Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet26/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Nazorat savollari:

  1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti tushunchalarini izohlang.

  2. Hududiy va jahon adabiyoti namunalariga misol keltiring.

  3. Nima uchun adabiyotlararo aloqalar komparativistika obyekti hisoblanadi?

  4. Tipologiya va tipologik mushtaraklik tushunchalariga izoh bering

  5. Adabiyotshunoslikda multikulturizm nima?







  1. mavzu:

O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA QIYOSIY TADQIQOTLAR




Tayanch tushunchalar: qiyosiy tadqiqotlar, o‘zbek adabiyoti, jahon adabiyoti, N.Karimov, A.Hayitmetov, E.Rustamov , M.Xajiye- va, N.Toirova, biografik roman, Abdulla Qahhor, Jek London.

O‘zbek adabiyotshunosligida qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar olib borish jarayoni asosan XX asrning ikkinchi yarmi- dan boshlangan. N.Vladimirovaning rus tilidan o‘zbek tiliga tarjimalarning nazariy asoslariga, A.Mirzoyevning Foniy va Hofiz she’riyatiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari bu boradagi ilk tadqiqotlar hisoblanadi1.


Bugungi kunga kelib, komparativisitik tadqiqotlar soni va salmog‘i oshib bormoqda. O‘z davrida taniqli navoiyshunos A.Hayitmetov, «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining eng katta yutug‘i bo‘lishi bilan birga, uning yuzaga kelishi faqat o‘zbek adabiyoti tarixidagina emas, jahon adabiyoti tarixida buyuk voqea ekanini, Navoiy va jahon adabiyoti mavzusi nisbatan yangi soha bo‘lib, bugungacha sanoqli ishlar amalga oshiril- ganini alohida ta’kidlagan edi2.
Ilmiy-adabiy aloqalar natijasida chinakam asarlar boshqa xalqlarning adabiyot olamiga tez kirib boradi va qaysidir dara- jada ularning ham ma’naviy mulkiga aylanadi. Demak, Navoiy, Bobur, Shekspir, Dante va boshqa ko‘plab shoir hamda yozuv-



1 Конрад Н.И. Средневосточное возрождение. – С.220.


1 Владимирова Н. Некоторые вопросы художественного перевода с русского языка на узбекский язык. Автореф. дисс… к.ф.н. – Ташкент, 1957; Мирзоев А. Фоний ва Ҳофиз // Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б.53 – 62.
2 Ҳайитметов А. Тимурийлар даври ўзбек адабиёти. –Тошкент: Фан, 1996. – Б.68.

chilar ijodi jahon xalqlarining ham umumiy intellektual mul- kidir. Bu jarayonda qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar alohida rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotshunosligida X.K.Hamrayev Oybek va Qahhor asarlarini, S.R.Babayeva G‘afur G‘ulom, G.Xalliye- va Navoiy va Bobur, Z.Mirzayeva Abdulla Qodiriy va boshqa jadid adiblari, B.Xoliqov Tohir Malik, N.Toirova Omon Mux- tor, F.Xajiyeva Maqsud Qoriyev, N.Qobilova Abdulla Qahhor asarlarini jahon adabiy kontekstida o‘rganib, qiyosiy adabiyot- shunoslik rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Adabiy aloqalar doirasida bajarilgan ilmiy ishlarga M.Xolbe- kov, Sh.Shamusarov, A.Qosimov, M.Bakayeva, S.Kamilova, T.Sultanov, S.Matkarimova va boshqa olimlarning ilmiy izla- nishlarini namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.
E.Ochilovning «XX asr fransuz she’riyati o‘zbek tilida (tar- jimada mazmun va shakl birligi masalasi) mavzusidagi ilmiy ishi, M.Tojixo‘jayevning «O‘zbek adabiyoti namunalari Martin Xartmann tarjimasi va talqinida» nomli monografiyasi, F.Sa- payevaning Maxtumquli she’rlarining o‘zbekcha tarjimalari qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan tadqiqoti, R.Shirinovaning olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratilishi xususidagi doktorlik dissertatsiyasi tarjimashunoslik yo‘na- lishidagi ilmiy ishlarga misol bo‘la oladi.
Xullas, xalqlararo madaniy-adabiy aloqalar kundan kun- ga rivojlanib borayotgan bugungi kunda qiyosiy tadqiqotlar adabiyotshunosligimizda kelajagi porloq, istiqbolli yo‘nalish- lardan biridir. Xalqaro adabiy aloqalar doirasida komparati- vistik tadqiqotlar olib borish jarayonida, kamida ikki xalq, ikki adabiyotning, ayniqsa, o‘zimizning ma’naviy qadriyatlari- miz, nazmiy va nasriy durdonalarimizning mohiyatini yanada chuqurroq anglaymiz.
Qiyosiy tadqiqot olib borishda metodologik yordam va na- muna sifatida bu o‘rinda ayrim ilmiy ishlardan misollar kelti- rishni lozim topdik.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling