotlarini o‘z vaqtida aniq, to‘g‘ri tuzish va topshirish.

Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishchi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar hisoblanadi. Masalan, otyoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishehi hayvon, nasl yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishehi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi hayvonlaming tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi.


Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bennaydi. Ular, odatda, 2- 3 yildan keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani ulami parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli o`laroq, ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot davri davomidaham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalarigaxizmat ko‘rsatishi mumkin.
Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab chiqarish sohalaridan tashqari yyetishtirilgan mahsulotlami xaridorlarga yuklab jo ‘natish va sotishga ham xizmatlami ko‘rsatadilar. Bu xususiyat buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalardayetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doirxarajatlar o‘rtasida taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.
Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Birinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonasining u yoki bu sohasiga bevosita aloqador asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summasi mos ravishdagi «Dehqonchilik» va «Chorvachilik» schotlariga olib boriladi. Bunda ushbu soha xarajatlariga olib borilgan eskirish summasini ifodalovchi summaga asosiy vositalaming mos ravishdagi guruhlari bo‘yicha eskirishi hisobiga moijallangan schotlar (0210-0290) kreditlanadi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonasining har ikkala ishlab chiqarish sohasiga hamda sotish jarayoniga xizmat qiluvchi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi dastlab 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida to‘planadi. Shundan so‘ng, hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartib-qoidalarga, masalan asosiy vositalami alohida olingan sohalarga ko‘rsatgan xizmatlariga ketgan vaqtiga ko‘ra jami hisoblangan eskirish summasi mos ravishda «Dehqonchilik», «Chorvachilik», «Davr xarajatlari» schotlariga olib boriladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining har bir sohasi bo‘yicha «Dehqonchilik» va «Chorvachilik» schotlariga olib borilgan amortizatsiya summalari ularda yetishtirilgan mahsulotlaming turlari o‘rtasidatannarxni kalkulyatsiyaqilishgaasos qilib olingpn tartib-qoidalargako‘rataqsimlab chiqiladi. Masalan, «Dehqonchilik» xarajatlariga olib borilgan amortizatsiya xarajatlari paxta, boshoqli don, poliz ekinlari va boshqa shu kabi mahsulotlar o‘rtasida borib chiqiladi. Xuddi shunday tartibda chorvachilik sohasigato‘g‘ri keluvchi amortizatsiya xarajatlari bu sohada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, masalan, go‘sht, sut, tuxumjun vashukabilaro‘rtasidataqsimlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvcni schotlar».
Hisoblangan va umumxo‘jalik xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya xarajatlarining mos ravishda tegishli ishlab chiqarish va sotish jarayonlari xarajatlariga taqsimot asosida kiritilishiga quyidagi buxgalteriyayozuvi beriladi:
Debet 2011 «Dehqonchilik»;
2012 «Chorvachilik»;
9410 «Sotish xarajatlari;
Kredit 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».
Qishloq xo‘jaIik texnikasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ulami terib olish va topshirish kabi xo‘jalik ishlarini bajarishda qatnashadigan barcha turdagi texnik vositalar.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorlarini tartibga solish bo'yicha Davlat dasturi, xomashyo qishloq xo'jaligi mahsulotlarining iqtisodiy va hududiy mavjudligini hisobga olgan holda, bunga erishish zamonaviy sharoitda qishloq xo'jaligi korxonalarini texnik modernizatsiya qilmasdan iqtisodiy sharoitlarni yaratish mumkin emas.
Biroq, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining ushbu yo'nalishda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi belgilangan ko'rsatkichlarga erishishga olib kelmaydi, o'sib borayotgan eskirish fonida asosiy fondlarni yangilash sur'atlari pasayishda davom etmoqda.
Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishda sifat menejmentining past darajasi ulardan foydalanish samaradorligini pasayishiga olib keladi. Zamonaviy iqtisodiy muhitda boshqaruv qarorlarining sifati ko'p jihatdan belgilanadi iqtisodiy-matematik usullar va iqtisodiy tadqiqot usullaridan foydalanish. Korrelyatsiya-regressiyadan foydalanish tahlili qishloq xo‘jaligida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining ko‘p omilli modelini olish imkonini berdi
Xaritalar va klaster profillarini tahlil qilish aktivlarning rentabelligi bo'yicha eng muhim ko'rsatkichlar samarali ekanligini ko'rsatdi. Asosiy vositalarni boshqarish - bu asosiy vositalarning yangilanish darajasi, mablag'larning faol qismining ulushi, asosiy vositalarning eskirish darajasi. Tahlil shuni ko'rsatdiki, asosiy vositalarni boshqarish samaradorligi yuqori darajada bo'lganligi bilan bog'liq fondning yangilanishi va joriy va asosiy vositalar qiymatiga nisbati, shuningdek, kamroq eskirish darajasi tufayli.

Download 36.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling