Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet31/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Risola nomi

Bahrning kel- tirilish o‘rni



Bahr mansub doira

Musamman vaznlar

Musaddas vaznlar

Murabba’ vaznlar

Mutatav-val vaznlar

Jami

«Funun ul-balog‘a»

3




8

3

1

1

13

«Mezon ul-avzon»

3

Mu’talifa

7

4

2

1

14

«Aruzi Sayfiy»

3

Mujtaliba

12

7

-

-

19

«Risolai aruz»

3

Mu’talifa

7

5

2

-

14

«Aruz risolasi»

5

Mujtaliba

38

13

6

2

59

«Badoyi’ us-sanoyi’»

8

Mujtaliba














1 Ҳасанов С. Бобурнинг «Аруз рисоласи». – Тошкент: Фан, 1981. – Б.77.
Biz temuriylar davrida yaratilgan aruzga doir risolalarda bahrlar masalasini qiyosiy jihatdan o‘rganish asnosida quyi- dagi xulosalarga keldik:

  1. Xalil ibn Ahmad yaratgan aruz tizimida 15 ta bahr (Ta- vil, Madid, Basit, Vofir, Komil, Hazaj, Rajaz, Ramal, Sari’, Mun- sarih, Muzori’, Xafif, Muqtazab, Mujtass va Mutaqorib) mavjud edi, keyinchalik uning izdoshi Abulhasan Axfash Balxiy ush- bu bahrlar qatoriga yana bir bahr (Mutadorik)ni qo‘shib, arab bahrlari sonini 16 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich arab tilida un- dan keyin yaratilgan manbalar: Mahmud Zamaxshariyning

«Al-qistos», Abu Zikriyo Xatib Tabriziyning «Al-kafi fil aruz val qavofiy», Abu Jaysh al-Ansoriy Andalusiyning «Aruzi An- dalusiy» va boshqa asarlarda aynan takrorlandi.

  1. Forsigo‘y aruzshunoslar Xalil ibn Ahmad ta’limoti- ni mukammalashtirib, bahrlar sonini ko‘paytirdilar. Bahrom Saraxsiy, Buzurgmehr Qosimiylar aruzning yangi bahrlarini kashf etdilar. Bizgacha yetib kelgan aruzga doir ilk forsiy asar

«Al-mo‘jam»da mavjud 16 ta bahrga yana uchta bahr (G‘arib, Qarib, Mushokil) qo‘shilib, 19 ta bahr tahlilga tortilgani hol- da, risolada aruzshunoslar kashf qilgan 21 mustahdas (yangi) bahrlar haqida ham aytib o‘tiladi.

  1. Nasiriddin Tusiyning «Me’yor ul-ash’or» asarida 18 bahr keltirilgan bo‘lib, unda avvalgi risolada tilga olinmagan Maqlubi tavil bahrining berilishi hamda Mushokil va G‘arib bahrlarining tushib qoldirilishi muallifning ushbu masalaga o‘z salafidan ayri munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi.

  2. Temuriylar davri aruzshunosligida bahrlar miqdorini keltirishda har xilliklar bor. Shayx Ahmad Taroziy o‘z riso- lasida bahrlar sonini 40 ta deb ko‘rsatsa, Abdurahmon Jomiy, Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy va Sayfiy Buxoriylar ular-

ning miqdorini umumiy ma’noda 19 ta deb belgilaydilar. Ular orasida Abdurahmon Jomiy masalaga bir oz o‘zgacharoq yon- dashib, «Risolayi aruz»da 14 bahrni misollar bilan izohlaydi, arab aruziga xos bo‘lgan Tavil, Komil, Basit, Madid, Vofir bahr- lariga keng to‘xtalib o‘tirmaydi. Boburning «Aruz risolasi»da esa ushbu bahrlarga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr (Ariz va Amiq) tadqiq qilingan. Ushbu risolalardan faqat «Aruzi Sayfiy»da bahrlarning lug‘aviy ma’nolariga ham to‘xtalib o‘ti- ladiki, bu bevosita risolaning qo‘llanma xarakteriga ega ekani bilan bog‘liq.

  1. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‘a» asarida nomi keltirilgan 40 ta bahrdan 20 tasi aruzshunoslikka doir boshqa forsiy va arabiy manbalarda uchramaydi. Bu holat ushbu bahrlarning mumtoz aruzshunoslik uchun ham yangi ekanligini va ularning aksariyatini muallifning o‘zi kashf et- ganligini ko‘rsatadi.

  2. Shayx Ahmad Taroziy bahrlarni ikki katta guruh: mut- tafiq ul-arkon hamda muxtalif ul-arkonga ajratishda vatan- doshimiz Mahmud Zamaxshariyning «Al-qistos» asaridagi tasnifga suyanadi. Bu tasnif keyinchalik Bobur risolasida ham istifoda etilgan.

  3. «Funun ul-balog‘a»da muxtalif ul-arkonga kiruvchi bahr- ni hosil qilishda juftlashtirish (uxti) tamoyiliga amal qilish lozimligi ta’kidlanadi, unga ko‘ra yangi bahr hosil qilinganda ushbu bahr ruknlari o‘zidan avvalgi bahr ruknlarining aksini takrorlashi lozim, agar bu shart ado etilmasa, u bahr sifatida tan olinmaydi. Bu tamoyil temuriylar davridagi boshqa risola- larda kuzatilmaydi.

  4. Aruzshunoslik tarixida maf’uvlotu asliy rukni bahr yasa- maydi degan qat’iy qarash mavjud edi. Shayx Ahmad Taroziy ushbu asliy rukndan Saqil bahri hosil bo‘lishini asoslab, o‘z

risolasida ushbu bahrning ikki vaznini keltirdi va Saqil bahrini aruz nazariyasiga olib kirdi.

  1. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida 19 bahr, 160 ta vazn keltirilgan. Navoiy o‘z risolasida tayanch manba sifatida Abdurahmon Jomiyning «Risolayi aruz» asaridan foy- dalangani uchun aruzshunoslikda mavjud an’anaviy 19 bahr- gagina to‘xtalib o‘tadi.

  2. Zahiriddin Muhammad Boburning «Aruz risolasi»da an’anaviy 19 bahrga qo‘shimcha tarzda yana ikki bahr (Ariz va Amiq), jami 21 bahr keltirilgan. Shunga binoan uning asarida 9 doira, 537 vazn tahlil qilingan.

  3. Shayx Ahmad Taroziy asarida keltirilgan Javil bahri Za- hiriddin Muhammad Bobur keltirgan Ariz bahri bilan, Jadid bahri Amiq bahri bilan tarkiban bir xil bo‘lib, ular manbalarda turli nomlar bilan atalgan.

  4. Aruz tizimi urg‘u bilan bog‘liq she’riy o‘lchov bo‘lib, unda so‘z urg‘usi emas, balki rukn urg‘usi yetakchilik qiladi va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun rit- mik urg‘u deb ataladi. Mumtoz aruzshunoslikda garchi urg‘u alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalav- vun hodisasining temuriylar davridagi risolalarda qayd etili- shi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa ega ekanini va mumtoz aruzshunoslarimizning aruzni urg‘u bilan bog‘liq holda talqin qilganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, ijodkorlarning aruz ilmiga doir risola- larini bahrlar va vaznlar misolida qiyosiy o‘rganish natijalari turkiy aruzshunoslik temuriylar davrida o‘zining tadrijiy takomiliga yetganligini ko‘rsatadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling