Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet34/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Ey ishq, g‘arib kimiyosen, Bal oyinayi jahonnamosen. Ham zotingga darj kimiyoliq, Ham oyinayi jahonnamoliq2.

Allomaning ta’kidlashicha, ishq ham «kimiyo», «ham oyi- nayi jahonnamodir». Ishq insonga yaqinlashsa, gavdasining loyi tuproqdan o‘zga narsa bo‘lmagan insonning yuzini, tanini oltinga aylantiradi, bu bilan ham kifoyalanmay uni o‘tda kuy- dirib, tamoman eritadi. Bu kuyish natijasida uning vujudi va ruhi oltindek pok bo‘ladi, ya’ni kimyolanish jarayonida uning vujudi o‘zidagi qusurlardan qutulib va fazilatlar kasb etib, ka- molotga erishadi.


Shekspir asarida ham ishq mavzusi ko‘p qirrali yoritiladi. Shoir personajlari bu haqda turli sharoitlarda turlicha fikr yu- ritadilar. Shekspirda sevgi haqida birinchi xizmatkorlar gapiri- shadi, ular uchun sevgi – qizlar bilan ko‘ngilxushlik; enaganing


1 Қаранг: Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. – Тошкент, 1983. – Б.49.
2 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. XX томлик. – Тошкент: Фан, 1992. IX том. – Б.293.
ham Julyettaning yoshligida yiqilganini eslab aytgan gaplari va fikrlari ularnikidan qolishmaydi. Asarda Benvolio va Merkutsio ishq haqida istehzoli so‘zlashar ekan, ko‘ngilochar hissiyotlar haqida xizmatkorlarning qo‘pol va sodda gaplaridan farqli ra- vishda yosh aslzodalar bunday hissiyotlardan nafratlanishadi va Romeoning oshiqligini masxara qilib kulishadi.
G‘arb mutafakkiri Shekspir oksyumoronlardan unumli foy- dalanib ishq tavsifining nihoyatda yorqin namunalarini yara- tadi: a brawling love – savdoyi junun; a loving hate – suyukli nafrat; a heavy lieghtness – qo‘rg‘oshin pat; a cold fire – sovuq alanga; a sick health – sog‘lom bemor. Mutafakkir shoir ishq- ning ta’rifida davom etar ekan, poetik mahorat bilan uning si- tamkorligini, o‘tday kuydirishini, bu o‘t oshiqni ko‘z yoshdan jamg‘arilgan dengizga g‘arq etishini bayon etadi.
Sharq va G‘arbda ishq konsepsiyasiga bo‘lgan munosabat-
lar yaqinligini va muhabbat muammosining badiiy yechimi- dagi g‘oyaviy o‘xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof eta- di: «Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa bo‘lgan muhabbatning majozi sifatida tasavvuf an’analari bilan bog‘liq»1. Tasavvufning mumtoz sharq she’riyatiga, xu- susan «Layli va Majnun» asosidagi muhabbat konsepsiyasiga ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum.
Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi. «Ziddi- yat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug‘ilmaydi... Fojia adovat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib tuyg‘usi to‘qnashuvidan yuzaga keladi»2. Ikkala asarda ham qahramonlar xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi 5 ta asosiy lavha mavjud:


1 Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л.: Наука, 1979. – С.182.
2 Аникст А. Творчество Шекспира. – М.: Наука, 1963. – С.228.

  1. Ilk uchrashuv.

  2. Dil izhori.

  3. Ayriliq.

  4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.

  5. Xotima.

Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab- bat an’anaviy munosabatlar me’yorini buzadi. Birinchi hola- tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini berishdan or qiladi1. Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh o‘qitishadi. Bu haqda ota-onalarini ogohlantirishmaydi. Ular- ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay- dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi- ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi. Ikkala asarda ham sevishganlar halok bo‘ladilar. Majoziy ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta- ning, Laylining o‘limi (jisman) Majnunning jisman o‘limiga olib keladi. Laylining onasiga qilgan vasiyatiga ko‘ra har ik- kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar. Har ikki
sevishgan yor shu yo‘sinda bir-birlariga abadiy qovushdilar:


Kirdi ikki jism bir kafang‘a, Yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badanga Donadek o‘lub iki badan bir, Dona qobug‘i kibi kafan bir
Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr,
Chun go‘r bir erdi, bo‘ldi bir qabr
(292-bet).


1 Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б.225.
Shunday qilib, yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida qu- yidagi xulosalarga kelish mumkin:
Navoiy va Shekspir ilgari surgan g‘oyalar mushtarakligi sa- bablari adabiy aloqa va uslublar ta’siriga emas, balki asarlar yaratilgan davr muammolari, kayfiyati va ularni badiiy aks ettirishdagi yozuvchi iste’dodi, tafakkuri imkoniyatlariga bo- rib taqaladi.
Navoiy va Shekspir gumanizmini harakatga keltiruvchi barcha tamoyillarini o‘z ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyatlarida bevosita ifoda ettirishga harakat qilganlar. Bu ularning davlat boshlig‘i, milliy til mavqeini ko‘tarish va taraqqiyotiga asos solish, shaxs erki va insoniy muhabbat xususidagi mushtarak qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning
«Romeo va Julyetta» tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g‘oyaviy yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil- likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas nur manbayi ham ishqdir.
G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi- latlar egasi sifatida) qaratgan bo‘lib, ana shu barkamollikni badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim.
Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in- sonning ruhiy kamoloti masalasiga qaratgan. Uning uchun go‘zal dunyoviy hayot pirovard maqsad emas, balki boqiy ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos. Alisher Navoiy va Shekspirning biz tahlil etayotgan asarlari zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun- ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar. Qahramon-
lar dunyodagi eng qudratli ma’naviy kuch deb muhabbat- ni bilishadi. Uning ilohiy qudratiga tayanib yashaydilar. Shu ishonch ularni inson sifatida tengsiz yuksakliklarga - hayot, davr, olam va odam mohiyatining tub ildizlarini belgilaydigan g‘oyaviy kengliklarga olib chiqadi.


«Boqchasaroy fontani» poemasi va Mirtemir ijodi 1


«Boqchasaroy fontani» poemasi A.S.Pushkinga katta shuh- rat keltirgani ma’lum. Aslida bu asar, V.M.Jirmunskiyning yo- zishicha, J.Bayronning «Korsar» poemasi ta’sirida yozilgan2. O‘zbek adabiyotida mazkur asarning ijodiy ta’siri Mirtemir- ning «Suv qizi» poemasining yaratilishiga asos bo‘lgan.
«Boqchasaroy fontani» poemasining «Tatar qo‘shig‘i» qis- mida tutqun qiz Maryamning taqdiri hikoya qilinadi. Bu g‘amli hikoya asarga epik mazmun baxsh etgan. Natijada qahramon- larning tuyg‘u-kechinmalari, o‘y-fikrlari yaxlit syujetni vujud- ga keltirgan. Shu jihatlar inobatga olinsa, Pushkin va Mirtemir poemalaridagi mushtarakliklar quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

  1. Har ikki poema ham ertak ruhida yaratilgan. «Boqcha-

saroy fontani»da ertakka xos an’anaviy boshlanma yo‘q. «Suv qizi»da esa bunday boshlanma («Qadim chog‘da, dengiz bo‘yi- da... Hayot ko‘rgan ekan bitta chol») mavjud. Biroq ikkala poe- madagi obrazlar xam ertakmonand. Binobarin, Pushkin poe- masida podsho Taroy, Zarema, Maryam, Maryamning otasi, og‘a; Mirtemirda sulton, chol, uning qizi Orzi, qaroqchi Ali- bobo qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Bu esa ruhiy-ma’naviy jihatdan o‘xshash obrazlarni yuzaga keltirgan.


1 Қувватова Д. «Боқчасарой фонтани» поэмаси ва Миртемир ижоди.
2 Жирмунский В.М. Байрон и Пушкин. – Л.: Наука, 1978. – С.116.

  1. Har ikkala poemada ham mehribon otalar va qizlar obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri:



Uning yumshoq sevimli nozi, Tabiati, laziz ovozi.
Yonib turgan moviy ko‘zlari. Dona-dona shirin so‘zlari Bir-biridan jozibadordi; Hammasida ajib kuch bordi1.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling